К содержанию
РецензированоRU2026

PYTHON DASTURLASH TILIDA RO‘YXATLAR

EDUCATION SYSTEM · Tojimamatov Israil Nurmamatovich · Mahmudov Oybekjon Shuxratjon o‘g‘li

Наука и инновации в системе образования · 2026

Аннотация

В данной статье подробно рассматривается структура данных список (list) в языке программирования Python. Описаны основные характеристики списков, способы их создания, доступ к элементам по индексам, добавление, удаление, сортировка и другие операции. Цель статьи — обучить программистов эффективно работать со списками в Python. Ключевые слова Python, список, list, программирование, структура данных, индекс, append, pop, sort, срезы (slicing), list comprehension, изменяемость (mutable), кортеж (tuple), словарь (dictionary), множество (set) Annotation This article provides a detailed overview of the list data structure in the Python programming language. It explains the key features of lists, how to create them, access elements by index, add or remove elements, sort and manipulate them. The article aims to help developers use Python lists effectively in programming tasks. Keywords 178 SCIENCE AND INNOVATION IN THE EDUCATION SYSTEM International scientific-online conference Python, list, programming, data structure, index, append, pop, sort, slicing, list comprehension, mutable, tuple, dictionary, set Zamonaviy dasturlash tillari orasida Python o‘zining soddaligi va kuchli funksional imkoniyatlari bilan ajralib turadi. Python tilida dastur tuzishda eng ko‘p qo‘llaniladigan tuzilmalaridan biri bu — ro‘yxat (list) hisoblanadi. Ro‘yxatlar orqali turli xil turdagi qiymatlarni bitta o‘zgaruvchi ichida saqlab, ular ustida qulay amallar bajarish mumkin. Ayniqsa, foydalanuvchi tomonidan kiritilgan ma’lumotlarni vaqtincha saqlash, ularni tartiblash, tahlil qilish yoki filtrdan o‘tkazish kabi ko‘plab muammolarni ro‘yxatlar orqali oddiy va samarali hal qilish mumkin. Ushbu maqola Python ro‘yxatlarini chuqurroq o‘rganish, ularni yaratish, tahrirlash va qo‘llash imkoniyatlari bilan tanishtirishga qaratilgan. Python dasturlash tilida ro‘yxatlar haqida umumiy tushuncha Python dasturlash tilida ro‘yxat (list) — bu tartiblangan va o‘zgaruvchan (mutable) ma’lumotlar to‘plami bo‘lib, turli xil qiymatlarni bitta o‘zgaruvchi ichida saqlash imkonini beradi. Ro‘yxatlar dasturchilarga ma’lumotlar bilan qulay ishlash, ularni tartiblash, filtrlash, tahrirlash, va ko‘plab boshqa amallarni bajarish uchun juda keng imkoniyatlar yaratadi. Ro‘yxat yaratish uchun kvadrat qavslar [] ishlatiladi va elementlar vergul bilan ajratiladi. Masalan, mevalar = ["olma", "banan", "gilos"] bu yerda mevalar nomli ro‘yxat uchta satr tipidagi elementdan tashkil topgan. Ro‘yxat elementlariga indeks orqali murojaat qilinadi va indekslash har doim 0 dan boshlanadi. Shuningdek, Python’da salbiy indekslar ham mavjud bo‘lib, ular ro‘yxatning oxiridan boshlab sanaydi. Ro‘yxatlar o‘zgaruvchan bo‘lgani sababli, ularning istalgan elementini o‘zgartirish, yangi elementlar qo‘shish (append(), insert()) yoki mavjudlarini o‘chirish (remove(), pop(), del) mumkin. Python ro‘yxatlari aralash turdagi qiymatlarni ham saqlashi mumkin. Ya’ni, siz bitta ro‘yxatda matn (string), butun son (int), haqiqiy son (float), mantiqiy qiymat (bool) va hatto boshqa ro‘yxatlarni ham saqlashingiz mumkin. Bu esa ro‘yxatni kuchli va moslashuvchan tuzilma qiladi. Ro‘yxatlar bilan ishlashda ko‘pincha for sikli yordamida har bir element ustida amallar bajariladi. Bundan tashqari, in operatori yordamida ma’lum bir qiymat ro‘yxatda mavjudligini tekshirish mumkin. len() funksiyasi ro‘yxatdagi elementlar sonini aniqlaydi. Python’da ro‘yxatlar bilan ko‘plab funksiyalar va metodlar mavjud bo‘lib, ular dasturchiga real hayotdagi ko‘plab masalalarni soddalashtirgan holda yechishga yordam beradi. 179 SCIENCE AND INNOVATION IN THE EDUCATION SYSTEM International scientific-online conference Python dasturlash tilida ro‘yxatning asosiy maqsadi — bu bir nechta qiymatlarni bitta o‘zgaruvchida saqlash va ular ustida samarali ishlov berishdir. Dastur yozishda ko‘plab holatlarda birdan ortiq qiymatlar bilan ishlashga to‘g‘ri keladi. Masalan, o‘quvchilar ro‘yxati, mahsulotlar narxi, kundalik harorat, foydalanuvchilar kiritgan ma’lumotlar kabi ko‘p sonli va tartibli ma’lumotlarni alohida-alohida o‘zgaruvchilar o‘rniga yagona ro‘yxatda jamlab olish qulay va samarali yechim hisoblanadi. Ro‘yxatlar orqali ma’lumotlar tartibli saqlanadi. Bu degani — har bir element o‘z indeksiga ega bo‘ladi. Shu tufayli, ro‘yxatdagi istalgan elementga bevosita murojaat qilish, uni o‘zgartirish yoki o‘chirish mumkin bo‘ladi. Dastur tuzishda bu xususiyat ma’lumotlar oqimini boshqarish, foydalanuvchidan kelgan kirish qiymatlarini qayta ishlash va natijalarni chiqarish jarayonlarini sezilarli darajada soddalashtiradi. Dasturdagi ro‘yxatlarning o‘rni ayniqsa sikl (loop) va shartli operatorlar bilan birgalikda ishlatilganda kuchli seziladi. Masalan, for sikli yordamida ro‘yxatdagi barcha elementlarni aylantirib chiqish, ularning ustida amallar bajarish yoki if yordamida ularni tahlil qilish juda qulay. Shuningdek, ro‘yxatlar foydalanuvchidan kiritilgan bir nechta qiymatlarni vaqtincha saqlab turish yoki bazadagi obyektlarni qayta ishlashda ham

Доказательный фрагмент

«В данной статье подробно рассматривается структура данных список (list) в языке программирования Python.»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной статье подробно рассматривается структура данных список (list) в языке программирования Python. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
178, Python, ro‘yxat, pop, list, sort, dictionary, dasturlash, ma’lumotlar tuzilmasi, indeks, append, tuple, set., slicing, mutable, list comprehension
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники