К содержанию
РецензированоUZ2026

POLITEXNIKUM O‘QUVCHILARIGA ONA TILI DARSLARIDA YUKLAMALARNING O`QITILISHI

YUKLAMALARNING O`QITILISHI · Chintosheva Feruza Alimovna

Теоретические аспекты становления педагогических наук · 2026

Аннотация

Bugungi kunda ta’lim samaradorligini oshirish haqida juda ko’p qaror va farmonlar chiqarildi. Bundan ko’zlangan maqsad pedagogik ta’lim sohasini yanada takomillashtirish, zamonaviy bilim va pedagogik texnologiyalarni qo’llash orqali bilimli, ma’naviyati yuksak, mamlakatimiz ravnaqiga hissa qo’sha oladigan yosh avlodni yetkazib berishdir. Buning uchun ta’lim sohasiga ilg’or ta’lim texnologiyalarini joriy qilish, shuningdek, davlatimiz tomonidan belgilab berilgan vazifalarni amalga oshirish har bir o`ituvchining pedagogik burchidir. Mazkur maqolada Politexnikumlarda ona tili darslarida oʻquvchilarga yuklamalarni oʻqitilishi haqida soʻz boradi. Kalit so‘zlar: yuklama, ta’lim, metod, dars rejasi, modul, amaliy mashg‘ulot, ko‘nikma. Bugungi kunda barcha sohalarda bo’lgani kabi ta’lim tizimida ham ta’limning sifat samaradorligini ko’tarish bo’yicha tubdan islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu esa jamiyatimiz turmush darajasini yangilashga, davlatimiz kelajagini buyuklashtirishga, millat nomini abadiylashtirishga xizmat qiladi. Ushbu maqolada “Ona tili darslarida yuklamalarning o’qitilishi” mavzusida yozilgan bo’lib, maktab ta’limida mazkur mavzuni o’quvchilar ongiga singdirish usullari zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida yoritilib, bunda: 1) yuklamalarning turlari haqida ma’lumot; 2) yuklamalarni o’qitishda interfaol usullardan foydalanish haqida so’z yuritiladi; Yuklamalar yordamchi so’zlar bo’lib, ularning oltita turi mavjud. Ammo turli adabiyotlarda ular haqida turlicha ma’lumotlar berilgan. Mana shunday har xilliklarga oydinlik kiritish va eng to’g’ri bilimlarni yetkazish har bir pedagog uchun dolzarb mavzudir. Asosiy qism Yuklama — yordamchi soʻzlarning bir turi; ayrim gap boʻlagiga yoki gapga qoʻshimcha maʼno berish uchun qoʻllanadi. Yuklama tuzilishiga koʻra 2 xil boʻladi: Yuklama qoʻshimcha (qoʻshimcha holiga kelib qolgan Yuklama: mi, chi, da, a, ya) va Yuklamasoʻz (ayrim soʻz holidagi Yuklama: faqat, xuddi, naq, ham). Hoz. oʻzbek adabiy tilida gapga yoki ayrim soʻzlarga qoʻshilganda anglatadigan maʼnolariga koʻra Yuklamaning quyidagi turlari farqlanadi: soʻroq va taajjub 86 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference Yuklamalari (mi, chi, a, ya), asosan, gapni soʻroq gapga aylantiradi: Bu kitobni oʻqidingizmi?; kuchaytiruv va taʼkid Yuklamalari (ku, ham, u, yu, da, oq, ki) gapga tasviriylik berib, soʻz maʼnosini kuchaytirish, shuningdek, taʼkid maʼnosini qoʻshish uchun ishlatiladi. Masalan: Necha marta uchrashay dedimku, vaqtim boʻlmadi; ayiruv va chegaralov Yuklamalari (gina, faqat) turli soʻzlar bilan kelib, ularni ajratib, chegaralab koʻrsatish uchun qoʻllanadi. Masalan: U faqat oʻsha voqea haqida soʻzlardi; aniqlov Yuklamalari (xuddi, naq, qoq) oʻzi aloqador boʻlgan gap boʻlagi maʼnosini aniqlash uchun xizmat qiladi. Masalan: Oʻgʻli otasining xuddi oʻzi. Yuklamalar, shuningdek, tasdiq, inkor, qistov kabi maʼnolarni ifodalash uchun ham ishlatiladi. Va yordamchi vazifasida keladi. Yuklama va uning turlari haqida to’liq bilim va malakalar berish va ularni nutqda, balki ijodiy ishlarda qo’llay olish ko’nikmalarini hosil qilish mavzuning asosiy vazifasidir. “Dunyo shiddat bilan o’zgarib barqarorlik va xalqlarning mustahkam rivojlanishiga rahna soladigan Turli yangi tahdid va xavflar paydo bo’layotgan bugungi kunda ma’naviyat va ma’rifatga , axloqiy tarbiya, oshlarning bilim olish, kamolga yetishga intilishiga e’tibor qaratish har qachongidan ham muhimdir.” (Sh.Mirziyoyev) Yordamchi so’z turkumlari o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lib, ularning uch turi mavjud : bog’lovchi, ko’makchi va yuklama. Yuklama o’zi nima, u qanday so’z turkumi, ularning gapdagi vazifasi nimadan iborat? Tuzilishiga, ma’nosiga va qo’llanishiga ko’ra qanday turlari mavjud? Yuklama so’z yoki gaplarga so’roq, ta’kid, ayiruv-chegaralash, gumon, o’xshatish, inkor ma’nolarini yuklovchi so’z va qo’shimchalardir. Ularga: 1) axir, hatto, faqat, ham, xuddi, go’yo, go’yoki, naq, hech, sira, nahotki, na…na so’zlari; 2)-mi,-chi, -a, (-ya), -ku, -u (-yu),-da, -oq (-yoq), -gina (-kina, -qina ), -dir kabi qo’shimchalar kiradi. Ularning birinchi guruhi so’z yuklamalar, ikkinchi guruhi qo’shimcha yuklamalar hisoblanadi. Yuklamalar ma’nosiga ko’ra olti turga bo’linadi: 1.So’roq-taajjub yuklamalari: -mi, -chi, -a (-ya). 2.Kuchaytiruv - ta’kid yuklamalari: hatto, -ki, ham, nahotki, axir, g’irt, -u (- yu), -da, oq (-yoq). 3.Ayiruv-chegaralov yuklamalari: faqat, atigi, -gina (-kina, -qina). 4.O’xshatish-qiyoslash yuklamalari: go’yo, go’yoki, xuddi,naq. 5.Gumon yuklamasi: -dir. 87 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference 6.Inkor yuklamalari: hech, sira, na…na. Yuklamalar sof va vazifadosh bo’ladi: -u (-yu), -da yuklamalari o’rnida va bog’lovchisini ishlatish mumkin. Ham yuklamasini -da yuklamasi o’rnida ishlatish mumkin. Yuklamalar ichida gumon va inkor yuklamalari murakkabroq bo’lib, o’quvchilar ularni ajratishga qiynaladilar. Gap

Доказательный фрагмент

«Bugungi kunda ta’lim samaradorligini oshirish haqida juda ko’p qaror va farmonlar chiqarildi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Bugungi kunda ta’lim samaradorligini oshirish haqida juda ko’p qaror va farmonlar chiqarildi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ko‘nikma., amaliy mashg‘ulot, dars rejasi, ta’lim, yuklama, metod, modul
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники