К содержанию
РецензированоEN2025

SAMARQAND VILOYATI HUDUDIDAGI TURKIY ETNOTOPONIMLAR XUSUSIDA

Tangirov Sherzod Abduraxmonovich · Muxammadiyeva Shahzoda Abduvali qizi

Журнал универсальных научных исследований · 2025

Аннотация

This article examines the aspect of ethnotoponyms in the toponymy of the Samarkand region. Ethnotoponyms are geographical names that reflect ethnic or tribal affiliation, helping to understand the settlement patterns of different peoples, their historical changes, and cultural connections. The toponymy of the Samarkand region, especially around the Zarafshan River, reflects the processes of ethnic mixing and the transition from a nomadic lifestyle to settled living. The article analyzes place names associated with Uzbek, Tajik, Kazakh, Kyrgyz, and other peoples, as well as their tribal and ethnic names. Moreover, the study of ethnotoponyms is important not only for geographical localization but also as part of the historical and cultural heritage of a nation. The toponymy of the Samarkand region, especially in the Zarafshan Valley, offers a comprehensive understanding of the ethnic diversity of the area. This scholarly work contributes significantly to the understanding of the toponymic characteristics of Uzbekistan and its historical and cultural heritage. Key words: Toponyms, ethnotoponimy, Uzbek clans, the branches of the clan, Zarafshan valley, the geography of uzbek trades. Insoniyat jamiyati tarixiy taraqqiyotining barcha bosqichlarida nomlash, ya’ni har qanday narsa, hodisa yoki shaxsga nom berish ehtiyoji mavjud bo‘lgan. Nomlar orqali odamlar bir-birini, shuningdek, atrof-muhitdagi narsalarni, joylarni, mavjudotlarni ajratib kelganlar. Shaxs ismi va familiyasidan tortib, o‘simlik va hayvonlarning ilmiy nomlariga, tog‘lar, daryolar, shaharlar, qishloqlar va boshqa geografik obyektlarning nomlarigacha bo‘lgan to‘liq tizim - bu inson tafakkurining, tilining, tarixiy xotirasining mahsulidir. Aynan geografik obyektlarning nomlari - toponimlar, ularni o‘rganuvchi toponimika fani tilshunoslik, tarix va geografiya fanlarining kesishgan nuqtasida shakllanadi. Toponimika faqat joy nomlarini o‘rganibgina qolmay, balki ularning kelib chiqishi, semantikasi, tarixiy qatlamlari va etnik manbalarini ham tahlil qiladi. Toponimlar ichida etnotoponimlar alohida o‘rinni egallaydi. Bular - muayyan xalq, elat, qabila yoki urug‘ nomi asosida vujudga kelgan joy nomlaridir. 73 “Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida ZARMED Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami UNIVERSITETI Samarqand-2025. 23-24-may Etnotoponimlar xalqning etnik tarkibi, tarixiy joylashuvi va madaniy aloqalari haqida bevosita ma’lumot beruvchi muhim tarixiy manba bo‘lib xizmat qiladi. O‘zbekistonda, xususan, Samarqand viloyati hududida etnotoponimlar nihoyatda ko‘p uchraydi va bu viloyat toponimikasining o‘ziga xos qatlamini tashkil etadi. Ushbu maqolada Samarqand viloyati misolida O‘zbekistonda etnotoponimik hodisalarning tarqalishi, ularning kelib chiqishi va tarixiy ahamiyati tahlil qilinadi. Maqolada xalqimizning qabila-urug‘ tuzilmasi asosida shakllangan joy nomlari, ular bilan bog‘liq tarixiy-geografik ma’lumotlar tahlil asosida ko‘rib chiqiladi. Har bir kishining o‘z nomi - ismi bor. Bir xil ismli kishilar ya'ni adashlar ko‘p bo‘lgan holda, ularni laqab bilan farq qilganlar Familiyalar ham aslida kishilarni bir- biridan farq qilishga xizmat qiladi. Umuman, inson narsalarga nom qo‘ymasdan yashay olmaydi. Dunyodagi hamma narsaning nomi bor. O‘simlik va hayvonlarning mahalliy nomlaridan tashqari ilmiy, lotincha nomlari ham mavjud Har qanday o‘simlik va hayvonni lotincha nomiga qarab turli millat mutaxassislari darrov bilib oladilar. Demak, nomlar bir narsani ikkinchi narsadan farq qilishga yordam beradi. Bir joyni ikkinchisidan, bir jilg‘ani boshqa bir jilg‘adan, bir ko‘chani yonidagi ko‘chadan, tog‘-adirlarni, shahar va qishloqlarni bir-birlaridan farq qilish uchun ham kishilar nomlar o‘ylab chiqargan. Joy nomlari, geografik nomlar yoki toponimlar deb ataladi. Toponimlarni toponimika (topos – joy, onima – nom) fani o‘rganadi. Toponimika uchta katta soha: tilshunoslik, geografiya, tarix oralig‘idagi fandir. Shu bois toponimikaning talaygina faktlari xarakter jihatdan xilma-xil bo‘lgan lingvistik, tarixiy va geografik material jalb qilingandagina to‘g‘ri izohlab berilishi mumkin1. Joy nomlari, ya’ni toponimiya bir necha turga bo‘linadi. Bular: gidronomiya (yunoncha gidro - suv), ya’ni daryolar, ko‘llar, dengizlar, soylar, kanallar, qo‘ltiqlar, bo‘g‘ozlar, sharsharalar nomlari; oronimiya (yunoncha oros - tog‘), ya'ni yer yuzasining relef shakllari - tog‘lar, cho‘qqilar, qirlar, vodiylar, tekisliklar nomlari; oykonimiya (yunoncha oykos - uy), polinimiya (yunoncha polis - shahar) yoki urbanonomiya (lotincha urbos - shahar), ya’ni qishloq hamda shaharlarning nomlari, mikrotoponimiya (yunoncha mikros - kichik), ya’ni kichik obyektlar: buloqlar, quduqlar, dalalar, o‘tloqlar, daraxtzorlar, jarlar, yo‘llar, ko‘priklar va hatto atoqli otga ega bo‘lgan ayrim daraxtlar nomlari. Bundan tashqari, turli xalq, urug‘-aymoq nomlari 1 S.Qorayev, Toponimika. Toshkent, O’zbe

Доказательный фрагмент

«This article examines the aspect of ethnotoponyms in the toponymy of the Samarkand region.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article examines the aspect of ethnotoponyms in the toponymy of the Samarkand region. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Toponyms, ethnotoponimy, Uzbek clans, the branches of the clan, etnotoponimiya, O‘zbek urug‘lari, topinimika
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники