К содержанию
РецензированоRU2026

BILIMLI YOSHLAR – TARAQQIYOT KAFOLATI EDUCATED YOUTH - A GUARANTEE OF DEVELOPMENT ОБРАЗОВАННАЯ МОЛОДЕЖЬ - ГАРАНТИЯ РАЗВИТИЯ

Azimova Ch.A.

Инновационные исследования в науке · 2026

Аннотация

В статье широко освещена важная роль и значение молодежи в развитии общества. Анализируется интеллектуальный потенциал молодежи, их интерес к науке и инновациям как один из основных факторов развития. Образованные молодежь могут внести свой вклад не только в собственное будущее, но и в экономическое, социальное и культурное развитие всего общества. В статье также говорится о значении образования, творческом мышлении и влиянии технологического прогресса на будущее общества. Ключевые слова. Образованные молодежь, развитие, образование, инновации, технологическое развитие, наука, общество, интеллектуальный потенциал, экономический рост, конкурентоспособность. 78 INNOVATIVE RESEARCH IN SCIENCE International scientific-online conference Bugungi kunda har qanday jamiyatning istiqboli va kelajagi uning bilimli, aqlli va vatanparvar yoshlarining faoliyati bilan bog’liq deb ayta olamiz. Ayniqsa, ilm-fan, innovatsiya va texnologiyalar tezlik bilan rivojlanayotgan hozirgi zamonda yoshlarning intellektual salohiyati davlat taraqqiyotining eng muhim kafolatlaridan biri hisoblanadi. Shu bois, yurtimizda yoshlarning ta’lim olishi, ilm-fan bilan shug‘ullanishi, zamonaviy kasb-hunarlarni egallashi uchun keng imkoniyatlar yaratilib, ularning ijodiy va tashabbuskorlik qobiliyatlari qo‘llab- quvvatlanib kelinmoqda. Mamlakatimiz prezidenti Sh.M.Mirziyoyev ta’kidlaganidek, “Yosh avlod tarbiyasi hamma zamonlarda ham muhim va dolzarb ahamiyatga ega bo’lib kelgan. Ammo biz yashayotgan XXI asrda bu masala haqiqatdan ham hayot-mamot masalasiga aylanib bormoqda”1. Mamlakatimiz yoshlarining faoliyati haqida so’z borar ekan, ularning bilimli va zamon talablariga to’la mos insonlar bo’lib yetishishida axborot texnologiyalari va til bilishning ahamiyati naqadar muhim ekanligini alohida ta’kidlab o’tish lozim.Yuqorida keltirilgan fikrlarni inobatga olgan holda, davlatimiz tomonidan ko’plab sohalar rivojiga kata e’tibor qaratilmoqda. Prezidentimizning yoshlarga oid siyosatida ikkita eng muhim yo’nalish bor: birinchisi – ularga zamonaviy bilim berish, ikkinchisi – yoshlar bandligini ta’minlashdir. Ta’kidlash joizki, Shavkat Mirziyoyevning O’zbekiston Respublikasi Prezidenti sifatida birinchi imzolagan qonun hujjati ham aynan yoshlar masalasi bilan bog’liq bo’lgan, ya’ni bu qonun 2016-yil 14-sentabrdagi “Yoshlarga oid davlat siyosati to’g’risida”gi O’RQ-406-sonli qaror hisoblanadi2. Ushbu qonun yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularnig zamonaviy va sifatli ta’lim olishi, kelajakda vatan ravnaqi uchun o’z hissasini qo’sha oladigan yetuk va salohiyatli kadrlar bo’lib yetishishi, shuningdek kasbiy rivojlanishini qo’llab-quvvatlashga qaratilgan. Yoshlar masalasi bilan bogʻliq boʻlgan yana bir muhim qarorlardan biri bu O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” gi PQ-92-sonli qaroridir. Mazkur qaror yoshlar bilan ishlashning yangicha boshqaruv mexanizmlarini joriy etish, ular bilan ishlashning vertikal tizimini yaratish, yoshlar muammolarini bevosita mahallalarda hal etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarni qo’llab-quvvatlash, ta’lim muassasalarida ma’naviy- 1 O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining IV qurultoyidagi nutqi, 30.06.2017-yil // https://president.uz/oz/lists/view/729 2 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 14-sentabrdagi “Yoshlarga oid davlat siyosati to’g’risida” gi O’RQ-406-sonli qarori // https://lex.uz/docs/-3026246 79 INNOVATIVE RESEARCH IN SCIENCE International scientific-online conference ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarning samaradorligini yanada oshirish maqsadida qabul qilingan Jamiyat va davlat taraqqiyotiga inson aql-zakovati bilan erishiladi. Insonning aqliy taraqqiyotini tadqiq qilish bugungi kundagi fan oldida turgan muhim vazifalardan biri bo’lib qolmasdan, balki bu muammo qadimdan mutaffakirlar, olimlar diqqat markazida bo’lib kelgan. Ular ilmning inson hayotidagi va jamiyat rivojlanishidagi ahamiyati haqida o’zlarining ko’plab fikrlarini bildirganlar. Shunday olimlardan biri mashhur fizik, nisbiylik nazariyasining asoschisi Albert Eynshteyn ta’lim jarayonini faqatgina bilim to‘plash sifatida emas, balki fikrlash va izlanish orqali insoniy salohiyatni rivojlantirish sifatida talqin qilgan. Uning so‘zlariga ko’ra: “Ta’lim – bu maktabda o‘rganilgan bilimlar yig‘indisi emas, balki o‘rganilgan narsalarni unutganda ham insonda qoladigan narsa”3. Haqiqatdan ham yoshlarning bilim olishida shunchaki faktlarni eslab qolish emas, balki ulardan foydalana olish qobiliyatini shakllantirish muhim hisoblanadi. Zamonaviy yoshlar nafaqat fan asoslarini o‘rganishi, balki o‘z fikrlarini mustaqil ravishda shakllantirishi va innovatsion yondashuvga ega bo‘lishi kerak. Xitoy faylasufi Konfutsiy aytganidek, agar kelajagingni bilmoqchi bo‘lsak, yoshlarni tarbiyalashimiz kerak. Shu sababdan, mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosati sohasida k

Доказательный фрагмент

«В статье широко освещена важная роль и значение молодежи в развитии общества.»

Образец извлечения

Демо-превью

В статье широко освещена важная роль и значение молодежи в развитии общества. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Educated youth, development, education, innovation, ta’lim, innovatsiya, Bilimli yoshlar, texnologik rivojlanish, jamiyat, ilm-fan, intellektual salohiyat, iqtisodiy yuksalish va raqobatbardoshlik., taraqqiyot
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники