К содержанию
РецензированоUZ2025

OILAVIY MUNOSABATLARDA ZO‘RAVONLIKNING IJTIMOIY PSIXOLOGIK SHAKLLARI

PSIXOLOGIK SHAKLLARI · Tovbayeva Mukaddam Safarovna · Sadikova Yorqinoy Salijanovna (ISFT instituti Samarqand filiali “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi dotsenti)

Журнал универсальных научных исследований · 2025

Аннотация

The article provides information on domestic violence, including the use of physical force against an individual, rape, coercion, psychological influence, sexual violence, several stages of aggression against women, as well as the influence of the social environment on the emergence of aggression. The causes, forms and results of scientific research on the prevention of domestic violence are also analyzed. Key words: violence, physical, psychological, economic forms of violence, aggression. Har qanday jamiyat taraqqiyotida oilaning o‘rni beqiyosdir. Oila, shaxsning ruhiy va jismoniy kamolotida muhim rol o‘ynaydi. Biroq, oilaviy munosabatlarda zo‘ravonlik masalasi jiddiy muammo sifatida mavjud. Oilaviy zo‘ravonlik, jismoniy, ruhiy, iqtisodiy va jinsiy shakllarda yuzaga kelib, shaxslarning hayoti va sog‘lig‘iga 118 “Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida ZARMED Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami UNIVERSITETI Samarqand-2025. 23-24-may salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Oilaviy munosabatlarda zo‘ravonlikni yuzaga kelish muammosini o‘rganish, uning gender, huquqiy, kommunikativ tomonlariga e’tibor qaratish, oilaviy zo‘ravonliklarni oldini olishning samarali usullarini ishlab chiqish borasida bugungi kunda dunyo olimlari tomonidan ko‘plab ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Lekin shunga qaramay bu sohada yechimini kutayotgan muammolar talayginani tashkil qiladi. Ko‘pincha bu mavzudagi ma’lumotlar olish qiyin kechadi, sababi oilaviy muammolar sir tutilib har doim ham tashqariga chiqarilaverilmaydi. Aksariyat insonlar oilasida sodir bo‘lgan zo‘ravonlik bo‘yicha tegishli tashkilotlarga murojaat etishmaydi. Bu esa ushbu mavzuda ilmiy izlanishlar olib borayotgan tadqiqotchilarda qiyinchilikni yuzaga keltiradi, lekin shunga qaramay G‘arb mamlakatlarida va Rossiyada ham ko‘plab ilmiy tadqiqot ishlari olib borilgan, bugungi kunda ham olib borilmoqda. Sababi oilada sodir etilgan zo‘ravonlikning yechimi zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan shaxslar bilan to‘laqonli ish olib borilgandagina yaxshi natijaga erishishimiz mumkinligini ko‘rsatadi. Oilaviy zo‘ravonlikning kelib chiqish sabablari murakkab va ko‘p qirrali. Jamiyatda patriarxal qadriyatlarning hukm surishi, iqtisodiy qaramlik, ishsizlik va stress holatlari oiladagi zo‘ravonlikni kuchaytiradi. Shuningdek, oilaviy munosabatlarda kommunikatsiya va huquqiy savodning pastligi ham muammoni yanada chuqurlashtiradi. Ko‘plab tadqiqotchilar, oiladagi zo‘ravonlikni ijtimoiy- iqtisodiy sharoitlar bilan bog‘laydi. Oiladagi zo‘ravonlik bu – oila a’zosi bo‘lgan shaxs tomonidan uyda yoki jamoat joyida sodir etilishi mumkin bo‘lgan jismoniy, ruhiy, iqtisodiy, jinsiy zo‘ravonlik harakatlarining barchasiga aytiladi. Zo‘ravonlik degani - biror-bir shaxsga yoki shaxslar guruhiga nisbatan jismoniy, ruhiy, jinsiy, iqtisodiy jihatdan zug‘um o‘tkazish yoki ta’sir o‘tkazish holatini namoyon etish bilan tahdid qilish va buning natijasida jabrlanuvchilarning hayoti, sog‘ligi, jinsiy daxlsizligi, sha’ni, or-nomusi, qadr-qimmati, hamda qonun bilan himoyalangan boshqa huquq va erkinliklariga tajovvuzni namoyon qiladigan g‘ayrihuquqiy harakat yoki harakatsizlikka aytiladi. Ko‘p holatlarda zo‘ravonlik tushunchasi bilan bir qatorda tazyiq tushunchasiga ham duch kelamiz. Tazyiq bu - sodir etiladigan holatda uning sodir etilganligi uchun biror - bir ma’muriy yoki jinoiy javobgarlik nazarda tutilmagan. Asosan xotin- qizlarning sha’ni va qadr-qimmatini erga uradigan harakat yoki harakatsizlikdir. Xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlik deganda - xotin-qizlarga jismoniy, jinsiy, ruhiy zarar etkazadigan yoki azoblanishiga olib keladigan shu jumladan, ham jamoat 119 “Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida ZARMED Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami UNIVERSITETI Samarqand-2025. 23-24-may ham shaxsiy hayotda bunday harakatlarni sodir etish bilan tahdid qilish yoki o‘zboshimchalik bilan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lgan genderga asoslangan zo‘ravonlik harakatiga aytiladi. Oilaviy zo‘ravonlik bir necha shakllarda namoyon bo‘ladi: 1. Jismoniy zo‘ravonlik: Oila a’zolariga nisbatan urish, qiynoqqa solish va boshqa jismoniy zarar yetkazish. 2. Ruhiy zo‘ravonlik: Kamsitish, tahdid qilish, doimiy nazorat qilish va shaxsiy hayotga aralashish. 3. Iqtisodiy zo‘ravonlik: Oila a’zolarining moliyaviy resurslardan foydalanish huquqidan mahrum qilish. 4. Jinsiy zo‘ravonlik: Roziliksiz jismoniy aloqaga majburlash yoki jinsiy tahqirlash. Oilaviy zo‘ravonlikka sabab bo‘luvchi holatlardan biri bu oilaning moddiy ta’minotidagi beqarorlik sababdir. Ayrim oilalarda erkaklar tomonidan moddiy ta’minotdagi barqarorlikni ta’minlamaslik oqibatida ham zo‘ravonlikka sabab bo‘ladigan holatlar keskin kuzatiladi. Erkak goʻyoki u oila uchun mehnat qilmoqda, ayoli esa unga tekinxo‘rdek ko‘rinayotgandek taassurot uyg‘otadi. Bu holat bugungi iqtisodi

Доказательный фрагмент

«The article provides information on domestic violence, including the use of physical force against an individual, rape, coercion, psychological influence, sexual violence, several stages of aggression against women, a…»

Образец извлечения

Демо-превью

The article provides information on domestic violence, including the use of physical force against an individual, rape, coercion, psychological influence, sexual violence, several stages of aggression against women, a… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
violence, physical, psychological, economic forms of violence, aggression, iqtisodiy, zo‘ravonlik, jinsiy, jismoniy, ruhiy
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники