Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
XALQ VA BAXSHILAR O‘RTASIDAGI KO‘PRIK
G.O‘. Axmedova
Современная наука и исследования · 4 · 2025
Аннотация
Maqolada O‘zbekiston Respublikasida har ikki yilda o‘tkaziladigan xalqaro baxshichilik sa‘nati festivali haqida batafsil ma’lumot berilgan. Shu bilan birga xalqaro baxshichilik sa‘nati festivalining milliy qadriyatlarini targ’ib qilishdagi ahamiyat to’g’risida fikr yuritiladi. Kalit so’zlar: baxshi, doston, terma, repertuar, ustoz, ijod, san’at, voha, xalq, shogird. O‘zbekiston qadimiy va boy og‘zaki ijod an’analariga ega mamlakat sifatida baxshichilik san’atini asrlar davomida ardoqlab kelmoqda. Baxshi – bu nafaqat qo‘shiqchi yoki shoir, balki xalqning tarixi, dard-u quvonchi, orzu va intilishlarini kuyga solgan so‘z san’atkoridir. Aynan shu madaniy xazinani asrash va keng ommaga yetkazish maqsadida yurtimizda turli baxshichilik festivallari o‘tkazib kelinmoqda. Baxshichilik festivallari – bu baxshilar, dostonchilar, sozandalar va xalq og‘zaki ijodi vakillarining bir joyga jam bo‘lib, o‘z mahoratini namoyish etadigan, tajriba almashadigan muhim madaniy tadbirdir. Bunday festivallar: Milliy qadriyatlarni targ‘ib qiladi, Yosh avlodni og‘zaki ijodga qiziqtiradi, Hududlararo madaniy almashinuvga xizmat qiladi, Unutilayotgan dostonlar va epik janrlarni qayta jonlantiradi. 2019-yildan boshlab Surxondaryo viloyatining qadimiy Termiz shahrida o‘tkazilayotgan bu festival O‘zbekiston miqyosidagi eng yirik baxshichilik tadbirlaridan biridir. Unda nafaqat o‘zbekistonlik balki Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Eron, Turkiya kabi davlatlardan kelgan san’atkorlar ishtirok etishdi. II Xalqaro baxshichilik san’ati festivali Nukusda 2021 yil 12–14 sentyabr kunlarda o‘tkazildi. Bu festival baxshichilik san’atini respublika va xalqaro darajada targ‘ib qilish maqsadida tashkil etildi . Festivalga 22 davlatdan 100 dan ortiq baxshilar, oqinlar va jirovlar, shuningdek vatandoshlarimiz ishtirok etdi. U YuNESKO, AYSESKO, TURKSOY va qator nufuzli tashkilotlar tomonidan qo‘llab‑quvvatlandi. Yurtimizda o‘tkazilgan eng yirik baxshichilik anjumanlaridan biri sifatida, III Xalqaro baxshichilik san’ati festivali 6–8 may kunlari Sirdaryo viloyati Guliston shahrida tashkil etildi. 40 dan ziyod mamlakatdan saralangan san’atkorlar, baxshi-shoirlar va oqinlar qatnashdi: Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Turkiya, Yaponiya, Koreya, Vengriya va boshqa davlatlardan san’atkorlar ishtirok etdi. IV Xalqaro baxshichilik san’ati festivali — Xivada 2025 yil 26–28 aprel kunlari bo’lib o’tdi. Festival qadimgi Ichanqal’a sahnalaridan birida rasmiy ochildi. Marosimda O‘zbekiston Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov, hamda YuNESKO va AYSESKO rahbarlari, Turkiya, Ozarbayjon va Turkiy Davlatlar Parlament Assambleyasiga o‘z tabriklarini yetkazishdi. Shuningdek, Prezident Shavkat Mirziyoevning tabrigi o’qib eshitirildi. 40 dan ziyod mamlakatdan 200ga yaqin baxshilar, tarixchi va folklorshunos olimlar qatnashdi. Turkiya, Rossiya, Mo‘g‘uliston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va boshqa davlatlardan delegatsiyalar ishtirok etdi. «II Turkiy dunyo madaniyati forumi» va “Yangi O‘zbekistonda baxshichilik san’ati: zamonaviy tadqiqotlar va istiqbollar” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiyalar o‘tkazildi. 1 25 5 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ O‘zbekiston Respublikasida har ikki yilda o‘tkaziladigan Baxshilar festivali mamlakatimizning boy madaniy merosini asrab-avaylash, xalq og‘zaki ijodi va baxshilik san’atini targ‘ib qilishga qaratilgan muhim madaniy tadbirlardan biri hisoblanadi. Ushbu festival nafaqat san’at bayrami, balki yurtimiz tarixi, milliy o‘zligimiz va ma’naviy qadriyatlarimizning hayotbaxsh ifodasidir. Baxshilik san’ati – xalq ruhining jonli ifodasi O‘zbek baxshilik an’analari asrlar davomida shakllangan va avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan noyob madaniy fenomendir. Baxshilar — xalq orasida hurmat qozongan ijodkorlar bo‘lib, ular epik dostonlar, qahramonlik hikoyalari, madhiyalar, tarbiyaviy so‘zlar va sevgi taronalarini ijro etish orqali jamiyatga ma’naviy ta’sir ko‘rsatishadi. Festivalning mumrespublika miqyosidagi ahamiyati O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan oxirgi yillarda madaniyat va san’at sohasiga katta e’tibor qaratilmoqda. Baxshilar festivali ham aynan ana shu siyosatning ajralmas qismi sifatida har yili turli hududlarda navbatma-navbat o‘tkazib kelinmoqda. Endilikda “Baxshichilik san’ati” tushunchasi YUNESKO orqali butun dunyoda keng targ‘ib qilinadi. Endi bu madaniyat yo‘qolib ketmaydi, aksincha rivoj topib boradi. Shuni ta’kidlab o‘tishni istardimki, xalqaro tashkilotlar kelajak avlodlarga bu madaniy merosni yetkazish va baxshichilik san’atining rivojlanishiga ilmiy-uslubiy yordam ko‘rsatishi, ularni jahon madaniyati durdonalari qatorida targ‘ib qilishi zarur. Albatta, bu jarayon qadamba-qadam, bosqichma-bosqich amalga oshirib boriladi. Baxshichilik san’atining YUNESKO ro‘yxatiga kiritilishining barcha mezonlariga mos kelgan bu noyob nomoddiy madaniy meros yer yuzida kamdan-kam xalqlarda mavjud bo‘lib, necha ming yillar osha biz
Доказательный фрагмент
«Maqolada O‘zbekiston Respublikasida har ikki yilda o‘tkaziladigan xalqaro baxshichilik sa‘nati festivali haqida batafsil ma’lumot berilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada O‘zbekiston Respublikasida har ikki yilda o‘tkaziladigan xalqaro baxshichilik sa‘nati festivali haqida batafsil ma’lumot berilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- baxshi, doston, ustoz, terma, ijod, repertuar, shogird., xalq, san’at, voha
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025