Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MAHMUD KOSHG‘ARIYNING «DEVONU LUG‘ATIT TURK» ASARI – NODIR TURKIY TOPONIMIK MANBA SIFATIDA
Tangirov Sherzod Abduraxmonovich · Majitov Farrux Xasan o‘g‘li
Журнал универсальных научных исследований · 2025
Аннотация
This article explores the significance of Mahmud al-Kashgari’s 11th- century work Dīwān Lughāt al-Turk as a unique and valuable source in the field of Turkic toponymy. Based on the analysis of nearly 200 toponyms, ethnonyms, and 80 “Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida ZARMED Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami UNIVERSITETI Samarqand-2025. 23-24-may geographical terms mentioned in the work, the article provides insights into the settlement areas of Turkic peoples, their linguistic characteristics, and cultural environment of that time. Special attention is given to the historical and toponymic value of the map included in the Dīwān, as well as to the phonetic and semantic aspects of place names. The study highlights the continued relevance and scientific importance of Mahmud al-Kashgari’s legacy for modern toponymic research. Key words: Makhmud Qoshgariy, «Devonu lugatit turk», Turkic clans, about 200 toponymies, map. Toponimika – xalqning tarixiy, madaniy va lingvistik xotirasini saqlovchi muhim fan sohalaridan biridir. Har bir joy nomi o‘zida o‘tmish avlodlarning yashash tarzi, til xususiyatlari va madaniy tasavvurlarini mujassam etgan bo‘ladi. Ana shunday bebaho tarixiy-lingvistik manbalardan biri bu – XI asrda yashab ijod qilgan buyuk turkiy olim Mahmud Qoshg‘ariyning «Devonu lug‘atit turk» asaridir. Bu asar nafaqat tilshunoslik, balki tarix, etnologiya, geografiya va ayniqsa toponimika sohasida ham g‘oyat katta ahamiyatga ega. Mahmud Qoshg‘ariy «Devon» orqali o‘z davrida mavjud bo‘lgan turkiy qabilalar, ularning yashash joylari, madaniyati va tili haqida keng qamrovli ma’lumotlar beradi. Ayniqsa, unda tilga olingan 200 ga yaqin toponimlar bugungi toponimika fanining boy manbaiga aylangan. Asardagi xarita va geografik izohlar orqali XI asrda turkiy xalqlarning joylashuvi va o‘zaro aloqalari haqida tasavvur hosil qilish mumkin. Shunday qilib, «Devonu lug‘atit turk» faqatgina lug‘aviy emas, balki tarixiy-toponimik qo‘llanma sifatida ham o‘rganilishi lozim bo‘lgan noyob asardir. O‘zbek milliy madaniyatining tobora gurkirab o‘sishi milliy madaniyat tarixini yanada chuqurroq o‘rganish talabini qo‘yadi. Boy madaniy merosga ega bo‘lgan o‘zbek xalqining tarixida «Devonu lug‘atit turk» asari alohida ahamiyat kasb etadi. XI asrning mashhur olimi, tilshunos Mahmud Koshg'ariyning «Devonu lug‘atit turk» (Turkiy so‘zlar devoni) asari o‘z davridagi turkiy qabilalar lug‘atini izohlashga bag‘ishlangan. Turkiy Mahmud Koshg'ariyning bu nodir asari bebaho bir qomuski, undan har bir mutaxassis o‘ziga kerakli ma’lumot topa oladi. Mashhur rus sharqshunosi V.V.Bartold ta’kidlaganidek, «Mahmud Qoshg‘ariy hayot voqealarini, fakt va dalillarni o‘z ko‘zi bilan ko‘rib, bilib yozgani uchun» bu asar hamon o‘zining ilmiy, tarixiy, ma’rifiy qimmatini saqlab kelmoqda1. 1 Homidjon Homidiy. Ko’hna sharq darg’alari. Toshkent, Sharq, 2000 yil, 84 bet. 81 “Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida ZARMED Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami UNIVERSITETI Samarqand-2025. 23-24-may «Devonu lug‘atit turk»ni ayni vaqtda qimmatli toponimik asar ham deyish mumkin. Chunki bundan uch yuz-to‘rt yuz yil oldin yozib olingan nomlar ham hozirgi talaffuzdan ko‘ra qadimgi toponimiyaning dastlabki shakliga ancha yaqin bo‘ladi. Shuni aytish kerakki, toponim qanchalik ilgari yozib olingan bo‘lsa, shunchalik qimmatli sanaladi. Ushbu asarning toponimika fani uchun ahamiyati shundan iboratki, 200 ga yaqin turkiy toponimlar, ko‘plab etnonimlar, ko‘plab geografik atamalar aytib o‘tiladi2. Unda yo‘l-yo‘lakay berilgan geografik ma’lumotlar ham diqqatga sazovor. Mahmud Qoshg‘ariy o‘z asarida shuncha keng va katta hududda o‘sha davrda bo‘lgan hamma shahar va qishloqlardan, dengiz va ko‘llardan, ularning tarixidan, geografiq mavqeidan, ularda yashovchi xalqlardan ma’lumot beradi. Bu jihatdan asarning qiymati benihoya ulug‘ va tensizdir3. Mahmud Koshg'ariyning «Devon»idagi xaritada tilga olingan nomlar to‘g'risida I.I.Umnyakov, S.Umurzoqov, H.Hasanov kabi olimlar qator asarlar yozganlar. «Devon»da “Yuqori Chindan boshlab, Buxoroga qadar cho‘zilgan keng va katta hududda yashagan xalqlar, Xorazm, Farg‘ona Qirg‘iziston hududi, Toshkent va butun Movaraunnahr xalqlarining tili va umumiy tarixi (xususan toponomik ma’lumotlar)ga oid ma’lumotlar ko‘p va benihoya qimmatlidir”4. Mahmud Koshg'ariy asarining toponimika uchun ahamiyati undagi joy nomlari bilangina tugamaydi. Ushbu asardadagi toponimik ma'lumotlarni asarda tilga olingan joy nomlari etnonimlar, ya'ni turli xalq, elat, qabila, urug' nomlari, antroponimlar, ya'ni kishi ismlari, geografik atamalar, o‘simlik hamda hayvon nomlari, so‘zlarning fonetik va grammatik tuzilishiga doir fikrlar kabi bir qancha turlarga bo‘lish mumkin. «Devonu lug‘atit turk» doira deb atalgan xarita ilova qilingan. Bundan tashqari, matnda ham bir
Доказательный фрагмент
«This article explores the significance of Mahmud al-Kashgari’s 11th- century work Dīwān Lughāt al-Turk as a unique and valuable source in the field of Turkic toponymy.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article explores the significance of Mahmud al-Kashgari’s 11th- century work Dīwān Lughāt al-Turk as a unique and valuable source in the field of Turkic toponymy. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Makhmud Qoshgariy, «Devonu lugatit turk», Turkic clans, about 200, Mahmud Qoshg‘ariy, turk qabilalari
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025