Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
JADIDCHILIKNING QORAQALPOG‘ISTONDA TARQALISHI VA UNING MA’NAVIY MANBALARI
MA’NAVIY MANBALARI · Yernazarova Sapura Keulimjaevna
Журнал универсальных научных исследований · 2025
Аннотация
This article examines the representatives of the Jadid movement in Karakalpakstan, demonstrating how they fought against ignorance and illiteracy among the people through their activities in the fields of literature, theater, and education. Key words: Jadidism in Karakalpakstan, spirituality, culture, literature, theater, education. XIX asrning oxiri XX asrning boshlaridagi xalqning savodxonlik darajasini o‘rganishdan so‘ng, 1917-yilga kelib, xalq savodxonlik darajasi 10-15 foizga, ba’zi joylarda esa undan ham yuqori bo‘lganligi isbotlanmoqda. Sovet davridagi adabiyotlarda qoraqalpoq xalqining savodxonlik darajasi atigi 0,2 foizga teng bo‘lgan, deyilgan edi. Bunda faqat rus-tuzem maktablarida o‘qib, ruscha biladiganlar hisobga olingan. Xalqning tafakkur olamida uyg‘onish uchun ijtimoiy-iqtisodiy manbalar paydo bo‘la boshladi. Rus mustamlakachiligining salbiy tomonlari ko‘p bo‘lishiga qaramay, turli madaniyat maskanlari, nashriyot tashkilotlari amalga oshdi. Gazeta, jurnallarning mamlakatdagi ma’rifiy qarashlarning rivojlanishiga ta’siri kuchli bo‘ldi. Natijada Turkiston, shu jumladan Qoraqalpog‘iston keng ko‘lamdagi iqtisodiy, madaniy-ijtimoiy hayot oqimiga aralasha boshladi. Obyektiv ijtimoiy 91 “Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida ZARMED Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami UNIVERSITETI Samarqand-2025. 23-24-may qonuniyatlar natijasida podsho hukumatining ixtiyoriga qaramasdan o‘lkaga rus, tatar, ozarbayjon ziyolilari orqali siyosiy madaniy ta’sirlar, yangi ijtimoiy fikrlar turli yo‘l bilan tarqaldi. Jadidlarimiz millatning yashamog‘i, taraqqiy qilmog‘i uchun, birinchi navbatda, ozod, mustaqil bo‘lmog‘i lozimligini anglab etdilar va keng xalqni uygıotishga alohida e‘tibor berdilar [1,4]. Qoraqalpog‘istonda jadidchilik namoyandalari qatorida Seyfulg‘abit Majitov, Xo‘jaahmet Axmedov, Qosim Avezov, Abdiraman Utepovlarni qayd etish mumkin. Ular o‘z asarlari, adabiyot, teatr, ma’rifat sohalaridagi faoliyatlari orqali xalq orasida jaholatga, savodsizlikka qarshi kurash olib borgan, odamlarni ilm-fan o‘rganishga, yangilikka intilishga chorlagan. Qoraqalpog‘istonda dastlabki «Yangi usul» maktabi 1907-yili Petro- Aleksandrovsk shahrida ochiladi. Deyarli shu vaqtning o‘zida Xo‘jayli va Qo‘ng‘irot shaharlarida ham ochiladi. Ba’zi yangi maktablar eski masjidlar yonida ham ochiladi. Madaniy hayotini yaxshilash orqali, barcha turkiy tilli xalqlarni birlashtirib, jahon sahnasiga olib chiqish edi. Ular bu borada xalq ta’limi masalasiga katta ahamiyat berdi. Bu davrda tarixiy-ijtimoiy vaziyat ta’sirida Turkiston bo‘ylab ma’rifatparvar jadidchilik oqimi vujudga keldi. Ijtimoiy-siyosiy va madaniy-ma’rifiy oqim - jadid falsafasi mamlakatda milliy uyg‘onish mafkurasi vazifasini bajarib, mustaqillik, ozodlik uchun kurash olib bordi. Ijtimoiy ong shakllarini tashkil etuvchi barcha sohalarni o‘z ichiga jamladi. Siyosatdagi, san’atdagi g‘oyani yangilab, yangi maktab konsepsiyasini vujudga keltirib, ilg‘or fikrdagi ta’lim islohotini amalga oshirdi. Ma’rifatparvar-jadid falsafasi o‘zlarining xalqchil demokratik, adolatparvarlik, milliy ozodlik g‘oyalarini ijtimoiy taraqqiyotga, ma’rifatparvarlik ishlariga bog‘ladi. Jadidlarning hammasining asosiy masalasi bo‘lgan. O‘rta Osiyo xalqlarining ozodlik borasidagi qarashlari bir-biriga mos edi. Jadidchilik oqimini, ularning siyosiy, huquqiy, madaniy va boshqa g‘oyalarini tarixiy nuqtayi nazardan baholash zarur. Jadidlarning harakatlari, g‘oyalari avvalo ma’rifat masalalaridan boshlanadi. Mustamlakachilik va ijtimoiy zulmning asosiy sababi, jadidlar fikricha, xalqning nodonligidadir. Xalqning bunday holatini boshqaruvchilar mahkam saqlab turishga qiziqadi. Ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy-madaniy masalalarning yechimi ma’rifat yo‘li deb, jadidlar diqqat markaziga ta’lim islohotlarini qo‘ydilar. So‘z yuritayotgan ma’rifatchilik va jadidchilik oqimi qoraqalpoq xalqining siyosiy ongining ijtimoiy fikrlari rivojida sezilarli o‘zgarishlarni, milliy ozodlik harakatlarining ma’rifatchilik davrini vujudga keltirdi. Ular XX asr boshidagi yuzaga 92 “Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida ZARMED Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami UNIVERSITETI Samarqand-2025. 23-24-may kelayotgan rus inqilobining mazmunidan o‘z xalqining mustaqilligi, ozodligini nazarda tutib fikr yuritdi. Natijada so‘z yuritayotgan davrdagi qoraqalpoq xalqining ijtimoiy fikrlar tarixi milliy o‘z-o‘zini anglash tushunchasining va undan kelib chiqqan milliy ozodlik harakatlari va qo‘zg‘olonlarining rivojlangan davrini yuzaga keltirdi [2.168]. So‘z yuritayotgan davrda mamlakatdagi iqtisodiyotning, madaniyatning rivojlanishdan orqada qolishining ba’zi bir sabablari ma’rifatparvar shoir Sayfulg‘abit Majitovning (1867-1938) ijtimoiy-siyosiy tushunchalarida alohida o‘rin egallaydi. Shoir ma’rifat, ta’lim ishini xalqni ozodlikka erishish
Доказательный фрагмент
«This article examines the representatives of the Jadid movement in Karakalpakstan, demonstrating how they fought against ignorance and illiteracy among the people through their activities in the fields of literature,…»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article examines the representatives of the Jadid movement in Karakalpakstan, demonstrating how they fought against ignorance and illiteracy among the people through their activities in the fields of literature,… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Jadidism in Karakalpakstan, spirituality, culture, literature, theater, madaniyat adabiyot, Qoraqalpog‘istonda jadidchilik, ma’naviyat
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025