К содержанию
РецензированоUZ1937

XALQ SO‘Z SAN’ATINING NOYOB NAMOYANDASI

G.O‘. Axmedova

Современная наука и исследования · 2 · 1937

Аннотация

Maqolada Qashqadaryo vohasi baxshichilik san’ati taraqqiyotida baxshi Qodir baxshi Raximovning o’rni va uning ijodi haqida batafsil ma’lumot berilgan. Kalit so’zlar: baxshi, doston, terma, repertuar, ustoz, ijod, san’at, voha, xalq, shogird. Xalqimizning milliy o‘zligini, qadimiy tarixi va tilini, uning hayot tarzi, an’ana va urf- odatlarini o‘zida mujassam etadigan, umumbashariy madaniyatning ajralmas qismi sifatida tan olingan baxshichilik san’ati atoqli baxshi-shoirlarimiz, folklorshunos olimlarimizning fidoyi mehnati, ijodiy tafakkuri bilan dostonlarimiz, xalq termalari, laparlar, aytishuvlar va boshqa nomoddiy ne’matlarimiz namunalari saqlab kelinmoqda. Baxshichilik — o‘zbek xalq og‘zaki ijodining muhim tarkibiy qismi bo‘lib, u xalqning asrlar davomida shakllangan ma’naviy dunyoqarashi, tarixiy xotirasi va estetik qadriyatlarini o‘z ichiga oladi. Baxshilar — faqat dostonchi emas, balki shoir, hofiz, jonli tarixchi va tarbiyatchi sifatida xalq hayotida muhim o‘rin tutgan. Ular qahramonlik, muhabbat, vatanparvarlik va axloqiy tarbiya mavzularini yuksak san’at darajasida xalqqa yetkazgan. Baxshichilikda ustoz-shogirdlik tizimi muhim o‘rin tutadi, an’analar avloddan avlodga og‘zaki ravishda o‘tib kelgan. Baxshilar nafaqat o‘tmishni, balki zamonaviy voqealarni ham ijodiy tarzda talqin qilish orqali xalqning ongini uyg‘otishda xizmat qilgan. Baxshichilik — milliy merosning bebaho xazinasidir. Uning an’analarini saqlash va rivojlantirish, yosh avlodga yetkazishda Qodir baxshining o’rni beqiyosdir, to‘liq ismi Abdi Rahimov, 1937 yil 16 aprel kuni Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi Chalka qishlog‘ida tug‘ilgan. U xalq og‘zaki ijodi — baxshilik san’atining yuksak namunasi sifatida tanilgan va milliy madaniyatimizda o‘chmas iz qoldirgan ustoz baxshilardan biridir. U faoliyati davomida baxshilik san’atining chuqur qirralarini o‘zlashtirib, xalq dostonlarini ovoza qilgan, yoshlarga o‘rnak bo‘lgan, epik va lirik asarlarni yurakdan kuylagan ijodkor edi. Qodir baxshi baxshichilikning sir-asrorlarini avval bobosi Turdi baxshidan, keyin esa Umir shoir Safar o‘g‘lidan o‘rgangan. Qodir baxshi 18 yoshida mustaqil baxshi sifatida chiqish qilgan. Uning repertuarida “Alpomish”, “Yodgor”, “Kuntug‘mish”, “Yusuf va Zulayxo”, “Shahidnoma” va boshqa 70 dan ziyod epik dostonlar mavjud bo‘lgan. U baxshichilikda faqat ovoz yoki she’rgina emas, balki cholg‘u asboblarini ham ustalik bilan ijro eta oladigan san’atkor edi. U do‘mbira, dutor, tor, rubob, qo‘biz va g‘ijjak kabi an’anaviy asboblarda kuylagan. Qodir baxshiga xos bo‘lgan uslub — bu xalq tilining shirasi, maqollar, xalq qo‘shiqlari, frazeologizm va lirik obrazlardan ustalik bilan foydalanishdir. Uning ovozidagi kuvvat va tuyg‘ular yurakdan chiqib, tinglovchining qalbiga yetib borar edi. Qodir baxshi respublika miqyosida o‘tkazilgan baxshilar ko‘rik-tanlovlarida besh marta g‘oliblikni qo‘lga kiritgan. Shuningdek, 1971 yilda Moskvada, 1974 yilda esa Parijda bo‘lib o‘tgan xalqaro folklor kongresslarida ishtirok etgan va mukofotlarga sazovor bo‘lgan. Uning “Oychinor” (1984), “Jorxun maston” (1989) dostonlari nashr etilgan va audio-video yozuvlari orqali xalq orasida keng tarqalgan. Qodir baxshi 1986 yil 29 avgust kuni vafot etgan. Uning nomi Qashqadaryodagi bir necha muassasalarga, shu jumladan maktab va madaniyat uylariga berilgan. Uning uy-muzeyi faoliyat yuritib kelmoqda. 1214 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6 Uning shogirdlari – Qahhor baxshi, Bahrom baxshi va boshqalar bugungi kunda ham baxshichilik an’analarini davom ettirmoqda. Qodir baxshi Rahimov nafaqat o‘zbek xalq og‘zaki ijodining ustuni, balki milliy madaniyatimizning tirik timsoli sifatida xalq xotirasida abadiy yashaydi. Uning ijodi yosh avlod uchun faxr namunasi va baxshilik san’atining yorqin yulduzi bo‘lib qoladi. odir Baxshining shogirdlari, ayniqsa Qahhor Baxshi, an’anaviy ijodiy maktabning davomchisi sifatida muhim o‘rin egallaydi. U milliy baxshichilikni yuz yillik tarixdan olib, zamonaviy jamiyatga munosib yetkazishda faol bo‘lib kelmoqda. Kitoblar, festivallar, ilmiy tadqiqotlar orqali ushbu maktab madaniy an’analarga ehtirom bilan qarashda namoyon bo‘lmoqda. U 70dan ortiq doston va 500ga yaqin termalarni kitobga kiritishda munosib ishtirok etib kelmoqda. Ijodiy repertuari 30 dan ortiq doston (jumladan Alpomish, Kuntug‘mish, Yodgor, Yusuf va Zulayho, Rustamxon) va 500 ga yaqin terma mavjud. 64 ishtirokchi orasida respublika darajasida birinchi o‘rinni 1987 va 1989 yillarda qo‘lga kiritgan. Madaniy faollik va tan olinishi 2019, 2021 yillarda Termiz, Nukusda o‘tgan baxshi-shoirlar festivallarida “O‘zbek dostonchiligining eng yaxshi an’anaviy dostonchisi” maqomini olgan. 2021 yili Turkiya Anqara shahridagi xalqaro konferensiyada ishtirok etib diplom va sertifikat bilan taqdirlangan. Nashrlar va asarlari “Ko‘hna karvon sadolari” (2014–2018) she’r-poema va termalar to‘plami; “Samodan tomgan tomchilar”, “Mangulik javohirlari”, “Quralay”, “Yashinga aylangan chaqiriq” kabi asarlar ch

Доказательный фрагмент

«Maqolada Qashqadaryo vohasi baxshichilik san’ati taraqqiyotida baxshi Qodir baxshi Raximovning o’rni va uning ijodi haqida batafsil ma’lumot berilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada Qashqadaryo vohasi baxshichilik san’ati taraqqiyotida baxshi Qodir baxshi Raximovning o’rni va uning ijodi haqida batafsil ma’lumot berilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
baxshi, doston, ustoz, terma, ijod, repertuar, shogird., xalq, san’at, voha
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники