Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MAHMUDXOʻJA BEHBUDIY - MILLAT KOʻZGUSI BOʻLGAN MA’RIFATPARVAR VA TA’LIM ISLOHATCHISI
Jumayev Abror Muzaffarovich · Xalilova Sabrina Obid qizi (Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti “Tarix” kafedrasi oʻqituvchisi:)
Журнал универсальных научных исследований · 2025
Аннотация
В данной статье научно анализируется деятельность Махмудходжи Бехбуди в рамках джадидистского движения и его вклад в просветительское развитие Средней Азии. Рассматриваются реформаторские идеи, представленные в его произведениях, вопросы национального самосознания, внедрения светского образования и модернизации системы обучения. Особое внимание уделено драматургическому и публицистическому наследию Бехбуди, направленному на повышение общественного сознания и духовности. Результаты исследования свидетельствуют о высокой актуальности наследия Бехбуди в контексте современных общественных трансформаций. Ключевые слова: Махмудходжа Бехбуди, джадидизм, просвещение, национальное самосознание, реформа образования, публицистика, драматургия, духовное возрождение, Средняя Азия. Annotation. This article provides a scholarly analysis of Mahmudkhoja 51 “Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida ZARMED Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami UNIVERSITETI Samarqand-2025. 23-24-may Behbudiʻs activity within the Jadid movement and his contribution to the educational development of Central Asia. The study examines the reformist ideas presented in Behbudiʻs works, including issues of national identity, the integration of secular knowledge, and the implementation of a modern education system. Additionally, his dramatic and journalistic activities aimed at raising social consciousness and enhancing spirituality are highlighted. The research findings demonstrate that Behbudiʻs legacy remains relevant for contemporary society. Key words: Mahmudkhoja Behbudi, Jadidism, enlightenment, national awakening, educational reform, journalism, dramaturgy, Central Asia, spiritual development. XX asr boshlarida Turkiston xalqlari tarixiy burilish yoqasida turardi. Bir tomonda Rossiya imperiyasi mustamlakachilik siyosatining zulmi, boshqa tomonda esa milliy oʻzlikni yoʻqotish xavfi mavjud edi. Bunday sharoitda xalqni zulmatdan nur sari boshlovchi, millat tafakkurini uygʻotuvchi ma’rifatparvarlarga ehtiyoj nihoyatda kuchli edi. Ana shunday siymolardan biri Mahmudxoʻja Behbudiy edi. U 1875-yilda Samarqandda tugʻilgan. Dastlab eski uslubdagi maktabda, keyin esa madrasada tahsil olgan. Arab, fors va turkiy tillarni mukammal egallab, keyinchalik rus tilini ham oʻrganadi. U yoshligidan ilm-fanga, ayniqsa dunyoviy bilimlarga katta qiziqish bildirgan. Tabiiy fanlar, tarix, geografiya, siyosatga oid kitoblarni mutolaa qilgan. Shuningdek u ilm, ma’rifat, matbuot, sahna sanʻati va siyosat orqali butun bir avlodni uygʻotdi. Uning serqirra faoliyati Turkiston jadidchilik harakatining yuksalishida hal qiluvchi rol oʻynadi. [1, 156] M.Behbudiy ma’rifatning, maorif ishlarining faqatgina nazariyotchisi boʻlib qolmay, balki oʻlka maorifi rivojida amaliy tomondan ham jonbozlik koʻrsatdi. U Istanbul, Ufa, Qrim, Qozon, Orenburg kabi shahar va mamlakatlarni koʻrdi va bildi, "Yangi usul"ni turkistonliklar orasida birinchilar qatori amalda qoʻlladi. 1905 yilda Behbudiy tomonidan tashkil etilgan maktab Samarqand shahri yaqinidagi qishloqlarida edi. Tajriba sifatidagi bu maktabning shaharda emas, balki qishloqda ochilishining boisi bor edi. Chunki shaharda ushbu usulda oʻqitishga qarshi chiquvchilar hukumat tomonidan ham, mahalliy aholi tomonidan ham juda koʻp edi. Bu usulning muvaffaqiyatiga boshda mahalliy aholi ishonishmaydi. Lekin hamma ish juda silliq koʻchadi. Ota-onalar bu maktabda bolalarining juda tez savod chiqarayotganligini koʻrib, hayron boʻladi va shubhalana boshlaydilar. Avvallari 3-4 yillarda oʻrganadigan narsalarni bolalar bir yilda oʻrganib olishgan 52 “Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida ZARMED Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami UNIVERSITETI Samarqand-2025. 23-24-may edi. Koʻpchilik "tez oʻrgangan, tez esidan chiqaradi" deb xulosa qiladi. Lekin shogirdlar olgan bilimlarini unutish oʻrniga, kundan-kunga olgʻa qarab borayotgan edi. Behbudiy boshda shogirdlarga oddiy oʻquv-yozuvni oʻrgatgan boʻlsa, keyin "Haftiyak"ni oʻrgatishga kirishadi. Ushbu "Haftiyak ni oʻqitish jarayonida Behbudiyda yangi fikr paydo boʻladi. Endi u oʻz oʻquv dasturiga sistemali suratda arab tilini oʻqitishni kiritadi. Bundan tashqari, maktabda arifmetika, geografiya va shu kabi dunyoviy fanlar ham oʻqitilar edi. [2, 183] Shogirdlar soni 40 talar atrofida boʻlib, 7 yoshdan 15 yoshgacha boʻlgan oʻgʻil bolalar edi. Behbudiy maktabni koʻrish uchun yashiriqcha kelgan mahalliy aholi va mullalarni hamkorlikka chaqiradi. Lekin mullalarning bu taklifdan esxonalari chiqib, vahima koʻtarishadi. Ota-onalarning koʻpchiligi globusni koʻrib, oʻqituvchi Behbudiyning geografiya darsida "yer aylanadi", "quyosh erdan katta" degan soʻzlarini eshitib, uni "sha’riatga zid" narsalar haqida tashviqot qilishda ayblay boshlaydilar. Shunda Behbudiy erishgan shuncha muvaffaqiyatlariga qaramay. baribir, oʻz
Доказательный фрагмент
«В данной статье научно анализируется деятельность Махмудходжи Бехбуди в рамках джадидистского движения и его вклад в просветительское развитие Средней Азии.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье научно анализируется деятельность Махмудходжи Бехбуди в рамках джадидистского движения и его вклад в просветительское развитие Средней Азии. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Mahmudkhoja Behbudi, Jadidism, enlightenment, national, ma’rifatparvarlik, publitsistika, dramaturgiya, ma’naviy taraqqiyot., Oʻrta Osiyo, jadidchilik, milliy uygʻonish, ta’lim islohoti, Mahmudxoʻja Behbudiy
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025