К содержанию
РецензированоUZ2026

O’ZBEK O’RGANUVCHILARI INGLIZ TILINI O‘RGANISHDA UCHRAYDIGAN MUAMMOLAR VA ULARNING ILMIY ASOSLANGAN YECHIMLARI

Ro’ziyeva Mexrangiz Ilxomovna · Eshqurbonov Sirojiddin

Модели и методы в современной науке · 99–118 · 2026

Аннотация

This article examines the major challenges faced by Uzbek learners in acquiring English as a foreign language, including phonetic discrepancies, grammatical misunderstandings, vocabulary activation difficulties, psychological barriers, and lack of immersive environments. The study explains the root causes of these issues through linguistic, methodological, and psychological perspectives. Based on contemporary language learning theories, scientifically grounded solutions are proposed: shadowing techniques, task-based learning (TBLT), growth mindset development, utilization of AI tools, and multimodal strategies. The implementation of these approaches is expected to enhance the effectiveness and sustainability of English language acquisition in Uzbekistan. Keywords: English language, Uzbekistan, language learning challenges, shadowing, TBLT, growth mindset, multimodal approach, AI. Ingliz tili hozirgi kunda xalqaro aloqa vositasi sifatida nafaqat rivojlangan, balki rivojlanayotgan mamlakatlarda ham ustuvor ahamiyat kasb etmoqda. O‘zbekiston hukumati tomonidan so‘nggi yillarda ingliz tilini o‘qitish sifatini oshirish, xorijiy tillarni bilish darajasini xalqaro standartlarga moslashtirishga 41 MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference doir keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, maktabgacha ta’limdan boshlab ingliz tilini bosqichma-bosqich o‘rgatish, CEFR tizimi asosida baholash, xalqaro imtihonlarni (IELTS, TOEFL) joriy etish va o‘qituvchilarning malakasini oshirish ishlari olib borilmoqda. Shunga qaramay, o‘zbek tilida so‘zlashuvchi o‘quvchilarning ingliz tilini o‘zlashtirishida qator lingvistik, metodik va psixologik to‘siqlar mavjud. Ushbu muammolarni tahlil qilish, ularning ildiz sabablarini aniqlash va ilmiy asoslangan yechimlar ishlab chiqish — nafaqat til o‘rganuvchilar, balki til o‘rgatuvchilar uchun ham dolzarb masala hisoblanadi. Ingliz tilini o’rganuvchilar yuz keladigan asosiy muammolarga kelsak, ulardan biri-fonetik va talaffuzdagi farqlar. O‘zbek tili va ingliz tili fonetik tizimi orasidagi sezilarli farqlar talaffuzda jiddiy muammolarni yuzaga keltiradi. Ingliz tilidagi /θ/, /ð/, /ʒ/, /ɪə/, /ʊə/ kabi tovushlar o‘zbek tilida mavjud emas, bu esa o‘rganuvchilarda noto‘g‘ri talaffuz qilishga olib keladi. Fonetik kamchiliklar, ayniqsa, og‘zaki nutqda tushunmovchiliklarga sabab bo‘ladi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, talaffuzdagi kamchiliklar o‘rganuvchining o‘ziga bo‘lgan ishonchini pasaytiradi (Derwing & Munro, 2015). Grammatik strukturalardagi nomutanosiblik. O‘zbek tili agglutinativ tuzilishga ega bo‘lib, grammatik ma’no qo‘shimchalar yordamida ifodalanadi, ingliz tili esa flektiv (analytic) tizimga ega. Bu grammatik tafovutlar ayniqsa fe’l zamonlari, artikllar, so‘z tartibi kabi jihatlarda o‘z aksini topadi. Masalan, ingliz tilidagi present perfect zamoni yoki passiv konstruksiyalarni o‘zbek o‘quvchilari intuitiv tarzda anglay olmaydilar, chunki o‘zbek tilida bunday strukturaviy birliklar mavjud emas. Lug‘at boyligini shakllantirishdagi muammolar. Ko‘pchilik o‘rganuvchilar ingliz tilida passiv lug‘atga ega bo‘lsa-da, ularni amalda qo‘llashda qiynaladilar. Bu holat "receptive knowledge" bilan "productive knowledge" o‘rtasidagi tafovut bilan bog‘liq (Nation, 2001). Ingliz tilidagi frazeologik birikmalar, idiomalar va kolokatsiyalarni o‘zlashtirish ayniqsa murakkab kechadi, chunki ularning to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarjimasi ko‘pincha mantiqan mos kelmaydi. O‘zbek o‘quvchilari orasida ingliz tilida erkin so‘zlashish bo‘yicha ishonchsizlik va psixologik to‘siqlar keng tarqalgan. Bu holat “foreign language anxiety” (Horwitz, Horwitz & Cope, 1986) deb ataladi va u o‘rganuvchilarning ruhiy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. O‘quvchilar ko‘pincha grammatik xatolardan qo‘rqib, umuman gapirmaslikni afzal ko‘radilar. Bu esa og‘zaki nutqni rivojlantirishga jiddiy to‘sqinlik qiladi. Muhit va amaliy mashq imkoniyatining yetishmasligi. Ko‘pchilik o‘zbek o‘quvchilari uchun ingliz tilida muloqot qiladigan tabiiy muhit yo‘qligi til o‘rganish jarayonini sun’iylashtiradi. O‘rganilgan bilimlar real kontekstda 42 MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference ishlatilmasa, ular tezda unutiladi (Krashen, 1982). Maktab va universitetlardagi darslar ko‘proq grammatik qoidalarni yod olishga yo‘naltirilgan bo‘lib, kommunikativ kompetensiyani rivojlantirishga yetarli darajada e’tibor qaratilmaydi. Barcha to’siqlarni yengish iloji bo’lgani kabi bu muammolarga qarshi bir qancha ilmiy yechimlar ko’rib chiqilgan. mmatikani kontekstda o‘rganish (Communicative Grammar) Ingliz tilidagi present perfect yoki article tizimlari kabi «begona» strukturalar uchun an’anaviy qoidani yodlash o‘rniga, korpusga asoslangan misollar va induksiya-deduksiya sikli tavsiya etiladi. Bunday yondashuv kognitiv yukni pasaytirib, xotirada konseptual «o‘rin» yaratadi (Ellis et al., 2019). Amaliyotda — har bir yangi grammatik konstruktsiya bo‘yicha 3 bosqich: real maqola

Доказательный фрагмент

«This article examines the major challenges faced by Uzbek learners in acquiring English as a foreign language, including phonetic discrepancies, grammatical misunderstandings, vocabulary activation difficulties, psych…»

Образец извлечения

Демо-превью

This article examines the major challenges faced by Uzbek learners in acquiring English as a foreign language, including phonetic discrepancies, grammatical misunderstandings, vocabulary activation difficulties, psych… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
English language, Uzbekistan, language learning challenges, AI., multimodal yondashuv, O‘zbekiston, TBLT, til o‘rganish muammolari, growth mindset, shadowing, ingliz tili
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники