Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
KALIY XORIDNING BOYITISH USULLARINI ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYASI
EDUCATION SYSTEM · Yusufova Nazokat Shuxratjon qizi
Наука и инновации в системе образования · 2026
Аннотация
В данной статье рассматриваются технологические процессы получения калий хлорида (KCl) из природного сырья — сильвинита и карналлита. Описаны механические, термические и методы кристаллизации, их эффективность и сферы применения. Особое внимание уделено современным энергосберегающим технологиям и вопросам экологической безопасности. Ключевые слова: Калий хлорид, технология обогащения, сильвинит, карналлит, флотация, кристаллизация, разделение, экологическая безопасность. Annotation: This article analyzes the production technologies of potassium chloride (KCl) enrichment from natural raw materials – sylvinite and carnallite. Mechanical, thermal, and crystallization methods, their process efficiency, and fields of application are described. Special attention is given to modern energy- saving technologies and environmental safety issues. Keywords: Potassium chloride, enrichment technology, sylvinite, carnallite, flotation, crystallization, separation, environmental safety. Kaliy xlorid (KCl) — qishloq xo‘jaligida keng qo‘llaniladigan muhim mineral o‘g‘it hisoblanadi. U asosan tabiiy mineral tuz konlaridan, xususan, silvinit va karnallit tarkibidagi birikmalarni boyitish yo‘li bilan olinadi. Bugungi kunda dunyo miqyosida o‘simliklar uchun ozuqa moddalari sifatida kaliyli o‘g‘itlarga bo‘lgan talab ortib bormoqda. Shu bois, kaliy xloridni yuqori sifatli va samarali 203 SCIENCE AND INNOVATION IN THE EDUCATION SYSTEM International scientific-online conference ishlab chiqarish texnologiyalarini ishlab chiqish va takomillashtirish dolzarb ilmiy-amaliy vazifa bo‘lib qolmoqda. Boyitish texnologiyasi — bu tabiiy xomashyodan maqsadli komponentni (bu holda KCl) ajratib olish, ya’ni konsentratsiyasini oshirishga qaratilgan fizikaviy va kimyoviy jarayonlar majmuidir. Silvinit va karnallit konlari ko‘pincha boshqa minerallar bilan birga uchraydi, shu sababli ularni ajratish uchun murakkab texnologik jarayonlar zarur bo‘ladi. Ular orasida flotatsiya, termik ajratish va eritmadan kristallantirish kabi metodlar mavjud. Mazkur maqolada ushbu usullar texnologik va ekologik jihatdan tahlil qilinadi, ularning afzallik va kamchiliklari, hamda sanoatdagi qo‘llanilish samaradorligi baholanadi. Asosiy qism Kaliy xloridni ishlab chiqarishda tabiiy konlardan olinadigan sylvinit va karnallit asosiy xomashyo hisoblanadi. Ushbu minerallar tarkibida KCl, NaCl (osh tuzi), MgCl₂ va boshqa aralashmalar mavjud. Kaliy xloridni ajratib olishda quyidagi boyitish usullari keng qo‘llaniladi: 1. Mexanik boyitish (Flotatsiya usuli) Bu usul sylvinit rudalaridan KCl ni NaCl va boshqa aralashmalardan ajratib olishda qo‘llaniladi. Jarayon quyidagi bosqichlardan iborat: Rudani maydalash: Sylvinit zarrachalari 0,2-0,5 mm gacha maydalanadi. Flotatsiya: Maxsus reagentlar (kollektorlar va ko‘pik hosil qiluvchilar) yordamida KCl zarrachalari yuzaga ko‘tariladi, NaCl esa cho‘kadi. Ajratish: Ko‘pikli qatlam olinadi va undan toza KCl quritiladi. Afzalliklari: Kam energiya sarfi Yuqori darajada ajratish Kamchiliklari: Ko‘p suv sarflanadi Reagentlar ekologiyaga zarar yetkazishi mumkin 2. Termik usul (Qizitish orqali ajratish) Bu usul, asosan, karnallit rudalariga qo‘llaniladi. Karnallit MgCl₂ bilan murakkab birikma bo‘lib, issiqlik yordamida ajratiladi. Karnallit 160–180 °C da isitiladi. Isitish natijasida KCl kristallanadi, MgCl₂ esa eritmada qoladi. Kristallangan KCl filtrlanadi va quritiladi. Afzalliklari: Kimyoviy reagentlarsiz ajratish mumkin 204 SCIENCE AND INNOVATION IN THE EDUCATION SYSTEM International scientific-online conference Kamchiliklari: Yuqori harorat talab etiladi Energiya sarfi ko‘p 3. Eritma va kristallanish usuli Bu usul ham karnallit uchun qo‘llaniladi. Suvda erigan karnallit eritmasidan KCl ni kristallantirib ajratib olishga asoslangan. Karnallit eritmada eritiladi Eritma sovutiladi yoki bug‘lantiriladi Natijada KCl kristallanadi Afzalliklari: Toza mahsulot olinadi Boshqarish oson Kamchiliklari: Uzoq vaqt talab qiladi Sovitish va bug‘lantirish uskunalari kerak 4. Ekologik xavfsizlik va energiya tejamkorlik masalalari Kaliy xloridni boyitish jarayonlarida ekologik xavfsizlik masalalari dolzarb hisoblanadi. Ayniqsa flotatsiyada qo‘llaniladigan reagentlarning chiqindi suvlar orqali tabiatga tushishi salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Shu boisdan, chiqindi suvlarni tozalash, qayta ishlash tizimlarini joriy etish hamda energiya samaradorligini oshirish texnologik strategiyaning muhim jihatlaridandir. Kaliy xloridni boyitish usullarining taqqosiy tahlili Boyitish usuli Qo‘llaniladigan Afzalliklari Kamchiliklari Ekologik ta’sir xomashyo Flotatsiya Silvinit Kam energiya Ko‘p suv sarfi, Reagentlar (mexanik) sarfi, yuqori kimyoviy chiqindilari ajratish darajasi reagentlarga muammo ehtiyoj bo‘lishi mumkin Termik ajratish Karnallit Reagentsiz Yuqori harorat va Issiqlik ajratish, nisbatan katta energiya sarfi chiqindilari toza mahsulot mavjud Eritmadan Karnallit Yuqori tozalik, Uzoq jarayon, Suvni qayta kristallanish boshqarish oson sovitish/bug‘lanti
Доказательный фрагмент
«В данной статье рассматриваются технологические процессы получения калий хлорида (KCl) из природного сырья — сильвинита и карналлита.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье рассматриваются технологические процессы получения калий хлорида (KCl) из природного сырья — сильвинита и карналлита. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Potassium chloride, enrichment technology, sylvinite, carnallite, flotation, flotatsiya, silvinit, kristallanish, boyitish texnologiyasi, ajratish, ekologik xavfsizlik., karnallit, Kaliy xlorid
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025