К содержанию
РецензированоUZ2026

FUQAROLIK HUQUQIDA MULK HUQUQI AHAMIYATI VA UNING SHAKLLARI

Xoldorov Kozimjon Nasimjon o‘g‘li · Rustamova Elnora Asliddin qizi

Современная наука и исследования · 2 · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada mulk huquqi va uning asosiy shakllari chuqur tahlil qilinadi. Mulk huquqi fuqarolik huquqining markaziy institutlaridan biri bo‘lib, u shaxslarning mol-mulk ustidan egalik qilish, undan foydalanish va tasarruf etish huquqini belgilaydi. Maqolada mulk huquqining mohiyati, yuridik tabiatiga aniqlik kiritilib, yakka tartibdagi, umumiy (ulushli va qo‘shma) hamda davlat va xususiy mulk shakllari solishtirma-huquqiy yondashuv asosida yoritilgan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida mulk huquqining shakllanishi va rivojlanish tendensiyalari ham ko‘rib chiqiladi. Kalit soʻzlar: Mulk, egalik, foydalanish, tasarruf etish, Forbes, Rossiya Federatsiyasi qonunchiligi, ommaviy mulk, xususiy mulk, jamoaviy mulk, munitsipal mulk. Mamlakatimiz qonunchilikida: “Oʻzbekiston Respublikasida mulk daxlsizdir, hamda har bir shaxs mulkdor boʻlishga haqli” ekanligi ta’kidlangan. Mulk huquqi- fuqarolarga oʻzlari egaligidagi mulkni (moddiy ne'matlarni) muhofaza qilish, tartibga solish va tasarruf etish imkoniyatini beruvchi fuqarolik huquqi normalari yigʻindisidir. Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 164-moddasiga binoan, mulk huquqi -shaxslarning (yuridik va jismoniy shaxslar) oʻzlariga tegishli boʻlgan mol-mulkni, oʻz xohishi bilan va manfaatlarini koʻzlab mulkga egalik qilish, foydalanish, tasarruf etishi hamda ushbu huquq kim tomonidan boʻlmasin har qanday buzilishni bartaraf etish huquqidan iborat boʻlib, mulk huquqi muddatsiz - deb belgilangan. Mulkdorning mol mulkini olib qoʻyishga hech kim haqli emas, bundan qonunda belgilangan holatlar mustasno. Mulk huquqi - qonun bilan qoʻriqlanadigan, daxlsiz huquqdir. Daxlsizlik esa, mulkdorga qarshi turgan barcha subyektlarning mulkdorning mulk huquqini buzishdan oʻzlarini saqlashlari demakdir. Qonunchiligimizga muvofiq quyidagilar mulk boʻla oladi, mulk huquqi obyekti hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi hududidagi yer, yer osti boyliklari, ichki suvlar, havo havzasi, o‘simlik va hayvonot dunyosi, imoratlar va inshootlar, mahsulotlar, turar joy va kvartiralar, mahsulot belgilari, sanoat namunalari, ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, integral mikrosxemalarning topologiyasi, seleksiya yutuqlari, mahsulot belgilari va xizmat ko‘rsatish belgilari, asbob-uskunalar, moddiy va ma’naviy madaniyat buyumlari, pullar, qimmatli qog‘ozlar va boshqa mol-mulklar; insonning mehnat qilish qobiliyati. Ixtirolar, kashfiyotlar, fan, adabiyot, san’at asarlari, axborot, ilmiy g‘oyalar, texnik ishlanmalar va aqliy ijodning boshqa obyektlarini yaratish hamda ulardan foydalanish xususidagi munosabatlar O‘zbekiston Respublikasining maxsus qonunchiligi bilan tartibga solinadi. Tarix va madaniyat yodgorliklariga mulkiy huquqni amalga oshirish O‘zbekiston Respublikasining maxsus qonunchiligi bilan belgilab beriladi. Ushbu obyektlar mansubligiga koʻra quyidagi mulk shakllariga Fuqarolik kodeksining 167- moddasi hamda mulkchilik bilan bogʻliq qonunlarda nazarda tutilgan shakllarga ajratilgan boʻlib, ular quyidagicha tasniflangan: 1)ommaviy mulk; 2)xususiy mulk; 3)shirkat (jamoa)mulki; 4)aralashmulkdir.Ushbu mulk shakllari oʻziga xos xususiyatlar va belgilarga ega hamda ularning har biri oʻrtasida farqli jihatlar mavjud. 1232 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6 Har bir dunyo mamlakatida boʻlgani singari respublikamizda ham davlat mulki (ommaviy mulk) mavjud. Mamlakatimiz qonunchiligida ommaviy mulk quyidagicha tariflangan: respublikaning tasarrufida boʻlgan mol-mulklar hamda ma'muriy hududiy tuzilmalar egaligi ostidagi mulklar (munitsipal mulk)dan iborat boʻlgan davlat mulki ommaviy mulk sifatida belgilangan. Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi mulkchilik munosabatlari, jumladan, ommaviy mulk munosabatlari Fuqarolik kodeksi hamda Qoraqalpogiston Respublikasi qonunchiligi bilan tartibga solinadi. Ommaviy mulk tarkibiga respublika mulki va muntsipal mulklar kiradi. Ular davlat hamda ma'muriy-hududiy tuzilmalar tomonidan muhofaza qilinadi. Ommaviy mulkni xususiylashtirishga “Davlat mulkini xususiylashtirish to‘g‘risida” qonunda belgilangan tartib va shartlarda xususiylashtirish mumkin. Mulkchilikning navbatdagi shakli bu - xususiy mulkdir. Xususiy mulk qonunchilikka muvofiq qoʻlga kiritilgan, oʻz egasiga mol-mulkiga egalik qilish, undan foydalanish hamda tasarruf etish kabi fuqarolik huquqlarini beruvchi, moddiy va ma'naviy ne'matlar, ashyolar, koʻchar va koʻchmas mol-mulklar hisoblanadi. Xususiy boʻlgan mol-mulkning miqdor darajasi hamda qiymati cheklanmagan. Shaxslar tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishi natijasida olgan daromadlarini banklarga omonat sifatida qoʻyish natijasida, yollanib ishlashidan olgan maoshlaridan, meros boʻlib qolgan mablaglardan hamda aksiyalar qimmatli qogozlardan olingan daromadlardan mol-mulklarga egalik qiladilar va ushbu mablag‘lar koʻpayib boradi. Fuqarolarning mulklari davlat mulkini xususiylashtirish yoʻlida ham mol-mulkka ega boladilar. Bugungi kunda dunyoda eng koʻp mol-mulkka ega insonlar roʻyxat

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada mulk huquqi va uning asosiy shakllari chuqur tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada mulk huquqi va uning asosiy shakllari chuqur tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Mulk, Forbes, jamoaviy mulk, foydalanish, xususiy mulk, munitsipal mulk., egalik, tasarruf etish, Rossiya Federatsiyasi qonunchiligi, ommaviy mulk
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники