Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TILSHUNOSLIKDAGI LEKSIK-LUG‘AVIY VA LEKSIK SHAKLIY MUNOSABAT TURLARIDA UMUMIY HAMDA FARQLI JIHATLAR
Rajabov Nizomiddin Namoz o‘g‘li
Инновационные исследования в науке · 2026
Аннотация
В статье анализируются как лексико-словарные, так и лексико-формальные отношения в языкознании – антонимия, синонимия, паронимия, вариантные и дублетные явления, проводится их разграничение, а также анализируются их общие стороны. Высказываются соображения об их месте происхождения, языковом и социальном значении, а также об их роли как типов лексических отношений. Annotation: This article analyzes both lexical-dictionary and lexical formal relations in linguistics - antonymy, synonymy, paronymy, variant and doublet phenomena, distinguishing them from each other, and also their common aspects. Thoughts are given about their place of occurrence, linguistic and social significance, and their role as types of lexical relations. Kalit so‘zlar: Variantlar, dubletlar, leksik munosabat, leksik-lugʻaviy munosabat, leksik-shakliy munosabat, o‘z qatlam, o‘zlashma qatlam, ijtimoiy maqbullik, donor til, vositachi til, qabul qiluvchi til, parallellik Ключевые слова: Варианты, дублеты, лексическое отношение, лексико-лексическое отношение, лексико-формное отношение, собственный слой, приобретенный слой, социальная приемлемость, язык- донор, язык-посредник, язык-реципиент, параллелизм. Key words: Variants, doublets, lexical relation, lexical-lexical relation, lexical-form relation, own layer, acquired layer, social acceptability, donor language, intermediary language, recipient language, parallelism. So’zlarning ma’no munosabatiga ko‘ra so‘zlarning ikki tipi mavjud deya baholanadi. Antonim so‘zlar shakli har xil ma’nosi esa bir-biriga zid, qarama- qarshi bo‘lgan so‘zlardir. Bir so‘zning tasdiq va inkor, bo‘lishli va bo‘lishsiz shakllari antonimiyani yuzaga keltirmaydi. Chunonchi: keldi-kelmadi, o‘qi- o‘qima, yozgan-yozgan emas, ketgan-ketgani yo‘q, ishchi-ishchi emas. Bular bir so‘zning turli shakllaridir. Antonimlar leksik − so‘z va so‘z o‘rtasidagi zidlik: oq- 128 INNOVATIVE RESEARCH IN SCIENCE International scientific-online conference qora, bor-kel…, frazeologik: ko‘zi yashnadi-qovoq tumshuq, ko‘kka ko‘tarmoq- yerga urmoq…, leksik-frazeologik: qora-sutga chayib olinganday, xunuk-ilonni og‘zidan chiqqanday… va affiksal − so‘z yasovchi qo‘shimchalar o‘rtasidagi antonimiya: tuzli-tuzsiz, odobli\baodob-odobsiz\beodob, barvaqt-bevaqt…bo‘ladi. Antonim so‘zlar deyarli batcha mustaqil so‘z turkumlarida uchraydi. Ayniqsa sifat va ravishlarda ko‘proq, fe’l va otlarda nisbatan kamroq uchraydi. O‘zaro ma’noviy munosabatga kirishuvchi sinonimik qatorning ijobiy va salbiy ottenkali ikki qutbi ham o‘zaro antonimlikni tashkil etadi. Lekin antonimiyada qarama-qarshi ma’noli ikki so‘zning juftligi asosdir. Sinonimiyada esa mushtarak ma’noga ega bo‘lgan so‘zlar qatori asosiy o‘rin tutadi. Til birliklari o‘rtasidagi ma’nodoshlik sinonimiya deb yuritiladi. Sinonimiya yoki ma’nodoshlik faqat so‘z doirasida o‘rganiladigan hodisa emas. Bu hodisa so‘z, ibora, yordamchi so‘z va qo‘shimchalar orasida ham mavjud. Tilning qaysi birliklari o‘zaro ma’nodoshlik munosabatiga kirishishiga ko‘ra sinonimiyaning to‘rtta asosiy ko‘rininshi mavjud: 1. Leksik sinonimiya. 2. Frazeologik sinonimiya. 3. Affiksal sinonimiya. 4. Grammatik sinonimiya. So‘z bilan so‘zning ma’nodoshligi leksik sinonimiya, ibora bilan ibora o‘rtasidagi ma’nodoshlik frazeologik sinonimiya, so‘z yasovchi qo‘shimchalar o‘rtasidagi ma’nodoshlik affiksal sinonimiya, grammatik ma’no ifodolovchi qo‘shimchalar va qo‘shimcha bilan yordamchi so‘z, shuningdek, gap bo‘laklari, so‘z birikmalari va gaplar o‘rtasidagi ma’nodoshlik grammatik sinonimiya deb ataladi. Masalan, «barg» va «yaproq» so‘zlari leksik sinonimiyaga, «boshi osmonga yetmoq» va « terisiga sig‘madi» iboralari frazeologik sinonimiyaga misol bo‘la oladi. So‘z bilan ibora orasidagi sinonimiya leksik-frazeologik sinonimiya deb ataladi: g‘azablanmoq – tepa sochi tikka bo‘lmoq. G’ani Abdurahmonovning umumiy tahriri ostidagi “Hozirgi o’zbek adabiy tili” kitobida sinonimiyaga nisbatan quyidagicha fikr yuritiladi: “Tilshunos olimlar maʼno xususiyatlarini koʼzda tutib, sinonimlarga turlicha taʼrif beradilar. Taʼrifning xilma-xilligi aslida sinonimik gruppadagi soʼzlarning maʼnolariga qarashning bir xil emasligidan kelib chiqqan. Sinonimlarning har xil aytilishi va har xil yozilishi bobida eʼtirozlar yoʼq. Maʼlum sinonimik toʼdaga kirgan har bir soʼz oʼziga xos maʼno, xususiyat va maʼno ottenklariga ega boʼlganidan keyin uning shakli — tovush sostavi, talaffuzi va yozilishi har xil boʼlishi tabiiy. Demak, sinonimlar maʼnosini, mazmuniy qiymatini toʼgri anglash 129 INNOVATIVE RESEARCH IN SCIENCE International scientific-online conference va shunga muvofiq ravishda toʼgʼri taʼrif berish gʼoyat muhimdir. Sinonimlarning eng muhim va oʼziga xos belgisi unda maʼno asosiy va yetakchi rol oʼynashidadir. Shuning uchun ham sinonimlar soʼzlarning maʼno kategoriyalaridan biri hisoblanadi. Olimlar taʼrifida sinonimlar maʼnosiga alohida e’tibor berilishi bejiz emas. Baʼzi olimlar maʼlum sinonimik gruppalardagi soʼzlarning maʼnolari orasidagi bogʼlanishga,
Доказательный фрагмент
«В статье анализируются как лексико-словарные, так и лексико-формальные отношения в языкознании – антонимия, синонимия, паронимия, вариантные и дублетные явления, проводится их разграничение, а также анализируются их о…»
Образец извлечения
Демо-превьюВ статье анализируются как лексико-словарные, так и лексико-формальные отношения в языкознании – антонимия, синонимия, паронимия, вариантные и дублетные явления, проводится их разграничение, а также анализируются их о… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Variants, doublets, lexical relation, lexical-lexical relation, dubletlar, o‘z qatlam, leksik-shakliy munosabat, parallellik, qabul qiluvchi til, Variantlar, o‘zlashma qatlam, ijtimoiy maqbullik, vositachi til, donor til, leksik-lugʻaviy munosabat, leksik munosabat
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025