Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O‘ZBEKISTON TARIXI FANIDA JADIDLAR MAVZUSINING O‘QITILISHI
Narmanov Feruz Asfandiyorovich
Журнал универсальных научных исследований · 2025
Аннотация
Mazkur maqolada “O‘zbekiston tarixi” fanida jadidlar harakati mavzusining o‘qitilishi masalasiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda mazkur mavzuning ilmiy-ma’rifiy ahamiyati, ta’lim jarayonidagi o‘rni va metodik yondashuvlari chuqur tahlil qilinadi. Jadidchilik harakati XX asr boshlarida O‘rta Osiyo musulmon jamiyatlarida yuzaga kelgan islohotchi g‘oyalar tizimi bo‘lib, u milliy uyg‘onish, ma’rifatparvarlik, milliy o‘zlikni anglash va modernizatsiyalash jarayonlarining asosiy harakatlantiruvchi kuchi sifatida maydonga chiqdi. Kalit so‘zlar: tarix fani, taraqqiyot strategiyasi, ma’rifati jamiyat, ma’rifatli shaxs, murojaatnoma, milliy tarix, tarixiy tafakkur, ma’naviy taraqqiyot. Maqolada ushbu tarixiy-siyosiy harakatning O‘zbekiston tarixi fanida o‘qitilish darajasi, mavzuning o‘quv dasturlari va darsliklardagi yoritilishi, talabalarda tanqidiy tafakkurni shakllantirishdagi roli hamda amaliy va innovatsion metodlar asosida o‘qitish samaradorligi tahlil qilinadi. Shuningdek, jadidlar merosining zamonaviy tarixiy ong va milliy g‘ururni shakllantirishdagi ta’siri alohida ko‘rib chiqiladi. Ishning yakuniy maqsadi – O‘zbekiston tarixi fanida jadidchilik harakatini zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida o‘rgatish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Tarixdan ma’lumki, jamiyatdagi kishilar ongi va tafakkuri shakllanishi va rivojida tarix fani va uni o‘qitish asosiy hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Bugun mamlakatimizda ta’lim tizimi taraqqiyoti o‘zining yangi bosqichiga qadam qo‘ydi. Bu jarayon ta’lim bosqichlarida uzviylikni ta’minlash, ta’limning turli bosqichlari uchun yaratilayotgan o‘quv-materiallarida ham aks etadi. Mustaqillik yillarida milliy ta’lim tizimini modernizatsiya qilish, zamonaviy fanlarni o‘qitish tizimini takomillashtirish mamlakat taraqqiyotining asosiy harakatlantiruvchi kuchi bo‘lgan salohiyatli, ma’rifat bilan sug‘orilgan kadrlar yetishib chiqishi uchun ham xizmat qiladi. Uchinchi Renessansning mustahkam poydevori yaratilayotgan Yangi O‘zbekistonda ham tarix fanini o‘rganish va o‘qitish jarayonlari yangi bosqichga 40 “Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida ZARMED Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami UNIVERSITETI Samarqand-2025. 23-24-may qadam qo‘ydi. 2018-yil 28-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasida “Oldimizga qo‘ygan ulkan vazifalarni amalga oshirishda biz uchun kuch-qudrat manbai bo‘ladigan milliy g‘oyani rivojlantirishimiz zarur. Milliy o‘zligimizni anglash uchun Vatanimizning qadimiy va boy tarixini o‘rganish, bu borada ilmiy-tadqiqot ishlarini jonlantirish, gumanitar soha olimlarini har tomonlama qo‘llab- quvvatlashimiz lozim”-deya ta’kidlagan edi1. O‘zbekiston Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan 2021-yilning yanvarida Ma’naviyat va ma’rifat kengashi yig‘ilishida ta’kidlangan “Milliy tarixni xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimizga milliy ruhda yetkazish, ularning qalbiga, shuuriga singdirish kerak. Aks holda, uning tarbiyaviy ta’siri bo‘lmaydi. Biz yoshlarimizni tarixdan saboq olish, xulosa chiqarishga o‘rgatishimiz, ularni tarix ilmi, tarixiy tafakkur bilan qurollantirishimiz zarur”ligi2 haqidagi fikrlari masalaning nechog‘li dolzab yekanligidan dalolatdir. Tarix fanining mamlakat va jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyatining yuqoriligini inobatga olgan holda bugun mamlakatimizda tariximizni milliy ruhda yaratish tadbirlari amalga oshirilib kelinmoqda. Bu ayniqsa, asosiy mazmuni O‘zbekistonda tarix fani sohasi joriy holatining tanqidiy tahlili va mavjud muammolar, ilm-fanni rivojlantirish, ta’lim-tarbiya tizimi, axborot makoni bilan uzviy bog‘liqligini samarali yo‘lga qo‘yish talablaridan kelib chiqib, ilg‘or milliy va jahon tajribasini inobatga olgan holda, bosh maqsadi, vazifalari va ustuvor yo‘nalishlarini belgilab olishga qaratilgan “O‘zbekistonda 2021-2030 yillarda tarix fanini rivojlantirish konsepsiyasi” loyihasining yangi ishlab chiqilishi va keng jamoatchilik hamda tarixchi olimlar muhokamasiga taqdim etilishida yaqqol namoyon bo‘ladi. Jadidchilik harakati – XIX asr oxiri va XX asr boshlarida O‘rta Osiyo musulmon jamiyatlarida paydo bo‘lgan va butun mintaqaning ijtimoiy, siyosiy hamda madaniy hayotiga sezilarli ta’sir ko‘rsatgan islohotchi harakatlardan biridir. Ushbu harakat vakillari jadidlar, yangi usuldagi maktablar ochib, milliy uyg‘onish, dunyoviy bilimlar, ijtimoiy adolat va erkinlik g‘oyalarini targ‘ib qildilar. Bugungi kunda jadidchilik merosi O‘zbekiston tarixining muhim bo‘limlaridan biri bo‘lib, uni o‘quv jarayonida chuqur va tizimli o‘rganish katta ilmiy-ma’rifiy ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston tarixini chuqur o‘rganishda jadidchilik harakati alohida e’tibor talab qiladigan tarixiy-falsafiy va pedagogik mavzudir. Jadidlar faoliyati nafaqat tarixiy 1 Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг 2018-йил Олий Мажлисга Мурожаатномаси // https://president.uz/uz/lists/view/4057. 2 Азамат Зиё. Янги Ўзбекистонда милли
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada “O‘zbekiston tarixi” fanida jadidlar harakati mavzusining o‘qitilishi masalasiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda mazkur mavzuning ilmiy-ma’rifiy ahamiyati, ta’lim jarayonidagi o‘rni va metodik yondashuvlari…»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada “O‘zbekiston tarixi” fanida jadidlar harakati mavzusining o‘qitilishi masalasiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda mazkur mavzuning ilmiy-ma’rifiy ahamiyati, ta’lim jarayonidagi o‘rni va metodik yondashuvlari… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ma’rifatli shaxs, ma’naviy taraqqiyot, murojaatnoma, tarix fani, tarixiy tafakkur, ma’rifati jamiyat, taraqqiyot strategiyasi, milliy tarix
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025