Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BUYUK IPAK YO‘LIDA MILLIY URF-ODATLAR VA DINIY AN’ANALARNING O‘ZARO ALOQADORLIGI VA TA’SIRI
Aliqulov Bekmurod Tolibjon oʻgʻli
Журнал универсальных научных исследований · 2025
Аннотация
The Great Silk Road was an ancient trade route that connected the East and the West. It represents a unique phenomenon in the history of human development – a drive toward unity, the exchange of cultural values, the intermingling of customs and religious traditions, and the pursuit of markets to sell goods and access vital spaces. Before the discovery of sea and ocean routes, these paths held great significance. Key words: Great Silk Road, Sogdiana, animism, totemism, Buddhism, Zoroastrianism, angels, spirits, jinn, the deity Umay, hired mourners, Mount Mug. 56 “Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida ZARMED Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami UNIVERSITETI Samarqand-2025. 23-24-may Sharqda aytiladigan naqlga qaraganda: “Oʻtirgan – boʻyra, yurgan – daryo”. Harakatlanish – bu hayotdir, sayohat qilish, jahongashtalik doimo taraqqiyotning harakatlantiruvchi kuchi boʻlgan edi. Insoniyat tarixida eng ulkan boʻlgan ushbu qitʼalararo savdo yoʻli Yevropa va Osiyoni bir-biriga bogʻlab, oʻtmishda antik Rim davlatidan to Yaponiyaning qadimgi poytaxti Nara shahrigacha choʻzilgan edi. Albatta, sharq va Gʻarb oʻrtasidagi savdo oʻtmish qa’riga choʻkkan qadim-qadim zamonlardan beri olib borilar edi, lekin bu kelgusida bunyod etilgan Buyuk yoʻlning alohidagi qismlari edi. Savdo aloqalari hosil boʻlishiga Markaziy Osiyo togʻlarida yarim qimmatbaho toshlar – Sharqda nihoyatda qadrlangan lazurit, nefrit, aqiq, feruzalar qazib chiqariladigan konlarni topib, qazib olish koʻp jihatdan koʻmaklashgan. Masalan, Markaziy Osiyodan Eronga, Mesopotamiyaga va hatto Misrga lazurit toshi yetkazib beriladigan „lazurit yoʻli“ mavjud edi. U bilan bir paytda „nefrit yoʻli“ ham tarkib topgan, bu yoʻl Xotan va Yorkend tumanlarini Shimoliy Xitoy mintaqalari bilan bogʻlar edi. Bundan tashqari, Old Osiyo mamlakatlariga Soʻgʻdiyona va Baqtriya davlatlaridan aqiq toshlari olib ketilar edi, Xorazmdan esa feruza keltirilgan. Bu yoʻnalishlarning barchasi oxir-oqibat Buyuk Ipak yoʻliga kirib mujassamlashgan. Markaziy Osiyodan Gʻarbga va Janubga oʻtkazilgan karvon yoʻllarini hamda Xitoydan Sharqiy Turkistonga olib boradigan yoʻllarni oʻzaro bogʻlab bergan buyuk yoʻlning haqiqiy boshlanishini tarixchilar eramizdan avvalgi ikkinchi asrning oʻrtalarida, deb hisoblaydilar, Buyuk Ipak yoʻlida ko‘plab o‘lkalarining o‘zaro sovdo-sotiq aloqalari natijasida shubhasiz madaniyatlar, urf-odatlar va diniy ananalar qorishuvi sodir boʻlganligi tabiiy hodisa. Jumladan bizning yurtimizdagi So‘g‘diyona, Baqtriya va boshqa o‘lkalarda ham ushbu jarayonlar sodir boʻlganligini koʻrishimiz mumkin. Ibtidoiy ajdodlarimiz amal qilgan dastlabki diniy aqida “animizm”dir (“Animizm”-lotin tilidan olingan bo‘lib “anima”- “qalb”, va “animus”-“ruh” degan ma’nolarni anglatadi. Bu diniy aqida ancha takomillashgan bo‘lib, u keyingi dinlarning shakllanishida ham sezilarli rol o‘ynagan. Bu diniy aqidaning ko‘pgina unsurlari dunyoviy dinlarga ham ko‘chib o‘tgan). Ibtidoiy odamlar o‘lgan kishining qayta tirilmasligini anglaganlaridan so‘ng, “ruh hamisha tirik”, u narigi dunyoda yashaydi, degan fikrga kelgan. Vafot etgan qabila boshliqlari, jasur jangchilar va otalarining ruhlari tiriklarni turli balo-qazolardan asraydi, degan ilinjda ruhlarga sig‘ingan, ularga bag‘ishlab har xil diniy marosimlar o‘tkazgan. Bu diniy aqida ajdodlar ruhiga sig‘inish deb nom olgan. Qadimgi Sug‘dda ham bu diniy aqida keng yoyilganligi ilmiy adabiyotlarda qayd qilingan. Samarqand muzeyida saqlanayotgan noyob ostadon ushbu tasavvurlarni yaqqol 57 “Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida ZARMED Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami UNIVERSITETI Samarqand-2025. 23-24-may namoyish etadi. Unda olov yonib turgan mehrob yaqinidagi kohinlar tasvirlangan, mehrob ustida esa farishtalar uchib yuribdi. Ya’ni, o‘limdan keyin qalb-ruh o‘zining yo‘lini olovli mehrob ostonasidan-olovli taxtdan boshlaydi, bu yerda qurbonliklar qilinadi. Zardushtiylik va moniylik dini aqidalariga ko‘ra, marhumlar dastlab yuqorilab boradilar va nur sochuvchi fravashi-ruhlarga aylanadilar, ammo tiriklar dunyosi bilan aloqani uzmaydilar. Navro‘z (yangi yilning birinchi kuni)dagi o‘n kun arafasida- o‘lganlarning ruhini sharaflash marosimida, fravashi (Zardushtiylik dinidagi ezgu ruh) tiriklarning uyiga, “Ularga duolar bag‘ishlashi va ishonishlarini” bilishga keladi1. Agarda tiriklar ularni eslagan bo‘lsalar, fravashilar tinch bo‘lib ularni duo qiladilar. Shu sababli zardushtiylar o‘z niyatlarini amalga oshirish uchun, har kuni ular sharafiga duolar o‘qiydilar. Xitoy tarixnavislarining yozishicha, Markaziy Osiyoda ma’lum kunlari ajdodlarning suyaklari solingan oltin quticha oldida tantanali sajda qilingan. “Ushbu maxsus kunlar” Navro‘zdan oldingi o‘n kunlikka to‘g‘ri keladi, deb taʻkidlaydilar. Olimlarning fikricha, turli xalqlarning farishtalar-ruhlarga ba
Доказательный фрагмент
«The Great Silk Road was an ancient trade route that connected the East and the West.»
Образец извлечения
Демо-превьюThe Great Silk Road was an ancient trade route that connected the East and the West. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Great Silk Road, Sogdiana, animism, totemism, Buddhism, So‘g‘diyona, animizm, Buyuk Ipak yo‘li
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025