К содержанию
РецензированоUZ2026

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR MAXSUS KIYIMLARI UCHUN TAVSIYA QILINAYOTGAN MODELLAR TAHLILI

Jo‘rayeva Madina Anasbek qizi · Nabidjonova Nargiza Nasimjanovna

Модели и методы в современной науке · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalar uchun tavsiya qilinayotgan maxsus kiyim modellarining funksional, gigiyenik va estetik xususiyatlari o‘rganiladi. Bolalarning harakatlanish erkinligi, xavfsizligi va qulayligini ta’minlaydigan model yechimlari tahlil qilinadi. Kalit so‘zlar: bolalar kiyimi, maxsus model, ergonomika, xavfsizlik, funksional dizayn, gigiyena, harakat erkinligi. Maktabgacha yoshdagi bolalar organizmi faol rivojlanishda bo‘lgani sababli, ular uchun mo‘ljallangan kiyimlarda nafaqat estetik go‘zallik, balki qulaylik, xavfsizlik va harakat erkinligi muhim o‘rin tutadi. Maxsus model yechimlar bolalarning kundalik faoliyatini yengillashtirish, iqlimga mos himoya, gigiyenik talablarga javob berish kabi vazifalarni bajarishi lozim. Maktabgacha ta'lim muassasalaridagi bolalar uchun maxsus kiyim yaratish bo'yicha ilmiy tadqiqotlar odatda kiyim dizayni, ergonomika, xavfsizlik, gigiena, va bolalar psixologiyasiga oid tadqiqotlarni o'z ichiga oladi Dr. Susan M. Johnson va Dr. Sandra M. Wallace kabi olimlar kiyim dizaynida ergonomikani va bolalar uchun moslashuvchanlikni o'rganishadi. Dr. Katherine R. Harris kabi olimlar bolalarning psixologik holatiga kiyimning ta'siri haqida tadqiqotlar olib borgan. Dr. Karen L. Stout va Dr. Alice Thompson kabi olimlar bolalar kiyimlarining gigiena va sog'liqni saqlash aspektlarini o'rganishadi. Dr. Jane H. Parker va Dr. Emma Johnson kabi olimlar maktabgacha ta'lim muassasasida bolalar kiyimlarini madaniy va ijtimoiy talablarga moslashtirish bo'yicha tadqiqotlar olib borgan. Dr. Maria Lopez va Dr. Jessica Green kabi olimlar ekologik va atrof-muhitni asrash talablarini inobatga olgan holda bolalar kiyimlarini loyihalashga qaratilgan tadqiqotlar olib boradi. Dr. Robert E. Miller va Dr. Linda B. Schmidt kabi olimlar kiyimlarning xavfsizlik jihatlarini o'rganganlar. 198 MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun tavsiya qilinayotgan maxsus kiyim modellarida bir necha asosiy talablarga e’tibor qaratiladi: Ergonomik shakl – kiyim bolalarning tana tuzilishiga mos, harakatlanishda to‘siq bo‘lmaydigan bo‘lishi kerak. Furnituralarning joylashuvi – fermuar, tugma va boshqalar bolaga zarar yetkazmaydigan joyda joylashgan bo‘lishi zarur. Matoning yengilligi – modellar yengil va nafas oluvchi matolardan tikilgan bo‘lishi bolalarning harakatiga moslashuvchanlik beradi. Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun tavsiya qilish mumkin model turlari: a) Ergonomik kombinezonlar – harakatlanish erkinligini ta’minlaydi, bel va tizza joylari cho‘ziluvchan detallar bilan to‘ldirilgan. b) Transformatsiyalanuvchi kostyumlar – ob-havo sharoitiga qarab qismlari ajraladigan, masalan, yenglari olinadigan kurtkalar yoki shim- kombinezonlar. c) Himoyalovchi qoplamali kiyimlar – ayniqsa ochiq havoda ko‘p vaqt o‘tkazadigan bolalar uchun suv o‘tkazmaydigan va shamolga chidamli modellar. d) Gigiyenik ichki kiyimlar bilan integratsiyalangan modellar – terlashni kamaytiruvchi, havo o‘tkazuvchanlikni oshiruvchi ichki qatlamlar mavjud bo‘lgan kiyimlar. Bolalar kiyimlarida yorqin ranglar, hayvoncha yoki ertak qahramonlari shaklidagi detallar bolalar psixologiyasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu bilan birga, dekorativ elementlar (masalan, tugmalar, tasmalarning) mahkamligi, xavfsizligi va yutib yuborish xavfini oldini oluvchi dizaynga ega bo‘lishi zarur. 1-rasm. Model-1 Tavsiya qilinayotgan model namunasi tavsifi 199 MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Quyidagi model namunasi maktabgacha yoshdagi bolalar uchun ishlab chiqilgan bo‘lib, uning asosiy funksional va estetik xususiyatlari quyidagilardan iborat: Model tuzilishi: Kiyim bir xil rangdagi futbolka va tizzagacha bo‘lgan shimdan iborat bo‘lib, ustiga kengaytirilgan old himoya plashchasi (fartuk shaklida) biriktirilgan Matolar: Paxtali va sintetik aralash matodan tayyorlangan bo‘lib, yengil, gigiyenik va havo o‘tkazuvchan xususiyatlarga ega. Ranglar: Qizil binafsha rang tanlangan bo‘lib, bolaning faol kayfiyatini aks ettiradi va yorqinlik orqali bolalar e’tiborini jalb qiladi. Dekorativ element: Old qismida hayvoncha surati joylashtirilgan. Bu rasm bolaning fantaziyasini rivojlantirishga xizmat qiladi. Ergonomik qulaylik: Model bo‘sh qirqimda tikilgan bo‘lib, bolaning erkin harakatlanishiga to‘sqinlik qilmaydi. Yelka va tizzalarda ortiqcha bosim yoki cheklov yo‘q. Xavfsizlik: Tugma yoki fermuarlar mavjud emas, bu esa bolalar uchun xavfsiz yechim hisoblanadi. 2-rasm. Model-2. 200 MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Xulosa Tavsiya qilinayotgan modellar bolalarning sog‘lom rivojlanishiga mos, gigiyenik, ergonomik va estetik jihatdan mukammal bo‘lishi kerak. Shuningdek, model yechimlari nafaqat amaliy, balki bolaning ruhiy holatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan tarzda ishlab chiqilishi zarur. Bolalar maxsus kiyimi loyihasini yaratishdan maqsad bolalarni doimiy kiyimlarini ekspulotatsiyaga chidamligini va ya

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalar uchun tavsiya qilinayotgan maxsus kiyim modellarining funksional, gigiyenik va estetik xususiyatlari o‘rganiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalar uchun tavsiya qilinayotgan maxsus kiyim modellarining funksional, gigiyenik va estetik xususiyatlari o‘rganiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
xavfsizlik, funksional dizayn, bolalar kiyimi, gigiyena, ergonomika, maxsus model, harakat erkinligi.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники