Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O‘ZBEK TILINI XORIJIY TIL SIFATIDA O‘QITISHDA YOZMA NUTQQA QO‘YILADIGAN TALABLAR VA BAHOLASH TIZIMI: NAZARIY VA AMALIY ASOSLAR
Qurbonova Nodira
Развитие педагогических технологий в современных науках · 3 · 229–232 · 2026
Аннотация
Mazkur maqolada o‘zbek tilini xorijiy til sifatida o‘qitishda yozma nutqni baholash tizimi va unga qo‘yiladigan talablar nazariy hamda amaliy asosda tahlil qilinadi. Baholash mezonlarining CEFR talablari bilan muvofiqligi, A1–A2 darajalaridagi o‘quvchilar yozma ishlari misolida mezonlarga asoslangan yondashuv yoritiladi. Asosan autentik materiallar, ta’lim sifatini belgilovchi omillar, tibbiy soha o‘rganayotgan xorijiy talabalar tajribasi, innovatsion texnologiyalarning o‘rni va metodik yondashuvlar asosida baholashning samaradorlik omillari ko‘rib chiqiladi. Kalit so‘zlar: yozma nutq, baholash mezonlari, autentik materiallar, CEFR, A1–A2 daraja, o‘quvchi yutuqlari, tibbiy talaba, innovatsion texnologiyalar. Bugungi globallashuv sharoitida xorijiy tillarni, xususan o‘zbek tilini chet tili sifatida o‘rganishga bo‘lgan talab ortib bormoqda. Shu bilan birga, o‘zbek tilini xorijiy til sifatida o‘rgatishda yozma nutq ko‘nikmasining shakllanishi ham dolzarb masalalardan biri sifatida qaralmoqda. Til o‘rganuvchining yozma ravishda fikr ifodalash, aniq struktura asosida matn tuzish, grammatik va leksik me’yorlarga rioya qilish salohiyati zamonaviy til kompetensiyasining ajralmas qismidir. Bu kompetensiyani shakllantirishda to‘g‘ri tanlangan baholash mezonlari, interfaol metodlar va innovatsion yondashuvlar muhim ahamiyat kasb etadi. CEFR (Common European Framework of Reference for Languages) tavsiyalariga ko‘ra, A1 darajadagi o‘rganuvchi o‘zini tanishtira olishi, oddiy savollarga javob bera olishi va qisqa jumlalar tuzishi kerak. A2 darajadagi o‘rganuvchi esa o‘z tajribasi, kundalik hayot voqealari haqida sodda matnlar yozishi, asosiy fikrni izchil ifoda etishi kutiladi. Bu darajalarga mos yozma topshiriqlar til o‘rganuvchining asta-sekin yozma kompetensiyasini shakllantirishga xizmat qiladi. Yozma topshiriqlarda matn strukturasining asosiy komponentlari (kirish, asosiy qism, xulosa) mavjud bo‘lishi, grammatik shakllarning darajaga mos ishlatilganligi va leksik boylikning yetarli darajada namoyon bo‘lishi talab qilinadi. 179 DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference Asilova G.A. ta’kidlaganidek, autentik materiallar real kommunikativ vaziyatga tayyorlaydi va o‘quvchining yozma nutqida zamonaviy nutqiy vositalarni qo‘llay olishiga zamin yaratadi. O‘zbek tilini xorijiy til sifatida o‘rgatishda o‘quv materiallarining darajaviy, madaniy kontekstda boyitilgan, maqsadga yo‘naltirilgan bo‘lishi talab etiladi. Yozma topshiriqlar mazmunan real hayotga yaqin, muloqotga asoslangan bo‘lsa, o‘rganuvchilarda tilga nisbatan motivatsiyani oshiradi. Tibbiy yo‘nalishda tahsil olayotgan xorijiy talabalarning yozma nutqini rivojlantirish alohida e’tiborni talab etadi. Avezova A.K. tomonidan olib borilgan kuzatuvlarda maxsus terminologiyalarning o‘zlashtirilishi, rol o‘yinlari, tibbiy holatlar ssenariysi asosida yozilgan topshiriqlar, yozma konversatsiyalar va kasallik tarixini tuzishga doir topshiriqlar samarali natija bergani qayd etilgan. Ushbu yondashuvlar orqali talabalar yozma nutqdagi aniqlik, izchillik va uslubiy uyg‘unlikni o‘zlashtira boshlaydi. Bundan tashqari, yozma topshiriqlar tibbiy muhitda muloqot qilishni ta’minlovchi funksional nutqni shakllantiradi. Yozma ishlarni baholashda mezonlarga asoslangan yondashuv muhimdir. Baholash mezonlari quyidagi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi: matnning mavzuga mosligi va g‘oyaning aniqligi; grammatik to‘g‘rilik, ya’ni zamon, birlik-ko‘plik, fe’l shakllarining to‘g‘ri qo‘llanilishi; tuzilish – kirish, asosiy qism va xulosaning mavjudligi va izchilligi; uslub – matn ohangi, rasmiylik darajasi; leksik boylik – sinonimlar, mavzuga mos so‘zlar tanlovi. Baholash jadvali 25 ballik tizim asosida tuzilishi mumkin bo‘lib, har bir komponent 0 dan 5 gacha baholanadi. Bunday mezonlar orqali baholash shaffof, aniqlashtirilgan va ob’ektiv tarzda olib boriladi. Baholashni takomillashtirishda innovatsion texnologiyalar va interfaol metodlarning roli katta. Mukhamedova Sh.A. tomonidan ta’kidlanganidek, xorijiy til o‘rgatishda zamonaviy innovatsion va interfaol texnologiyalarni joriy etish o‘quvchilarning yozma ko‘nikmasiga ham bevosita ta’sir qiladi. Interfaol metodlar (rolli o‘yinlar, grafik organizatorlar, guruhli muhokamalar) orqali o‘quvchi yozma topshiriqlarda mustaqil fikr yuritadi, muloqotga kirishadi va yozma ifodaning strukturaviy jihatlarini yaxshilaydi. Talabalarni faol ishtirok etishga undaydigan metodlar (jumladan, topshiriq asosida yozilgan bahs- munozara matnlari, amaliy yozma tahlil mashqlari) ularning mustaqil yozuvchilar sifatida shakllanishiga xizmat qiladi. Innovatsion yondashuvlar orqali yozma nutq topshiriqlari: e-mail yozish, rasm asosida voqea bayoni, matn asosida savolga javob yozish, kundalik tutish shaklida berilishi mumkin. Tibbiyot yo‘nalishidagi talabalar uchun esa kasallik 180 DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference tarixini yozish, doktor va bemor o‘r
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada o‘zbek tilini xorijiy til sifatida o‘qitishda yozma nutqni baholash tizimi va unga qo‘yiladigan talablar nazariy hamda amaliy asosda tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada o‘zbek tilini xorijiy til sifatida o‘qitishda yozma nutqni baholash tizimi va unga qo‘yiladigan talablar nazariy hamda amaliy asosda tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- CEFR, innovatsion texnologiyalar., A1–A2 daraja, baholash mezonlari, o‘quvchi yutuqlari, tibbiy talaba, yozma nutq, autentik materiallar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025