К содержанию
РецензированоEN2025

IJTIMOIY XAVF OSTIDAGI OILALAR BILAN PSIXOLOGIK ISHLASH

Nazarova Dilnoza Oʻrazaliyevna · Ismatova Umida Foziljon qizi

Журнал универсальных научных исследований · 2025

Аннотация

This article discusses the way in which family work is carried out in various areas of social work, including health care, mental health, child welfare, gerontology, the legal system, and labor activity, and the process of assessing the situation, although the social worker dealing with family problems considers the "individual and family environment" as the main object. Key words: Individual and family environment, social adaptation, forms of work with the family, psychological approach, labor activity, legal system. Bugungi kunda oila bilan ishlashning umumiy qabul qilingan ta’rifi mavjud emas. Koʻpchilik uni oilaviy terapiyaga tenglashtiradi va hatto oilaning barcha yoki bir 161 “Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida ZARMED Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami UNIVERSITETI Samarqand-2025. 23-24-may necha a’zolarini bir butun holda koʻrib chiqishni koʻzda tutadigan alohida usullar bilan cheklaydi. Biroq hiyla keng ma’noda oilalar bilan amaliy ish olib borish kelajak nuqtai nazaridan belgilanadi. Oila bilan ishlashni insoniy mavjudotga ularning yaqin va ancha keng muhiti bilan munosabatlari doirasida yondoshish, ularning yordamga boʻlgan ehtiyojlari nuqtai nazaridan koʻrib chiqish sifatida ifodalash mumkin. Bunday yondoshuv diqqat markaziga oilani qoʻyadi va uni “qiziqishning yagona predmeti” sifatida ta’kidlaydi. Bu aslo alohida inson nimagadir boʻysunishi kerak degani emas, bu hatto ijtimoiy ishchi butun oila bilan shugʻullanishi lozim degani ham emas. Bu insonni tushunish va unga shu insonning oʻzi bir boʻlagi boʻlgan yaqin insonlarining umumiy tizimi kontekstida yordam koʻrsatish mumkin, deganidir. Bunday tizimning eng muhimi, odatda, oila boʻladi. Oila bilan ishlash faqatgina oila va uning a’zolari, oilaviy turmush tarziga ta’sir ko‘rsatuvchi muhitni o‘rganish bilan cheklanmaydi. U nafaqat oddiy odamlar uchun, balki oila mansub bo‘lgan yirik ijtimoiy kuch va tizimlar uchun ham ahamiyatli boʻlgan odam, oila va yaqinlarining o‘zaro munosabati birmuncha muhim ekanligini koʻzda tutadi. Shuning uchun u umumiy xarakter kasb etadi. Oila bilan ishlovchi mutaxassis ko‘p vazifalarni bajarishi va turli darajadagi tizimlar bilan ishlashi mumkin. Oila bilan ishlash sogʻliqni saqlash, psixik salomatlik, bolalar farovonligi, gerontologiya, huquqiy tizim, mehnat faoliyatini qamrab olgan holda ijtimoiy ishning turli sohalarida olib borilishi mumkin. Oila muammolari bilan shugʻullanuvchi ijtimoiy ishchi “shaxs va oilaviy muhit” ni asosiy ob’ekt sifatida e’tiborga olsa-da, biroq vaziyatni baholash jarayoni va aralashuvda birinchi oʻrinda oila yoki mijozning ijtimoiy muhitini inobatga oladi. Har qanday oilada tarixiy, tuzilmaviy, ekologik, kommunikativ va hatto afsonaviy jarayonlar bir vaqtning oʻzida sodir boʻladi. Ijtimoiy ishchilar ba’zi mezonlarga asoslangancha ushbu holatda qaysi aspektlarga e’tibor qaratish lozimligini va oila bilan ishlash jarayonida bir aspektdan boshqasiga urgʻu berishni qachon koʻchirishni tanlashlari mumkin. Biroq ijtimoiy ishchi muntazam ravishda oʻz ishining sifati va izchilligini kuzatib borishi zarur. Oila bilan ekologik ishning asosiy maqsadi oila va uning muhiti orasidagi munosabatda oʻzgarish hosil qilish, ya’ni oila a’zolari oʻz hayotlarining asosiy sohalari ustidan nazorat va katta hukmronlikka ega boʻlishlari hisoblanadi. Masalan, ba’zi yomon uyushgan oila koʻpincha xuddi shunday – yomon uyushgan borliq va vaqtda yashaydilar. Mutaxassis oila va uning muhiti orasida turgʻun oʻzaro munosabat mavjudligini aniqlab, oilaga uning atrofidagi tizimga quyidagi tarzda ta’sir koʻrsatishda yordamlashishi mumkin: - noteng yoki javobsiz munosabatni oshkor etib; xizmatlar 162 “Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida ZARMED Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami UNIVERSITETI Samarqand-2025. 23-24-may toʻgʻrisidagi muzokaralarni olib borib; - boshqa odamlar va ijtimoiy muhit bilan potensial tarzda murosa qilmaydigan zaif yoki noteng aloqalarni mustahkamlab; - oilaga uni oʻrab turgan jamiyat va odamlarning afzalliklaridan foydalanishda yordam berib, masalan, vaqt va imkoniyatni rejalashtirish; - oila va oiladagi kelishuvni muayyan oilaviy tamoyillar asosida mustahkamlash. Oʻrganishda yana bir muhim yoʻnalish oilada saqlangan avlodlar orasidagi aloqalar tizimi hisoblanadi. Inson va uning bugungi kundagi oilasiga koʻp hollarda shu aloqalar ta’sir koʻrsatishidan kelib chiqilsa, bu ta’sirlarni oʻrganish oilaning bugungi holati va hayotidagi muammolar sababini yuzaga chiqaradi. Keyin avlodlar orasidagi aloqalar va ularning imkoniyatlari oilada ijobiy oʻzgarishlarni amalga oshirishga safarbar etilishi mumkin. Avlodlar orasidagi aloqalar toʻgʻrisidagi axborot genogramma orqali oʻrganilishi maqsadga muvofiqdir. U oilaning bor tarixi, qondoshlik aloqalari aks etgan oilaviy xarita hisoblanadi. Xarita mukammal t

Доказательный фрагмент

«This article discusses the way in which family work is carried out in various areas of social work, including health care, mental health, child welfare, gerontology, the legal system, and labor activity, and the proce…»

Образец извлечения

Демо-превью

This article discusses the way in which family work is carried out in various areas of social work, including health care, mental health, child welfare, gerontology, the legal system, and labor activity, and the proce… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Individual and family environment, social adaptation, forms of work, shaxs va oilaviy muhit, oila bilan ishlash shaklllari, ijtimoiy moslashuv
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники