К содержанию
РецензированоUZ2025

MAKTAB DIREKTORI O‘RINBOSARLARIDA LIDERLIK QOBILIYATINI SHAKLLANTIRISHNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

SHAKLLANTIRISHNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI · Akilov Faridun Firdavsovich · E-mail: Faridunjon@gmail.com

Журнал универсальных научных исследований · 2023 · 2025

Аннотация

Bringing scientific evidence aimed at revealing the content and essence of the socio-psychological features of the formation of leadership responsibilities in the deputy directors of schools, the culture typical of the leaders of the educational system with the help of modern tools that are compatible with the activities of general education institutions operating in our country, scientific potential, modern image, critical analysis, strict discipline and a sense of personal responsibility, as well as scientific, theoretical and practical aspects in the field of application of management skills aimed at conscious activity is to provide evidence. Key words: vice-principals, leadership, management, responsibility, critical analysis, strict discipline, personal responsibility, organization, initiative, conscious activity, modernity, mental ability, loyalty to the country, quality and efficiency. Millatning taraqqiyoti bu albatta ta’lim tizimini rivojlanishiga bog‘liq hisoblanadi. Chunki barcha davrlarda ham insoniyatni, davlat va jamiyatni taraqqiy etishi, bu albatta ta’lim tizimini isloh qilinishi bilan bog‘liq bo‘lib kelingan. Shu tariqa tarixiy taraqqiyot jarayonlarini ongli munosabatlarga aylanib ijtimoiy-psixologik g‘oyalar va tushunchalarning paydo bo‘lishi muntazam ravishda takomillashib kelingan. Bugungi kunga kelib insoniyatning rivojlanishi, ixtirolarning paydo bo‘lishi, kashfiyotlarning yaratilishi, olimlarning ilmi va mashaqqatli mehnatlarini yuzaga chiqishi bu umumta’lim tizimini jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni va ahamiyati tufayli amalga oshirilmoqda. Insoniyatning onglifaoliyat yuritishini asl mohiyatini ham ta’lim tizimini tashkil etadi. Ilmiy tadqiqotning dolzarbligi. Yuqorida keltirib o‘tilgan fikr-mulohazalardan kelib chiqib ta’kidlaydigan bo‘lsak, bugungi kunda dunyoda sodir bo‘layotgan voqea va hodisalar, g‘oyaviy va mafkuraviy kurashlar, axborotlar xuruji hamda globallashuv sharoitlarining dunyo hamjamiyatiga ta’siri kabi ko‘plab masalalarni insoniyat tomonidan boshqarilishi, ularning ijtimoiy taraqqiyotga salbiy ta’sirlari, millatlararo o‘zaro kelishmovchiliklar, yoshlarimizni turli salbiy ta’sirlar iskanjasiga tushub qolish kabilarning hammasi bu ilmsizlik va nazoratsizlik oqibatida sodir bo‘lmoqda. Bularning barchasi davlat va jamiyat taraqqiyoti uchun hal qilinishi zarur bo‘lgan dolzarb muammolardan hisoblanadi. Bu kabi dolzarb muammolarni o‘z vaqtida aniqlash, ularni hal qilish orqali, maktablardagi o‘qitish jarayonlarini yaxshilash maqsadida o‘tiladigan darslarni sifatini nazorat qilish, o‘quv jarayonlariga malakali mutaxassis kadrlarni jalb qilish, milliy 167 “Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida ZARMED Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami UNIVERSITETI Samarqand-2025. 23-24-may qadriyatlarimizga mos keladigan zamonaviy ta’lim tizimi boshqaruvini tashkil etishimiz, yot g‘oyalarni targ‘ib qiluvchi hamda yoshlarni sifatli ta’lim olishlariga salbiy ta’sir etuvchi har qanday tashqi va ichki vositalarni yo‘qotish, maktab direktori o‘rinbosarlarida rahbarlik mas’uliyatini shakllantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari muntazam oshirib borishni yo‘lga qo‘yish muhim hisoblanadi. Darhaqiqat biz buyuk va qudratli ajdodlarni vorislarimiz shunday ekan ta’lim tizimini yanada rivojlantirishimiz, Yangi O‘zbekistonda yangicha fikrlaydigan, yangicha dunyoqarashga ega bo‘lgan maktab direktori o‘rinbosarlarini faoliyatini tashkil etishimiz, rivojlangan davlatlar ta’lim tizimi andozalariga mos keladigan boshqaruv hamda o‘qitishni joriy etishimiz dolzarb muammolarni hal etishga qaratilgan yechim hisoblanadi. Ilmiy tadqiqotdan ko‘zlangan maqsad. Yurtimizda faoliyat yuritayotgan maktablarning o‘quv jarayonlarini samaradorligini oshirishga qaratilgan motivatsion tavsiyalarni ishlab chiqish, maktab direktori o‘rinbosarlarida rahbarlik mas’uliyatini shakllantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini takomillashtirish orqali ularning faoliyatini samaradorligini oshirish, boshqaruv qobiliyatlari o‘z vaqtida va o‘z o‘rnida ishlata olishga o‘rgatish, yosh avlodni har tomonlama ruhiy shu bilan birga jismoniy barkamol shaxs sifatida voyaga yetkazishga, qaratilgan ijtimoiy-psixologik sog‘lom muhitni yaratish, mehnat jamoasini faoliyatini tizimli ravishda nazorat qilish va ularning mehnat unumdorligini oshirib borishni yo‘lga qo‘yish natijasida pedagogik jamoa o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini yaratish kabilarni o‘z ichiga qamrab oladi. Ilmiy tadqiqot oldiga qo‘yilgan vazifalari. Olib borilgan ilmiy tadqiqotning dolzarbligi va maqsadidan kelib chiqib amalga oshirilishi zarur bo‘lgan quyidagi vazifalar belgilab olindi: 1. Yurtimizda faoliyat yuritayotgan maktab direktori o‘rinbosarlarining rahbarlik mas’uliyatini shakllantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini ilmiy jihatdan yoritib berish. 2. Maktab direktori o‘rinbosarlarining rahbarlik mas’uliyatini oshirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari

Доказательный фрагмент

«Bringing scientific evidence aimed at revealing the content and essence of the socio-psychological features of the formation of leadership responsibilities in the deputy directors of schools, the culture typical of th…»

Образец извлечения

Демо-превью

Bringing scientific evidence aimed at revealing the content and essence of the socio-psychological features of the formation of leadership responsibilities in the deputy directors of schools, the culture typical of th… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
vice-principals, leadership, management, responsibility, critical, mas’uliyat, rahbarlik, boshqaruv, maktab direktori o‘rinbosarlari
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники