Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BURHONUDDIN MARG‘INONIYNING ILMIY MEROSI - “AL-HIDOYA” ASARI
Ganiyev Eldorbek Abduraxmonovich
Модели и методы в современной науке · 4-168 · 2026
Аннотация
В данной статье освещены создание и содержание труда «Аль-Хидоя», его значение в правовых исследовательских работах, а также уникальные особенности этого произведения. Annotation. This article highlights the creation and content of the work Al- Hidāyah, its significance in legal research, and the unique features of this work. Kalit so‘zlar: inson huquqlari, himoya, erkinlik, adolat, javobgarlik. Ключевые слова: права человека, свобода, справедливость, ответственность. Keywords: human rights, protection, freedom, justice, responsibility. Burhoniddin Marg‘inoniyning “Al-Hidoya” asari o‘sha zamonlarda musulmonlar duch keladigan dolzarb hayotiy masalalar, jumladan oilaviy va ijtimoiy munosabatlar, mulkchilik, savdo-sotiq, jinoyat va jazo, insonning burch va mas’uliyatlariga taalluqli juda ko‘p murakkab muammolarni huquqiy nuqtai nazaridan hal etib berdi. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev ta’kidlaganidek, sharqning buyuk huquqshunoslaridan biri Burhoniddin Marg‘inoniy XII asrdayoq o‘zining “Al- Hidoya” asarida har bir insonning haq-huquqini saqlash zarurligi to‘g‘risida muhim g‘oyani ilgari surgan edi. Ana shu muqaddas qadriyatlar bugun ham o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan va kun tartibiga hamohangdir1. Burhoniddin Marg‘inoniyning “Al-Hidoya” asarini tadqiq etgan va nashrga tayyorlagan olimlar A.Saidov, A.Jo‘zjoniy ta’kidlaganidek, “mana necha asrlardan beri Hanafiy faqihlari orasida Burhoniddin Marg‘inoniyning bu asari katta shon- shuhratga ega bo‘lib kelmoqda. “Hidoya” mumtoz tadqiqot sifatida har bir qozining birinchi yordamchisi, shariatning qiyin masalalarini va huquqiy masalalarni hal etishda rahbar qo‘llanma bo‘lgan”. Shu nuqtai nazardan aytish mumkinki, Marg‘inoniyning “Hidoya” asari qator asrlar davomida musulmon 1 Инсон ҳуқуқлари бўйича Осиё форуми, 22.11.2018 й. (https://president.uz/uz/lists/view/2152) 51 MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference mamlakatlarida muayyan darajada fiqh ilmining qomusi ham bo‘lib xizmat qilgan2. Burhonuddin Marg‘inoniy taxminan, 1165 yilda Bag‘dodga kelganida Quduriyning «Muxtasarul quduriy» asarini tasavvuridagi fiqhga oid yozilgan asarlar ichida eng munosib manba ekani va u asar o‘ziga juda manzur bo‘lganini ta’kidlaydi.3 Natijada u dastlab, Muhammad Shayboniyning «Al-Jomi’us-sag‘ir» va Quduriyning «Muxtasarul quduriy» asarlari asosida «Bidoyatul-mubtadi» asarini yozadi. Muallif keyinchalik ushbu asariga «Kifoyatul muntahi» nomli sharh yozdi. Lekin ushbu yozgan sharhini hajm jihatidan katta bo‘lib ketgani sababidan o‘qilmay qolmasin, foydali manba bo‘lsin degan maqsad qiladi. Shundan so‘ng Burhonuddin Marg‘inoniy «Bidoyatul mubtadi» asariga avvalgi «Kifoyatul muntahi» sharhiga nisbatan qisqa, zamondosh faqihlar tomonidan ishlab chiqilgan va barcha sohalarda hanafiy fiqhini o‘zida mujassam qilgan asari «Hidoya»ni yozishga ki- rishdi. Muallif ushbu «al-Hidoya» asarini o‘n uch yil davomida, ro‘zador holatida ixlos va ilmga muhabbat bilan yozdi. U kishini ushbu ixlosi keyinchilik «Hidoya»ni to hozirgi kunimizga qadar ilm ahlining e’ti- boridan tushmagan mo‘tabar manba o‘laroq yetib kelishiga sabab bo‘ldi. Burhonuddin Marg‘inoniy ushbu «Hidoya» asarini hijriy 573 (milodiy 1177) yil zulqa’da oyining 4-kuni yozib tugatgan4. “Hidoya” asari Yevropaning eng qadimgi universitetlaridan Fransiyaning Sarbon, Angliyaning Oksford universiteti, AQShning Zaytuna oliygohi va musulmon olamining eng qadimiy va nufuzli universitetlaridan al-Azhar, Afg‘oniston Islom universiteti, Hindiston Aligarh muslim universiteti, Devband dorul-ulumi, Pokiston Karachi Xalqaro islom universiteti va boshqa musulmon mamlakatlari oliy o‘quv yurtlarining o‘quv dasturlariga kiritilgan. Bu mashhur kitob qonun tuzish tizimini rivojlantirish uchun asosiy manbalar sifatida qo‘llanib kelinmoqda5. Burhonuddin Marg‘inoniy yozgan to‘rt jildlik «al-Hidoya» kitobi, hanafiy mazhabi bo‘yicha, eng muhim va mukammal huquqiy manba sifatida 57 ta kitob, 165 ta bob, 152 ta fasldan tarkib topgan bo‘lib, meros huquqidan tashqari, furu’ al-fiqhning barcha sohalarini qamrab olgan. Burhonuddin Marg‘inoniy meros huquqini o‘z kitobiga kirgizmaganining sababi, Abu Hanifa rahmatullohi alayh meros muammolarini bir mustaqil fan sifatida fiqh ilmidan ajratib, uni «faroiz ilmi» deb atagani sabablidir. 2 Т.Қурбонов, Бурҳониддин Марғиноний - ислом ҳуқуқшунослигининг улкан намояндаси. (http://gulobodtongi.uz/jamiyat/buroniddin- maroinoniy-islom-uushunosligining-ulkan-namoyandasi) 3 Соид Бектош, «Таҳқиқ ал-Ҳидоя», Мадина ал-Мунаввара: Дор ас-сирож, 2019.- Ж.1. - Б.7. 4 Ҳидоя (шарҳ бидоятул мубтади). Бурҳониддин Марғилоний. -Т.: “Hilol-Nashr”, 2022. – 896, 1-jild 11-12-b. 5 И.Бекмирзаев “Ҳидоя” асарининг юзага келиши ва унинг турли тиллардаги таржималари (https://www.doi.org/10.37547/ejar-v03-i02-p4-168) 52 MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference «Hidoya»ning arabcha matni 4 jilddan iborat bo‘lib, uning har bir jildi shariat nuqtai nazaridan ibodat va ijtimoiy hayotdagi turl
Доказательный фрагмент
«В данной статье освещены создание и содержание труда «Аль-Хидоя», его значение в правовых исследовательских работах, а также уникальные особенности этого произведения.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье освещены создание и содержание труда «Аль-Хидоя», его значение в правовых исследовательских работах, а также уникальные особенности этого произведения. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- human rights, protection, freedom, justice, responsibility, javobgarlik., himoya, erkinlik, adolat, inson huquqlari
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025