К содержанию
РецензированоEN2025

MAHALLIY IJODKORLARNING PARKENT ADABIY MUHITINI RIVOJLANTIRISHDAGI HISSASI

RIVOJLANTIRISHDAGI HISSASI · Kenjayev Xasan Mirxoshimovich

Современная наука и исследования · 4 · 2025

Аннотация

This article analyzes the role and contribution of local writers of the Parkent district of Uzbekistan to the development of the literary environment. The historical and cultural context of Parkent literature, as well as the scientific, artistic, translational, critical, and pedagogical activities of the writers are covered in detail. Keywords: Parkent district, local artists, literary environment, literary development, artistic creation, translation, fiction. Adabiyot har bir millatning tarixiy, madaniy va ma’naviy merosini saqlash, shakllantirish va avlodlarga yetkazishda muhim vositalardan biridir. Taniqli adabiyotshunos olim Hotam Umurov o‘zining “Adabiyotshnoslikka kirish” darsligida badiiy asar, uni o‘rganish, adabiy muhit va jarayon haqida shunday yozadi: “Badiiy asarlar tabiatini o'rganish, o'z navbatida ijodiy jarayon qonuniyatlarini, adabiy muhit va sharoit xususiyatlarini, yozuvchi obraz kitobxon muammolarini ham o'rganishni kun tartibiga chiqaradi”1 O‘zining noyob madaniy qadriyatlari, og‘zaki va yozma an’analari bilan ajralib turadigan Parkent tumani adabiy muhiti O‘zbekiston madaniy maydonida o‘ziga xos o‘rin egallaydi. Parkentda faoliyat yuritayotgan mahalliy ijodkorlar adabiy muhitning rivojlanishida faqat badiiy ijod orqali emas, balki ilmiy, tarjimonlik, tanqidiy va pedagogik faoliyatlari bilan ham 1 H. Umurov. Adabiyotshunoslik nazariyasi: Oliy o'quv yurtlari uchun darslik T.: A.Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 2004, 264-b 1 29 7 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ katta hissalar qo‘shmoqda. Ularning asarlari ijtimoiy hayotdagi muammolarni yoritishda, milliy va umumbashariy qadriyatlarni targ‘ib qilishda muhim vosita bo‘lib xizmat qilmoqda. Hozirda Parkent tumani, uning bugungi istiqboli haqida gap ketar ekan, ko‘p sohalarda o‘sish, rivojlanish bo‘layotganini eslash zarur. Xususan, yaqinda –18-iyun kuni mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Parkent tumaniga tashrif buyurib, tumanda bo‘layotgan o‘zgarishlar, kelajak istiqbol rejasi, tumanning turizm salohiyati, bog‘dorchiligi bilan tanishdi. Prezidentimiz parkentlik ziyolilar bilan uchrashuv chog‘ida: “Bizning eng katta boyligimiz – yurtimiz tinchligi, xalqimizning osoyishtaligi. Tinchlik barqaror bo‘lsa, mana shunday barqarorlik bo‘ladi, rejalar amalga oshadi. Davlat tashkilotlarini safarbar qilib, imkoniyatlarni yuzaga chiqarib, hamma hududlarni rivojlantirishga harakat qilyapmiz. Parkentga ham istiqlol shabadasi, islohotlar natijasi yetib kelganini ko‘rib xursand bo‘ldim. Xalqimiz mana shunday farovon sharoitda yashashga munosib”2, – degan fikrlarni bayon qildi. Ushbu maqolada Parkent adabiy muhitining shakllanish jarayoni, uning asosiy xususiyatlari va ayniqsa, mahalliy ijodkorlarning ushbu jarayonga qo‘shgan hissalari chuqur tahlil qilinadi. Maqola ilmiy yondashuv asosida yozilgan bo‘lib, adabiyotshunoslik, madaniyatshunoslik va sotsiologiya sohalaridan olingan ma’lumotlarni birlashtiradi. Parkent tumani, O‘zbekistonning sharqiy qismida joylashgan bo‘lib, ko‘p asrlik tarixga ega. Hududning madaniy hayoti, ayniqsa, adabiyot sohasida keng tarqalgan og‘zaki va yozma ijodiy an’analari bilan ajralib turadi. Ushbu hududda yashovchi turli etnik guruhlar va ularning madaniyati o‘zaro ta’sirlashib, o‘ziga xos madaniy qatlamni yaratgan. Parkentda adabiyot, nafaqat, san’at, balki jamiyat hayotidagi ma’naviy va axloqiy muammolarni yechishda muhim vosita sifatida xizmat qilgan. Parkentning go‘zal tabiati va qadim tarixi ko‘plab ilm egalari va ijodkorlar, xususan, Zahiriddin Muhammad Boburning ham nazariga tushgan. Bobur bu joyda bo‘lib, bir muddat yashaganligini aytgan. Bu haqda taniqli shoir, O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasining a’zosi, “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi” faxriy unvoni sohibi Orif Odilxonov bu haqida shunday yozadi: “Zahiriddin Muhammad Bobur Hindistonga ketishdan oldin Parkent vohasiga kelib, Samsarak yaqiniga kelib kuch to‘plaganligi to‘g‘risida ma’lumotlar bor. Parkentda Zahiriddin Muhammad Bobur bilan Hofiz Ko‘hokiy uchrashib suhbat quradi”.3 Tarixan xalq og‘zaki ijodi shaklida yashab kelgan badiiy ijod namunalari hududning adabiy jarayonini belgilagan. XX asrning oxiri va XXI asrning boshlarida yozma adabiyot Parkent adabiy muhiti jadal rivojlandi. Bu davrda mahalliy yozuvchilar, shoirlar, tarjimonlar va adabiyotshunoslar o‘z faoliyatlari orqali adabiyotning mustahkam poydevorini yaratish bilan birga, uning zamonaviy talablar darajasiga ko‘tarilishiga ko‘maklashdilar. Tuman gazetalari, mahalliy jurnal va kutubxonalar ijodkorlar uchun muhim platformalar bo‘ldi. Shu bilan birga, turli adabiy kechalar, tanlovlar va seminarlar adabiy muhitning yanada jonlanishiga turtki bo‘ldi. Parkentda tug‘ilib, voyaga yetgan, shu hududning boy madaniy me’rosi, qolaversa, o‘zbek adabiyotining yorqin siymolaridan ilhomlangan ijodkorlar talaygina. 2 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rasmiy veb-sayti. Davlat dasturi [Elek

Доказательный фрагмент

«This article analyzes the role and contribution of local writers of the Parkent district of Uzbekistan to the development of the literary environment.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article analyzes the role and contribution of local writers of the Parkent district of Uzbekistan to the development of the literary environment. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Parkent district, local artists, literary environment, literary development, mahalliy ijodkorlar, badiiy adabiyot., adabiyot rivoji, adabiy muhit, Parkent tumani, badiiy ijod, tarjima
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники