Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
JINOYAT PROTSESSI ISHTIROKCHILARINING XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHNING TUSHUNCHASI VA IJTIMOIY ZARURATI
Ashurov Nodir Nayimovich
Инновационные исследования в науке · 2026
Аннотация
Maqolada jinoyat protsessi ishtirokchilarining xavfsizligini ta’minlashning huquqiy va ijtimoiy zarurati atroflicha tahlil qilingan. Muallif jinoyat protsessi ishtirokchilarining tushunchasi, ularning huquqiy maqomi, shuningdek, xavfsizligini ta’minlashning ijtimoiy ahamiyati bo‘yicha ilmiy bahslarni olib borgan. Protsess ishtirokchilarining xavfsizligini ta’minlashni amalga oshirishda mavjud bo‘lgan muammolarni qiyosiy-huquqiy tahlil qilish orqali, ularning xavfsizligini yanada yaxshilashga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Maqolada shuningdek, jinoyat protsessi ishtirokchilarining xavfsizligi masalalarida amaldagi qonunchilik tizimidagi kamchiliklar va ular bo‘yicha takomillashtirish zarurati ko‘rib chiqilgan. Muallif, jinoyat protsessi ishtirokchilarining xavfsizligini ta’minlashning yuridik jihatlari bilan birga, ijtimoiy zaruratini va uning jamiyat uchun ahamiyatini chuqur tahlil qilgan. Bu jarayonda, mavjud qonunchilikni takomillashtirish va jinoyat protsessi ishtirokchilarining xavfsizligini yanada mustahkamlashga qaratilgan konkret takliflar ilgari surilgan. Tayanch so‘zlar: xavfsizlik, huquqiy xavfsizlik, shaxsiy daxlsizlik, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, jabrlanuvchi, guvoh, boshqa shaxslar, dalillar. “Har qanday jamiyatining barqaror rivojlanishi undagi “xavfsizlik” holatining ta’minlanishiga bog‘liqdir. Shuning uchun davlat va uning barcha tuzilmalarini asosiy vazifasi ijtimoiy xavfsizlikka bo‘ladigan tahdidlarni aniqlash, ularni oldini olish, bartaraf etish, jamiyat hayoti va taraqqiyoti uchun munosib sharoitlarni yaratishdan iboratdir”1. Xavfsizlikni ta’minlash davlat organlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, jamiyatning faravon yashashini ta’minlaydi. Shu munosabat bilan xavfsizlikni ijtimoiy hodisa sifatida ilmiy tushunchasi, uning mohiyatini tahlil qilish talab etiladi. Xavfsizlik haqidagi g‘oyalar insoniyat bilan bir vaqtda paydo bo‘lgan va ularning turli ijtimoiy guruhlarga birlashish jarayonida chuqurroq shakllandi. Insonning har qanday tabiiy huquqi singari, xavfsizligi ham davlat tomonidan kafolatlanishi, himoya qilinishi va ta’minlanishi lozim. Insoniyat jamiyatining dastlabki davrlarida qanday harakatni jinoyat deb hisoblash, buning uchun qanday jazo tayinlash kabi masalalar muayyan huquqiy 1 Фомин А.А. Ю ридическая безопасность субъектов российского права: вопросы теории и практики: дис. ... д- ра юрид. наук. Пенза, 2007. С. 24. 89 INNOVATIVE RESEARCH IN SCIENCE International scientific-online conference normalar asosida emas, balki odat qoidalariga ko‘ra jabrlanuvchining qasos olishi asosida hal qilingan. Ammo insoniyat taraqqiyotining keyingi davrlarida turli davlatlarda jinoyat va jazo masalalari ma’lum bir qoidalar asosida tartibga solingan. Xususan, Misr podsholarining qonunlari, Xammurapi qonunlari (Bobil), Manu qonunlari (Hindiston), Vey podsholigi qonunlar kitobi (Xitoy), Solon qonunlari (Afina), Rim qonunlari, Avesto ana shular jumlasidandir2. Albatta, ushbu qonunlar o‘z davri va o‘sha hududdagi aholi uchun eng maqbul huquq manbai hisoblanib, jinoyat va jazo masalalarini hal qilishda asos vazifasini bajargan hamda ularning tarixiy taraqqiyoti davomida zamonaviy huquq tizimining shakllanishiga xizmat qildi. “Xavfsizlik” tushunchasi - xavfsizlikka oid tadqiqotlarning ham nazariy, ham amaliy ahamiyat kasb etuvchi asosiy kategoriyasidir. “Xavfsizlikka oid ijtimoiy munosabatlar”, “xavf” va “tahdid”, “xavfsizlik obyekti va subyekti”, “xavfsizlik sohalari”, “xavfsizlik darajalari” va “xavfsizlik tizimi” kabi xavfsizlik masalalariga bevosita aloqador bo‘lgan boshqa tushunchalarning mazmun va mohiyatini anglab yetishda mazkur murakkab ijtimoiy hodisaning nazariy konseptual jihatlarini tadqiq qilish muhim hisoblanadi”3. Shaxs xavfsizligini ta’minlash tushunchasini turli ko‘rinishlarda tahlil qilish mumkin, ya’ni xavfsizlik tushunchasining turli xil semantik, legal, doktrinal va qiyosiy ma’nolari bor. “Xavfsizlik semantik jihatdan himoya, to‘siq, vositalari yoki qandaydir xavfdan, yomon narsadan, harakatdan himoyalanish tadbirlari ma’nosini anglatadi”4. Xavfsizlik tushunchasining legal va doktrinal ma’nolari bu borada qabul qilingan yigirmadan ortiq normativ-huquqiy hujjatlarda berilgan. Xavfsizlik qiyosan “jazo”, “qo‘riqlash”, “himoya” so‘zlari bilan taqqoslanadi. Xavfsizlik chorasini qo‘llash uchun asos xavf solayotgan shaxsning mavjudligi bo‘lsa, jazo qo‘llash uchun ijtimoiy xavfli qilmishning qonunga xilofligi asos bo‘ladi. Fikrimizcha, xavfsizlik va himoya tushunchalari ham ma’no jihatidan bir biriga yaqin, lekin xavfsizlik bu birinchi navbatda holat, taassurot, kechinma, himoya esa jarayondir. Demak, himoyani xavfsizlikka erishishning bir vositasi deb tushunish to‘g‘ri bo‘ladi. Ijtimoiy voqelikning ayrim obyektlarini xavfsizlik holatiga erishish zarurati turli shakldagi xavfsizlik yo‘nalishlarini ishlab chiqishga va ularni normativ- huquqiy hujjatlarda birlashtirishga olib keladi. Amaldagi qonunchilik va ilmiy adabiyotlarning tahlili xav
Доказательный фрагмент
«Maqolada jinoyat protsessi ishtirokchilarining xavfsizligini ta’minlashning huquqiy va ijtimoiy zarurati atroflicha tahlil qilingan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada jinoyat protsessi ishtirokchilarining xavfsizligini ta’minlashning huquqiy va ijtimoiy zarurati atroflicha tahlil qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- guvoh, xavfsizlik, gumon qilinuvchi, huquqiy xavfsizlik, boshqa shaxslar, shaxsiy daxlsizlik, ayblanuvchi, sudlanuvchi, jabrlanuvchi, dalillar.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025