Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
“YOSH BUXOROLIKLAR” PARTIYASI HAQIDA AYRIM FIKRLAR
Furqat Sodiqov · Bexruz Mamarajabov
Теоретические аспекты становления педагогических наук · 1917
Аннотация
1917-yilda Yosh Buxoroliklar tomonidan tayyorlangan islohotlar manifesti Buxoro amiri tomonidan qabul qilindi. Lekin, qadimchi diniy ulamolarning qarshiligi natijasida bu islohotlar amalga oshmay qoldi. Yosh Buxoroliklar vakillari Buxoroda ta’qib qilindi, zindonga tashlandi. Natijada, Buxorodan qochib ketgan ushbu tashkilot vakillari amirga qarshi siyosiy harakatlarni boshlab yubordi. Ushbu tezisda mazkur jarayonlar haqida ma’lumot beriladi. Kalit soʻzlar: Amir Olimxon, Yosh buxoroliklar, Fayzulla Xoʻjayev, Buxoro, Kogon, Chorjoy, Kolesov, Frunze, qo‘mita, Fitrat, Sadriddin Ayniy.\ Buxoroda dastlab „Tarbiyai atfol“ („Bolalar tarbiyasi“) maxfiy jamiyati shaklida tuzilgan tashkilot, 1910-20-yillarda „Yosh buxoroliklar“ partiyasi deb atalgan. Unga taraqqiyparvar ziyolilar, savdogarlar va shahar kambagʻallari vakillari kirgan. Ular mavjud amirlik tuzumi doirasida demokratik islohotlar oʻtkazish, konstitutsiyaviy monarxiya oʻrnatish orqali amirning mutlaq hokimligini cheklab qoʻyish tarafdori boʻlgan. 1917-yilda mazkur harakat vakillari tomonidan 150 ta yacheyka shakllantirdi. Har bir yachaykada12 kishilik kichik guruhlardan iborat edi1. Ushbu kichik guruhlar asosida sekin-astalik bilan “Yosh buxoroliklar” safi kengayib bordi. 1916-1917 yillarda 12 kishidan iborat “Yosh buxoroliklar” Markaziy Qoʻmitasi tashkil qilingan. Mazkur partiyaning mustahkamlanishiga Abdurauf Fitrat, Ota Xoʻjayev, Sadriddin Ayniy, Fayzulla Xoʻjayev, Mukamil Burxonovlar asosiy rol o‘ynagan. Asosan ma’naviyatli qatlamdan tuzilgan ushbu partiya eski tuzum bilan yashab boʻlmasligin tushungan, “Yosh buxoroliklar” partiyasi islohotlar qilishga kirishgan. 1917-yilda Abdulrauf Fitrat tomonidan “Yosh buxoroliklar” partiyasining “Buxoroda islohot oʻtkazish loyihasi”ni ishlab chiqdi2. Islohotlar loyihasida majlis tuzish, davlat xazinasini taʼsis etish va mamlakat byudjetini belgilash, poytaxtda bosmaxona ochish, sanoat va savdoni rivojlantirish, soliqlarni tartibga solish, amaldorlar ustidan nazorat oʻrnatish va 1 Ўзбекистон тарихи (1917-1991 йиллар). Иккита китоб. Биринчи китоб. Ўзбекистон 1917-1939 йилларда. Масъул муҳаррирлар: Р. Абдуллаев, М. Раҳимов, Қ. Ражабов. – Тошкент, “O‘zbekiston”, 2019. –B.97. 2 Joʻrayev N, Karimov Sh., Oʻzbekiston tarixi. “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati. – Toshkent: 2011. – B.214-215. 190 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference ularga mo‘yana(maosh) toʻlash kabilar tilga olingan edi. Shuningdek, haydalanadigan yerlar 3 qismga boʻlindi: 1.Vaqf yerlari; 2. Soliqdan ozod etilgan yerlar (mulki hur); 3.Soliq olinadigan (Mulki xiroj) yerlar. Mulki xiroj yerlarda umumiy yer soligʻi solinishi ortiqcha soliqlar bo‘lmish kafson (amin, oqsoqol va boshqalar uchun), “Nanafti” (sadaqa), “uchkuna puli” (daraxtlar uchun) va “Choʻp puli” (yaylov uchun) soliqlarni tugatishni maqsad qilgan. Davlat yerlari, bogʻlari, binolarini hashar orqali obodonlshtirish taqiqlanib, bunday ishlarni qilishni faqat irrigatsiya tizimiga nisbatan amalga oshirishga ruxsat berildi. Ariq va kanallarni tozalashda qatnashmagan aholiga jarima qoʻllanishi belgilandi. Ushbu manifest Buxoro amiri Olimxon tomonidan Rossiya muvaqqat hukumatining Buxorodagi vakili Miller hamda “Yosh buxoroliklar” ta’siri ostida qa’bul qildi. “Minifest” 1917-yil 7-aprel, juma kuni e’lon qilindi va 200ga yaqin saroy amaldorlari oldida tantanali oʻqib eshittirildi3. 1917-yil 8-aprelda “Yosh buxoroliklar” tomidan islohotlar manifestini qo‘llab, Buxoro arkining oldidagi registonda namoyish oʻtqazildi. Ammo, ushbu namoyish shu hududdagi madrasa talabalari va eskilik tarafdori bo‘lgan insonlarning to‘qnashuvi bilan tugadi. Natijada, Buxoro amiri said Olimxon namoyishlarni kuch bilan bostirdi va koʻplab jadidlarni ta’qib ostiga oldi. Fayzulla Xoʻjayev boshliq “Yosh buxoroliklar” Kogon shahriga qochib ketdi4. Qo‘lga olingan “Yosh buxoroliklar” vakillariga nisbatan turli jazo choralari ko‘rildi. Masalan, Sadriddin Ayniy 75- tayoq urilgan. 1917-yil 14-aprelda amir “Minifest”ni bekor qildi. Ushbu voqealar amirning katta xatosi bo‘lib, kelajakda sovet hukumati aynan “Yosh buxoroliklar” yordami bilan Buxoroni bosib oladi. “Yosh buxoroloklar” vakillari va amir hukumati o‘rtasidagi kelishmovchilikdan foydalangan ruslar, harakat vakillariga yordam berish vajida ular bilan yaqin aloqalar o‘rnatildi. 1917-yil 2-dekabrda Fayzulla Xoʻjayev boshliq “Yosh buxoroliklar” Buxoro amirligi hududidagi rus pasyolkalari vakillarining 2-syezdida “Rossiya va Turkiston hukumatlarining Buxoro ishlari boʻyicha hukumat” saylanadi. Ular Toshkentga yetib borganida, 30 ming Buxorolik qoʻzgʻolon koʻtarishga shay, deb Toshkentdagi Sovet hukumatini ishontirishgan5. Sovet hukumati Kolesov boshchiligidagi qoʻshinni Buxoroni bosib olish uchun joʻnatgan. 1918-yil 1- martda Kolesov Kogonga joylashdi. Kolesov bilan birga 3500 qizil askarlar, zambarak va pulemyotlar ham tayyor edi6. 3 Joʻrayev N, Karimov Sh., Oʻzbekiston tarixi. – B.215-
Доказательный фрагмент
«1917-yilda Yosh Buxoroliklar tomonidan tayyorlangan islohotlar manifesti Buxoro amiri tomonidan qabul qilindi.»
Образец извлечения
Демо-превью1917-yilda Yosh Buxoroliklar tomonidan tayyorlangan islohotlar manifesti Buxoro amiri tomonidan qabul qilindi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Frunze, Buxoro, qo‘mita, Chorjoy, Sadriddin Ayniy., Kolesov, Kogon, Yosh buxoroliklar, Fitrat, Fayzulla Xoʻjayev, Amir Olimxon
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025