Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O‘ZBEK XALQINING BAG‘RIKENGLIK AN’ANASI VA UNING IJTIMOIY AHAMIYATI
IJTIMOIY AHAMIYATI · Abduraimov Eldor Qurbonboy o’g’li
Современные подходы и новые исследования в современной науке · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada o‘zbek xalqining qadimiy bag‘rikenglik an’anasi, uning tarixiy ildizlari va bugungi ijtimoiy hayotdagi o‘rni tahlil qilinadi. O‘zbek jamiyati asrlar davomida turli din va madaniyat vakillarini o‘z bag‘riga sig‘dirib, o‘zaro hamjihatlik, diniy totuvlik va ijtimoiy barqarorlik muhitini yaratgan. Maqolada zardushtiylik, islom va boshqa diniy-falsafiy oqimlarning bag‘rikenglik tamoyillariga qo‘shgan hissasi yoritiladi. Shuningdek, bugungi kunda millatlararo totuvlik va diniy erkinlikni ta’minlashda bu qadriyatlarning nechog‘li dolzarb ekani ko‘rsatib beriladi. Milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg‘unligi, ma’naviy merosning tiklanishi, konstitutsiyaviy asoslarda barqaror jamiyat qurish yo‘lidagi sa’y-harakatlar alohida tahlil qilinadi. Kalit so’zlar. Bag‘rikenglik an’anasi, o‘zbek xalqining ma’naviy qadriyatlari, diniy totuvlik, millatlararo hamjihatlik, ijtimoiy barqarorlik, zardushtiylik ta’limoti, islomiy insonparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg‘unligi, Konstitutsiyaviy huquqlar, ma’naviy merosning tiklanishi. Insonparvarlik millatimiz ma’naviyatining ajralmas qismi, milliy o‘zligining asosiy negizidir. Insonparvarlik ko‘p qirrali tushuncha bo‘lib, o‘z ichiga millatlararo totuvlik, ijtimoiy va diniy bag‘rikenglik, o‘zaro hamkorlik, oliyjanoblik, sahiylik kabi ma’naviy-axloqiy xususiyatlarni qamrab oladi. Milliy mafkura millati, tili va dinidan qat’iy nazar, har bir fuqaroni yagona Vatan baxt- saodati uchun, buyuk kelajak va ulug‘vor maqsadlar sari birlashtirish yo‘lida asosiy g‘oyaviy kuch sifatida o‘rin tutadi. Mamlakatimiz Birinchi Prezidenti Islom Karimov milliy va diniy bag‘rikenglikning, turli din vakillari o‘rtasidagi totuvlikning tarixiy ildizi, tabiiy- iqtisodiy omillari haqida shunday yozadi: “Bu zaminda istiqomat qiladigan xalqlarning tarqoq bo‘lib yashashga imkoni yo‘q edi. Tabiatning o‘zi, hayotning o‘zi ularni shu ruhda tarbiyalagan”, “Jamuljam bo‘lib yashash tuyg‘usi biz uchun hayot qoidasiga aylanib ketgan”.1 Shu muqaddas ona diyorimiz hududida paydo bo‘lgan dastlabki diniy tasavvurlarda, keyinchalik Markaziy Osiyo, Eron va boshqa hududlarga keng yoyilgan zardushtiylik ta’limotida yer, suv, havo, olov hayot manbalari sifatida e’zozlangan. 1 Каримов И.А. Юксак маънавият-енгилмас куч. -Т.: -2008.- б.б.10-11 53 CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference Zardushtiylik ta’limoti yaxshilik va yomonlik o‘rtasidagi kurash hamda ezgulikning tantana qilishi bilan ifodalanadi. Shu sababli zardushtiylikning axloqiy asosini uchta narsa – ezgu fikr, ezgu so‘z va ezgu amal tashkil etadi. Zardushtiylik jamiyatda odamlar tinch-totuv yashashining, bir-biriga samimiy, hurmat-izzat asosida munosabatda bo‘lishining, bir-biriga o‘zaro yordam ko‘rsatish tarafdori bo‘lib, zo‘ravonlikka, shafqatsizlikka, shuhratparastlikka, kibr-havoga berilmaslik, axloq me’yorlari va qonunlariga rioya qilish, hasad, tuhmat, jahlga yo‘l qo‘ymaslik, aytilgan so‘zning ustidan chiqish kabi fazilatlar ulug‘lanadi. O‘sha davrlardan beri kishilarning jamiyatdagi munosabatlarini tartibga solib turuvchi urf-odatlar, an’analar, axloqiy qoidalar shakllangan va jamiyat taraqqiyotining keyingi bosqichlarida o‘zining muhim ijobiy rolini o‘ynagan. Hatto bugungi kunda ham zardushtiylik dinidan meros bo‘lib qolgan va asrlar davomida xalqimizning urf-odatlari, an’analari bilan qorishib, turmush tarzimizga singib ketgan bir qator qadriyatlar saqlanib kelinmoqda. Jumladan, suv va havoni toza, musaffo saqlash, yerga mehr qo‘yish, dehqonchilik va chorvachilikni e’zozlash, yer, tabiat, hosil bilan bog‘liq bayramlarni nishonlash kabi an’analarning saqlanib qolganligi bu diniy ta’limotning nechog‘lik yashovchan va bezavol g‘oyalarga asoslanganligidan dalolat beradi.Azal-azaldan diyorimizda budda, moniylik, yahudiylik, nasroniy va islom dinlariga odamlar e’tiqod qilib yashab kelishgan. Yurtimiz hududida masjidlar qatori budda ibodatxonalari, xristian cherkovlari, yahudiy sinagogalarining mavjud bo‘lganligi turli elat va dinga mansub qavmlarning o‘z diniy ta’limoti va amallarini erkin bajarib kelganligidan dalolat beradi. Xuddi shuning uchun ham tariximizning eng murakkab, og‘ir damlarida ham diniy asosda mojarolar ro‘y bermaganligi xalqimizning dinlararo bag‘rikenglik borasida tajribali ekanligidan dalolatdir. Chunki mamlakatimiz hududiga turli tarixiy jarayonlarda kirib kelgan budda, nasroniy, yahudiy dinlari ta’limotlarida ham, xuddi islom g‘oyalaridagi kabi o‘g‘rilik, qotillik, gumrohlik, yolg‘on so‘zlash, o‘zgalar haqiga xiyonat, zulm, jabr-sitam ko‘rsatish, kibr qoralanadi va axloq normalariga zid hodisalar sifatida nazorat ostiga olinadi hamda gunoh deb belgilanadi. To‘g‘rilik, yaxshilik, kamtarlik, mehr-shafqatli bo‘lish, odamiylik, donolik kabi sifatlar ulug‘lanadi. Islomdagi yuksak g‘oyalarning xalqimiz tomonidan e’tirof etilishida va bu g‘oyalarning dunyoga yoyilishidagi buyuk salaflarimizning ko‘rsatgan beqiyos ma’rifiy ishlari islomning avvalgi dinlar bilan g‘oyaviy
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada o‘zbek xalqining qadimiy bag‘rikenglik an’anasi, uning tarixiy ildizlari va bugungi ijtimoiy hayotdagi o‘rni tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada o‘zbek xalqining qadimiy bag‘rikenglik an’anasi, uning tarixiy ildizlari va bugungi ijtimoiy hayotdagi o‘rni tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ijtimoiy barqarorlik, millatlararo hamjihatlik, diniy totuvlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg‘unligi, zardushtiylik ta’limoti, ma’naviy merosning tiklanishi., islomiy insonparvarlik, o‘zbek xalqining ma’naviy qadriyatlari, Konstitutsiyaviy huquqlar, Bag‘rikenglik an’anasi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025