Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ULUG‘BEK HAMDAMNING “OTA” ROMANIDA OTA OBRAZI ORQALI IJTIMOIY MUAMMOLAR YORITILISHI
MUAMMOLAR YORITILISHI · Ubaydullayeva Gulbahor · X.Q. Hamroqulova
Современная наука и исследования · 4 · 2025
Аннотация
Mazkur maqolada, Ulugʻbek Hamdamning "Ota" romani milliy chizg'ilar nuqtai nazaridan tahlil qilinadi. Romanning asosiy mavzulari, syujeti, personajlari va til xususiyatlari orqali, uning milliy o'ziga xosligini, adabiy an'analar va zamonaviy ta'sirlar o'rtasidagi bog'liqlikni o'rganish maqsad qilindi. Ulugʻbek Hamdamning "Ota" romani o'zining milliylikni o'zida aks ettirgan hikoyasi orqali zamonamizning ijtimoiy va ma'naviy muammolarini yoritadi. Kalit so'zlar: Ulugʻbek Hamdam, Po‘lat ota obrazi, ijtimoiy muammolar, tasvir mahorati, zamonaviy o'zbek adabiyoti, an'anaviy va zamonaviy uslub. Zamonaviy o‘zbek adabiyotining yirik vakillaridan biri Ulug‘bek Hamdam o‘zining badiiy va ilmiy faoliyati bilan adabiyot maydonida alohida o‘rin egallaydi. Uning nasriy va publitsistik asarlarida inson, vijdon, ota-ona, oila, millat va ma’naviyat kabi mavzular chuqur falsafiylik bilan yoritiladi. Ulug‘bek Hamdam ijodi orqali o‘zbek adabiyotiga chuqur mushohada, falsafiy izlanish va milliy ruh uyg‘un holda kirib keldi. Ulugʻbek Hamdam – o'zbek adabiyotining yorqin vakillaridan biri bo'lib, uning asarlari o'zbek milliy adabiyotiga yangi nafas olib kirgan. "Ota" romani uning eng mashhur asarlaridan biri sifatida adabiyotshunoslar tomonidan katta e'tibor bilan o'rganilmoqda. Ushbu roman, o'zining o'ziga xos milliy chizg'ilar bilan ajralib turadi. "Ota"da obrazlar, voqealar rivoji, shuningdek, tili va uslubida milliy adabiy an'analar va zamonaviy yo'nalishlarning uyg'unlashganini ko'rishimiz mumkin. Xususan Ota romani haqida Umarali Normatov fikricha: Mavzu-mundarija, tasvir, talqin jihatidan avvalgi asarlarning birortasini takrorlamaydigan bu romandagi ikkinchi jahon urushi voqealaridan tortib bugungi kunimizga qadar sodir bo‘lgan ham vahshatli, ham quvonchli lavhalar o‘quvchi ko‘zi oldida baralla gavdalanadi. Bir ixcham roman bag‘rida yigirmadan ortiq turfa tirik siymolarning ham chigal ham quvonchli kunlari, g‘aroyib qismati bilan tanishgan kitobxon hayratdan yoqa ushlaydi. Adabiyotimiz,jumladan romanchiligimiz falaj holatga tushib qolgan hozirgi sharoitda bu asar roman janriga qayta jon ato etdi. 1 Yozuvchining eng mashhur romanlaridan biri — "Ota" asaridir. Bu roman o‘zbek nasrida kam uchraydigan mavzuni — otalik konseptini markazga olgan. Asarda bosh qahramon Po‘lat Otaning ruhiy kechinmalari, jamiyatda tutgan o‘rni, oilaviy iztiroblari orqali erkaklik, vijdon, sabr va mas’uliyat tushunchalari talqin etiladi. Asarda oddiy bir inson hayoti orqali butun jamiyatning ma’naviy portreti chiziladi. 1 Ota:roman / Ulug‘bek Hamdam.So‘z boshi muallifi:U.Normatov.-Toshkent:Yangi asr avlodi,2024.-208 b. 1 29 1 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ "Ota" romani g‘oyaviy-falsafiy asar sifatida insoniy qadriyatlarni, ma’naviy halollik va ichki poklikni targ‘ib qiladi. Po‘lat ota obrazida befarzandlik dardini chekayotgan, ammo insoniylikni yo‘qotmagan, o‘zini jamiyatdan chetga olmay, aksincha, unga ezgulik ulashishga urinayotgan qahramon timsoli gavdalanadi. Asar orqali o‘quvchi otalik nafaqat biologik, balki axloqiy va ruhiy mas’uliyat ekanini anglaydi. Yozuvchining badiiy uslubi ramziylik, falsafiylik, ichki monologlar, chuqur psixologik tafakkur bilan ajralib turadi. U hikoyalarida ham katta hayotiy haqiqatlarni jamlay olgan. Har bir hikoyasida ruhiy jarayon, hayotiy iztirob, jamiyatda yashayotgan insonlar kechinmasi mujassam. Ulug‘bek Hamdam adabiyotda milliylik va zamonaviylik uyg‘unligini yaratishga intilgan. “Ijodkor o‘z asarlari orqali o‘quvchini Hazrati Inson bo‘lishga chaqirmog‘i kerak. Shundagina u taqdir tomonidan yuklatilgan muqaddas vazifani ado etgan bo‘ladi” [Ulug‘bek Hamdam,2019.] Uning ijodida ma’naviyat, va ruhiy uyg‘onish asosiy yo‘nalish sifatida namoyon bo‘ladi. XULOSA Xulosa qilib aytganda, Ulug‘bek Hamdam zamonaviy o‘zbek adabiyotining eng yorqin namoyandalaridan biri bo‘lib, uning asarlari bugungi o‘zbek o‘quvchisining ma’naviy ehtiyojlariga javob beradi. U yozuvchi sifatida nafaqat jamiyat muammolarini ko‘rsatadi, balki ularni ruhiy nuqtai nazardan hal qilish yo‘lini ham ko‘rsatadi. Shuning uchun ham Ulug‘bek Hamdam ijodi adabiyotshunoslikda alohida ilmiy o‘rganishni talab qiladi. 1 29 2
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada, Ulugʻbek Hamdamning "Ota" romani milliy chizg'ilar nuqtai nazaridan tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada, Ulugʻbek Hamdamning "Ota" romani milliy chizg'ilar nuqtai nazaridan tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Ulugʻbek Hamdam, Po‘lat ota obrazi, ijtimoiy muammolar, tasvir, tasvir mahorati, zamonaviy o'zbek adabiyoti, an'anaviy va zamonaviy uslub.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024