Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
XORIJ OLIMLARINING ILMIY IZLANISHLARIDA STRESS MUAMMOSI
Eshmonov Otabek Baxriddin oʻgʻli
Журнал универсальных научных исследований · 2025
Аннотация
The article examines the views and attitudes of foreign scientists on the problem of stress, as well as the characteristics of their response to stress based on their scientific research. Key words. Stress, stress problem, stressful situation, stress and emotions. Zamonaviy psixologik adabiyotlarda “stress” va “stressga barqarorlik” atamalarining turli izohlari keltirilgan. Ingliz tilida tarjima qilingan “stress” so‘zi “iskanjaga olish, bosim, zo‘riqish” ma’nolarini bildiradi. Psixologik lug‘atda stressga quyidagicha izoh berilgan: “inson yoki hayvonning kuchli ta’sir ostida paydo bo‘luvchi zo‘riqish holatidir” [6]. B.G.Mesheryakov tomonidan stressga quyidagicha ta’rif berilgan: strees - “insonning kundalik faoliyati jarayonida yuzaga keladigan bir muncha murakkab, qiyin sharoitlarda va muhim vaziyatlarda paydo bo‘ladigan psixik zo‘riqish holatidir”[4]. Shaxsning kundalik hayotida turli muammolarga va murakkab vaziyatlarga duch kelishi tabiiy hol hisoblanadi. Paydo boʻlgan muammolar stressni yuzaga keltirib chiqaradi. Stresslarning haddan ziyot ortib ketishi inson salomatligining buzilishiga, psixik barqarorlikning izdan chiqishiga sabab bo‘ladi. Stress inson psixikasida bosimni, tanglikni hamda zo‘riqishni keltiradi. Ushbu terminni G.Sele qo‘llagan bo‘lib, uning fikriga ko‘ra, stress organizmga ko‘rsatilgan tashqi ta’sirga nisbatan nospesifik javob 149 “Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida ZARMED Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami UNIVERSITETI Samarqand-2025. 23-24-may reaksiyasi yoki moslashuvning nospesifik simptomi hisoblanadi. Stressga qarshi ko‘rsatilgan ta’sirga bog‘liq holda stress ikki holatda yuzaga chiqadi. Agar stress insonga ijobiy ta’sir qilsa «eustress», salbiy ta’sir qilsa «distress» deyiladi. Eustress holati indvidga ijobiy ta’sir qilgan holda uni faoliyatini samarali bo‘lishiga olib kelsa, distress holati esa individga salbiy ta’sir qilgan holda uning psixik zo‘riqishiga sabab bo‘ladi [8]. Bizni fikrimizcha, G.Selening yuqoridagi stress borasida bildirgan fikrlari va ularning har biriga bildirilgan ilmiy psixologik ta’rifi muhim ahamiyat kasb etadi hamda mazkur bosqich bo‘yicha bilimga ega bo‘lish shaxsda yuzaga keladigan stresslarni boshqarish, qarshi kurashish va stressga moslashish ko‘nikmalarini shakllantirishga yordam beradi. Odatda, stressni uyg‘otadigan omillar nihoyatda ko‘p bo‘lib, ularning ta’sir etish mexanizmlarini har tomonlama o‘rganib chiqish, turli- tuman distresslardan himoyalanishda asqotadi. Insonning psixik sohasi uning ijtimoiy hayotining faol jarayonida asosiy o‘rinni egallaydi va bunda aynan psixologik stress boshqaruv jarayonida muhim ahamiyatga ega. Psixologik stress shaxs psixikasida yuzaga kelayotgan jarayonlar bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, shaxs tomonidan o‘zining murakkab ekstremal holatini o‘ziga xos ko‘rinishda aks ettirishdan iborat bo‘lgan psixik holat bo‘lib, vaziyatning favquloddaligi, insonning yuzaga kelgan vaziyatga munosabati va uning murakkabligini baholashi bilan belgilanadi. Vaziyatning kutilmaganda o‘zgarishi, tayyorgarlikning yo‘qligi, vaqtni yetishmasligi, ishning yuqori ahamiyatga ega ekanligi, shuningdek, topshiriq uchun shaxsiy mas’uliyat kabi holatlar psixologik stressga olib keluvchi vaziyatlar hisoblanadi [5]. K.V.Sudakovning yuqoridagi bildirgan fikrlari asosida aytish mumkinki, inson stress holatiga tushganda bir qator psixologik belgilar bo‘lishi, vahima, qo‘rquv, hissiy tashvish va xovotir, charchoq, befarqlik, asabiylashish, sabrsizlik, norozilik, aybdorlik va yolg‘izlik hissi kabi holatlarni boshidan kechirishi mumkin. Shuningdek, shaxsning psixologik funksiyalarining o‘zgarishi, tafakkurning sekinlashuvi, diqqatning beqarorligi, xotiraning pasayishi kabi holatlar stressni boshqarish va unga qarshi kurashishda qarshi tura olish qilishi mumkin. A.N.Amilina o‘zining «Stress i zashita ot stressa» nomli ilmiy asarida quyidagi fikrlarni bildiradi: «Psixologik stress muhim psixik holat sifatida individ tomonidan qiyin, ekstremal vaziyatlarni aks ettirish natijasida yuzaga kelgan holat hisoblanib, psixik aks ettirish faoliyat jarayoni bilan shartlanadi. Faoliyat jarayonida motivlar emotsional kechinmalar bilan to‘ldirilib, psixik bosim holati paydo bo‘lishi va 150 “Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida ZARMED Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami UNIVERSITETI Samarqand-2025. 23-24-may kechishida muhim o‘rin tutadi. Bu jarayon emotsional bosim yoki emotsional stress sifatida talqin qilinadi». Shunga ko‘ra, psixologik stress hissiy stress va axborot stressi kabi turlariga ajratiladi. Hissiy stress ijtimoiy, psixologik, kasbiy xarakterga ega bo‘lgan ekstremal omillar ta’sirida yuzaga keluvchi kuchli psixofiziologik zo‘riqish holati hisoblanadi. Bizning fikrimizcha, hissiy stresslar insonlar ish faoliyatida, hayotiy munosabatlarda salbiy ps
Доказательный фрагмент
«The article examines the views and attitudes of foreign scientists on the problem of stress, as well as the characteristics of their response to stress based on their scientific research.»
Образец извлечения
Демо-превьюThe article examines the views and attitudes of foreign scientists on the problem of stress, as well as the characteristics of their response to stress based on their scientific research. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Stress, stress problem, stressful situation, stress and emotions, stress va emotsiya, stressli holat, stress muammosi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025