Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
QASHQADARYO VILOYATIDA SUV TANQISLIGI MUAMMOLARI
EDUCATION SYSTEM · Mamanov Jaloliddin G‘anisher o‘g‘li · Toshov O‘tkir Jumayevich
Наука и инновации в системе образования · 2026
Аннотация
The issue of water resource scarcity in the Kashkadarya region has become increasingly urgent due to the growing demand for water in agriculture and among the population. The provision of water and its effective management plays a crucial role in ensuring the region’s ecological stability, improving irrigation systems in agriculture, and supporting social development. The distribution of water resources, climate change, and pollution are hindering the development of agriculture and various industrial sectors in Kashkadarya. This article analyzes the pressing measures to address water scarcity in the region and provides recommendations for water conservation, modernizing irrigation systems, and implementing new technologies. Keywords: Water resources, water scarcity, Kashkadarya region, ecological stability, agriculture, irrigation systems, climate change, water conservation, technologies, pollution, development, water management, irrigation technologies. Qashqadaryo viloyati O‘zbekistonning janubi-sharqisida joylashgan bo‘lib, asosan qishloq xo‘jaligiga asoslangan iqtisodiyotga ega [1]. Viloyatning iqlimi quruq va yarim quruq bo‘lib, uning ko‘p qismi suv resurslaridan foydalanishga 60 SCIENCE AND INNOVATION IN THE EDUCATION SYSTEM International scientific-online conference juda bog‘liqdir [3]. Suv resurslari tanqisligi, ayniqsa qishloq xo‘jaligida suvning samarali taqsimlanmasligi va ishlatilishi masalalari dolzarb bo‘lib qolmoqda [2]. Qashqadaryo viloyatining asosiy iqtisodiy sektori — qishloq xo‘jaligi — katta miqdorda suvni talab qiladi, bu esa hududda suv resurslarining taqsimlanishi va saqlanishi bo‘yicha katta muammolarni keltirib chiqaradi. Viloyatning qishloq xo‘jaligida suvdan foydalanishning yuqori darajasi, suvlarga bo‘lgan talabni orttirishi bilan birga, tabiiy resurslarni tejashga alohida e’tibor qaratishni talab qiladi. Bu maqolada, Qashqadaryo viloyatida suv resurslari tanqisligi masalalari, uning sabab va oqibatlari, mavjud boshqaruv tizimi va yechimlar haqida tahlil qilinadi. Usullar: Maqolada asosan sifatli va miqdoriy tadqiqotlar, statistik ma’lumotlar, viloyatdagi suv resurslari bilan bog‘liq amaliyotlar va ekspert fikrlarini tahlil qilish usullari qo‘llanilgan [5]. Tadqiqotlar quyidagi manbalarni o‘z ichiga oladi: 1. Statistik tahlil: Qashqadaryo viloyatining suv resurslari va qishloq xo‘jaligida suv sarfi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, Mahalliy Ekologiya boshqarmalari va boshqa hukumat tashkilotlari tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar. 2. Ekspert baholari: Suv resurslari va qishloq xo‘jaligi sohasidagi mutaxassislarning fikr-mulohazalari, viloyatning suv resurslarini boshqarish bo‘yicha amalga oshirilgan loyihalar. 3. Intervyular va so‘rovnomalar: Suvdan foydalanish jarayonidagi qishloq xo‘jaligi ishlovchilarining tajribalari va fikr-mulohazalari. Natijalar: Qashqadaryo viloyatida suv resurslarining tanqisligi ko‘p jihatdan quyidagi omillarga bog‘liqdir: Iqlim sharoitlari: Viloyatning quruq va yarim quruq iqlimi suv resurslarining mavjudligini kamaytiradi va yuqori bug‘lanish natijasida suv yo‘qotilishiga olib keladi [4]. Suv taqsimoti va ishlatish samaradorligi: Suv resurslarining noaniq taqsimlanishi va qishloq xo‘jaligida samarali texnologiyalarni qo‘llashning yetarli darajada rivojlanmaganligi, suvning isrofgarchiligiga olib kelmoqda [2]. Tadbirkorlik va boshqaruv muammolari: Suv resurslarini boshqarishda lokal hukumatlarning yetarli resurslari va tizimli yondashuvlar yetishmayapti, bu esa suvdan noan’anaviy foydalanishga olib kelmoqda [3]. Suv resurslarining taqsimlanishi: Qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida, ayniqsa, sug‘orish tizimlarida suvni bo‘lishda muammolar mavjud, bu esa suvni samarali ishlatishning oldini oladi [2]. 61 SCIENCE AND INNOVATION IN THE EDUCATION SYSTEM International scientific-online conference Tahlil va muhokama Qashqadaryo viloyatida suv resurslarining tanqisligi va isrofchiligini kamaytirish uchun quyidagi yechimlar taklif etilishi mumkin: Tejamkor sug‘orish texnologiyalarini joriy etish: Qishloq xo‘jaligida suvni tejash uchun zamonaviy sug‘orish texnologiyalaridan foydalanish, masalan, tomchilatib sug‘orish tizimlarini keng joriy etish [5]. Barqaror suv boshqaruvi tizimlari: Suv resurslarini boshqarishda aniq va samarali tizimlar, xususan, suvni taqsimlashda adolatli va shaffof yondashuvlar ishlab chiqilishi zarur. Iqlim o‘zgarishiga moslashish: Qishloq xo‘jaligida iqlim o‘zgarishiga moslashish uchun suvni tejashga qaratilgan strategiyalarni ishlab chiqish va amalga oshirish. Ekologik va ijtimoiy ongni oshirish: Aholi va fermerlarga suvni tejash va uni samarali ishlatish bo‘yicha treninglar va ma’rifiy tadbirlar o‘tkazish zarur [4]. Davlat va xususiy sektor hamkorligi: Suv resurslarining samarali boshqarilishi uchun davlat va xususiy sektor o‘rtasida mustahkam hamkorlik o‘rnatish [2]. Xulosa Qashqadaryo viloyatida suv resurslari tanqisligi muammosi nafaqat ekologik, balki ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan ham katta ahamiyatga ega. So
Доказательный фрагмент
«The issue of water resource scarcity in the Kashkadarya region has become increasingly urgent due to the growing demand for water in agriculture and among the population.»
Образец извлечения
Демо-превьюThe issue of water resource scarcity in the Kashkadarya region has become increasingly urgent due to the growing demand for water in agriculture and among the population. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Water resources, water scarcity, Kashkadarya region, ecological, ifloslanish, rivojlanish, ekologik barqarorlik, suvni tejash, iqlim o‘zgarishlari, suv tanqisligi, qishloq xo‘jaligi, Qashqadaryo viloyati, texnologiyalar, sug‘orish tizimlari, sug‘orish texnologiyalari., suvni boshqarish, Suv resurslari
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025