Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ILK MIGRATSIYA JARAYONLARI
ILK MIGRATSIYA JARAYONLARI · Aliqulov Bekmurod Tolibjon oʻgʻli
Журнал универсальных научных исследований · 190– 191 · 2025
Аннотация
According to research findings, the process of continuous historical and cultural interactions and the specialization of production activities contribute to the overall volume of labor and product growth, leading to a diversification of needs. This process, in turn, necessitates socio-economic, cultural-domestic, and historical-cultural relations. In the regions of Central Asia, the historical-cultural, socio-economic, and political processes that occurred in ancient times were closely interconnected, and migration processes during different periods further deepened this closeness. Key words: prehistoric period, migration, Paleolithic, Neolithic, Bronze Age, 45 “Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida ZARMED Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami UNIVERSITETI Samarqand-2025. 23-24-may historical process, intercontinental migration processes. Zamonaviy odamning ilk vatanini qidirish masalasi tarixning qiziqarli kashfiyotlarga boy antropologik topilmalarning solnomasi bo‘lib qoldi. Tabiashunoslarning e’tiborini avvalo, Osiyo qit’asi, jumladan, Janubiy-Sharqiy Osiyo o‘ziga tortgan va bu yerdan Dyubua keyinchalik xomo yerektus deb nomlangan dastlabki gominid qoldig‘ini topgan (Homo erectus-tik yuruvchi odam). So‘ngra 1920– 1930-yillarda Markaziy Osiyo Shimoliy Xitoydagi Chjoukoutyan g‘oridan bundan 460–230 ming yillar avval yashagan 44 ta odam skeletining qoldiqlari topildi. Sinantroplar deb nom olgan ushbu odamlarni bir vaqtlar odamning shajarasidagi eng qadimgi bo‘g‘in, deb hisoblaganlar. Ibtidoiy odamning ko‘plab izlari Qozog‘iston va O‘rta Osiyodan ham topilgan. Xususan, Kaspiyning qurg‘oqchil Sharqiy sohillaridan o‘n minglab primitiv tosh qurollar topilgan: faqat Mugodjari tog‘laridan 1 m2 joydan o‘nlab qadimgi qo‘l cho‘qmorlarini - bifaslarni yig‘ib olish mumkin. Bugungi kunda odamning kelib chiqishi muammosi bilan shug‘ullanuvchi arxeologlar, genetiklar va boshqa mutaxassislar ko‘plab yangi ma’lumotlarni to‘plashdiki, ular asosida turli g‘oyalar, hatto diametral qarama-qarshi gipotezalarni ham ilgari surish mumkin. Hozirda bu masalani sinchiklab muhokoma qilish vaqti yetdi, faqat bitta shart bilan: odamning kelib chiqishi muammosi - multidissiplinar muammo va yangi g‘oyalar natijalarning turli soha mutaxassislari tomonidan qo‘lga kiritilgan kompleks tahlillariga asoslanishi lozim. Faqat shu yo‘l bilan asrlar davomida odamlarni qiziqtirib kelayotgan eng munozarali masalalardan biri - inson tafakkurining shakllanishi muammosini yechimini topishga olib kelishi mumkin. O‘rta Osiyo hududlarida qadimgi davrlarda yuz bergan tarixiy-madaniy, ijtimoiy- iqtisodiy va siyosiy jarayonlar bir-biriga yaqin bo‘lib, turli davrlardagi migratsiya jarayonlari ushbu yaqinlikni yanada chuqurlashtirib borgan. Bu migratsiya jarayonlari bir necha bosqichda, qo‘shni hududlarni ma’lum ketma-ketlikda egallab, o‘zlashtirib borish tarzida amalga oshirilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, Avstraliya va Yangi Zellandiya hududlari bundan 35-40 ming yil ilgari, Yangi Gvineya esa 25 ming yil ilgari osiyoliklar tomonidan o‘zlashtirilgan. Avstraliya qirg‘oqlari yaqinidagi hozirgi Zond arxipelagi hududi so‘nggi paleolit davrida bir-biri bilan tutashgan orollardan, ya’ni, Avstraliyaga o‘tish uchun o‘ziga xos ko‘prik vazifasini bajargan quruqlik hududidan iborat bo‘lgan. Osiyodan Avstraliyaga aholi migratsiyasi aynan ana shu quruqlik orqali bo‘lib o‘tgan. Osiyoliklarning Alyaska va Shimoliy Amerikaga migratsiyasi esa Osiyo 46 “Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida ZARMED Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami UNIVERSITETI Samarqand-2025. 23-24-may va Amerika qit’alarini bog‘lab turgan hozirgi Bering bo‘g‘ozi o‘rnidagi quruqlik orqali amalga oshgan (Alekseyev A., Peris L, 1990. – S. 176–177). Ushbu qit’alararo migratsiya jarayonlarining boshlanishida Markaziy Osiyo hududi asosiy o‘rin tutganligi ehtimoldan holi emas. Chunki, ayrim tadqiqotlarda Markaziy Osiyo hududi insoniyat paydo bo‘lgan hududlarda biri sifatida e’tirof etilayotgani, qadimgi odamlarning va ba’zi hayvon turlarning yer sharining katta qismiga tarqalishi mintaqamizdan boshlanganligi haqidagi fikrlarning mavjudligi (Kraxmal K.K, 2003. – S. 3–11) bunga asos bo‘ladi. Tarixiy tadqiqotlardan bizga ma’lumki, bronza davri mil.avv. 3–2 m.y. O‘rta Osiyo xalqlarining etnik tarixi uchun muhim davr hisoblanadi. Bu davrda mahalliy aholining boshqa hududlardan kirib kelgan qabilalar bilan o‘zaro aloqalari yanada jadallashadi. Ayrim olimlarning fikricha, bu davrdagi doimiy etnomadaniy aloqalar jarayoni va ishlab chiqarish faoliyatining ixtisoslashuvi mehnatning umumiy hajmi va qo‘shimcha mahsulot o‘sishini ta’minlab, ehtiyojlar tartibining murakkablashuviga olib keladi (Sayko E, 1981. – S. 48). Fikrimizcha, bu jarayon esa o‘z navbatida ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-maishiy hamda tarixiy-madaniy aloqalarning
Доказательный фрагмент
«According to research findings, the process of continuous historical and cultural interactions and the specialization of production activities contribute to the overall volume of labor and product growth, leading to a…»
Образец извлечения
Демо-превьюAccording to research findings, the process of continuous historical and cultural interactions and the specialization of production activities contribute to the overall volume of labor and product growth, leading to a… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- prehistoric period, migration, Paleolithic, Neolithic, Bronze Age, ibtidoiy davr, tarixiy jarayon, qit’alararo migratsiya jarayonlari, paleolit, migratsiya, bronza davri, neolit
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025