Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
OʻSMIRLAR PSIXOLOGIYASIDAGI DOLZARB MASALALAR
Kuchkarova Fazilat Xankeldiyevna · Sherqulova Nilufar Istamovna · Amonova Mohigul Nasrullayevna
Журнал универсальных научных исследований · 2025
Аннотация
This article discusses the psychological and pedagogical problems that preschool children face in the process of socialization, their causes and consequences, and their solutions. Key words: "Risk family", social adaptation, concept of risk, psychological approach, risk, risk group. Ijtimoiy ishda xatar guruhidagi oilalar va bolalar muammosini oʻrganishda “xavf” tushunchasi asosiy oʻrin egallaydi. Ilmiy adabiyotlarda bu tushuncha madaniy muhit va ijtimoiy jarayonlaroʻlchamida sodir etilgan yoki sodir etilish ehtimoli mavjud boʻlgan holat sifatida qayd etiladi. “Xavf” tushunchasi grekcha risikon – jarlik ma’nosini anglatib, asosan quyidagi mazmunda qoʻllaniladi: bu – sodir boʻlish yoki sodir boʻlmaslik ehtimoli yuqori boʻlgan kutilmagan salbiy imkoniyatdir. Bugungi kunda xavfning turli koʻrinishlari fan va bilim sohalari tomonidanoʻrganilmoqda. Psixologiya, iqtisodiyot (iqtisodiy xavflar), mehnat va aholi turmush tarzini himoyalash tizimi, ekologiya, pedagogika va ijtimoiy ish sohasi shular jumlasidandir. Masalan psixologik lugʻatda xavf, sodir etilganda omadsizlik yoki 156 “Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida ZARMED Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami UNIVERSITETI Samarqand-2025. 23-24-may yoʻqotish ehtimoli mavjud boʻlgan, oʻziga chorlovchi maqsadga qaratilgan xatti- harakat sifatida qayd etiladi. Bu termin psixologiyada odatda uch mazmunda qoʻllaniladi: Faoliyatdagi omadsizlik oqibatida vujudga kelgan koʻngilsiz holatlar natijasi; Subyektga yoʻqotish (yutqazish, travma va h.k.) tahdidini tugʻdiruvchi harakat; Xatti-harakatning ikki turi oʻrtasidagi tanlov: e’tibor jalb etmaydigan, ammo ishonchli; E’tiborni tortadigan, ammo natijasi ishonchsiz, koʻngilsizliklar keltirib chiqaruvchi. Sotsiologiyada xavf mavjud emas, balki tarixiy, siyosiy va ijtimoiy munosabatlarni idrok etish orqali shakllangan dunyoqarashlar bor degan gʻoya mavjud. G.V.Osipovning ijtimoiy lugʻatida «xavf» – bu salbiy oqibatlari va natijasi mavhum boʻlgan situatsion xatti-harakat deb ta’riflanadi. M.A.Gulinaning ijtimoiy ish lugʻatida «xavf» – insonning salomatligi yoki rivojlanishiga muayyan sharoit yoki boshqa shaxslar xatti-harakatlarining salbiy ta’siri sifatida ta’riflanadi. Ijtimoiy ishda “xavf” – bu magʻlubiyat yoki yetishmovchilik natijasida ijtimoiy ahvoli moʻtadil boʻlmagan shaxslarning vaziyat noaniqligini bartarf qilish bilan bogʻliq faoliyati hisoblanadi. Xavf guruhidagi shaxslar – ijtimoiy ahamiyatni yoʻqotish yoki biologikoʻlimga olib kelishi mumkin boʻlgan hayotiy qiyinchiliklarni yolgʻiz yenga olish imkoni yoʻq, ijtimoiy ahvoli barqaror boʻlmagan shaxslar hisoblanadi. «Xavf guruhiga mansub» bolalar – turli ilmiy tarmoqlarning oʻrganish predmeti hisoblanadi. Psixologiya, pedagogika, ijtimoiy pedagogika, ijtimoiy ishda «Xavf guruhi»ga mansub bolalar turkumiga kattalar va tengdoshlari bilan munosabatda nizolar kelib chiqadigan, ta’limda qiyinchiliklarni xis qiluvchi, aqliy rivojlanishi oqsaydigan, ijtimoiy moslashuvi qiyin boʻlgan bolalar kiradi. Bolalarning xavf guruhiga mansub boʻlib qolishining turli salbiy etiologik ijtimoiy ildizlari mavjud. Asosiy sabablardan biri jamiyat va jinoiy elemetlarining inson xayotiga salbiy ta’siriga qarshi bolada voyaga yetmaganligi sababli kurash immuniteti yoʻqligidir. Bolalardagi salbiy omillarni kamaytirish, ularni optimal rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratishda mutaxassislarning alohida e’tibori va kompleks yondashuvi talab etiladi. «Xavf» soʻzi odatda istalmagan holda sodir boʻlishi yoki boʻlmasligi mumkin boʻlgan salbiy voqelik ehtimoli degan ma’noni anglatadi. «Bola huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida “ijtimoiy himoyaga muhtoj” bolalar tushunchasi qiyin xayotiy vaziyatda qolgan, davlat va jamiyat tomonidan maxsus himoya qilinishi talab etiladigan, shuningdek: - nogiron odamlar, jismoniy va (yoki) ruhiy rivojlanishida nuqsoni 157 “Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida ZARMED Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami UNIVERSITETI Samarqand-2025. 23-24-may boʻlgan; - yetimlar; - ota-ona qaramogʻisiz qolgan; - maxsus tarbiya muassasalarida tarbiyalanayotgan; - muqim yashash joyi boʻlmagan; - kam ta’minlangan oilalar farzandlari; - jinoyat sodir etgan va jinoiy jazoga tortilgan; - zoʻravonlik va ekspluatatsiya, qurolli toʻqnashuvlar va tabiiy ofatlar qurboni boʻlgan bolalarga nisbatan qoʻllaniladi. - «Xavf ostida»gi bolalar - muayyan noqulay omillar ta’sirida biror bir salbiy vaziyatda qolgan bolalardir. 1. Pedagogik nuqtai nazardan «Xavf ostida»gi bolalar asosan, ruhiy va jismoniy salomatligi qarovsiz, uzoq vaqt davomida tarbiya berilmagan yoki notoʻgʻri tarbiyalangan bolalardir. Notoʻgʻri tarbiya shakllanishining asosiy omillari - oilaning past madaniy darajasi, otaonalarda pedagogik bilimning yetishmovchiligi, bolalar rivojlanishiningoʻ
Доказательный фрагмент
«This article discusses the psychological and pedagogical problems that preschool children face in the process of socialization, their causes and consequences, and their solutions.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article discusses the psychological and pedagogical problems that preschool children face in the process of socialization, their causes and consequences, and their solutions. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- "Risk family", social adaptation, concept of risk, psychological, ijtimoiy munosabatlar, shaxsiy rivojlanish, oʻsmirlar psixologiyasi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025