Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
INSON SALOHIYATINI YUKSALTIRISHDA TA’LIM TIZIMINING ROLI
МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ · АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК · Abduraimov Eldor Qurbonboy o’g’li
Международная конференция академических наук · 2019
Аннотация
Mazkur maqolada inson salohiyatini yuksaltirishda ta’lim tizimining tutgan o‘rni, uning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishdagi strategik ahamiyati tahlil etiladi. Ta’lim inson kapitalining tarkibiy qismi sifatida qaralib, bilim, ko‘nikma, madaniyat va innovatsion salohiyatni shakllantirishda asosiy omil sifatida baholanadi. Shu bilan birga, zamonaviy ta’lim islohoti, kompetensiyaviy yondashuv, raqamli texnologiyalarni joriy etish orqali inson salohiyatini kuchaytirishning zamonaviy tendensiyalari ochib beriladi. Ta’lim sifati, imkoniyatlar tengligi va umrbod o‘qish tamoyillarining inson taraqqiyotiga ta’siri tahlil qilinadi. Maqolada ilgari surilgan qarashlar milliy taraqqiyot strategiyasi bilan uyg‘un holda ko‘rib chiqiladi hamda istiqboldagi ustuvor yo‘nalishlar belgilab beriladi. Kalit so’zlar: inson salohiyati, ta’lim tizimi, inson kapitali, raqamli ta’lim, innovatsion taraqqiyot, kompetensiyaviy yondashuv, umrbod ta’lim, bilim iqtisodiyoti, ijtimoiy rivojlanish, ta’lim sifati, kadrlar salohiyati, strategik islohotlar, milliy taraqqiyot, ta’limda tenglik, ma’naviy-ma’rifiy yuksalish. Bugungi kunda inson kapitali har qanday jamiyatning asosiy boyligi va eng qimmatli manbai, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning asosiy mezoni hisoblanadi. Ayniqsa, inson kapitalini shakllantirish, rivojlantirish, uning ijodiy fazilatlari va qobiliyatlari, inson kapitaliga sarmoya kiritish muammosi dunyo fanining asosiy va markaziy muammolaridan biridir. Shu sababli, XXI asrda inson kapitalini shakllantirish va undan samarali foydalanish muammolarini o‘rganish, uni yanada rivojlantirish imkoniyatlarini kengaytirish dolzarb bo‘lib qolmoqda. Ayniqsa, 2019-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasining bosh maqsadi ham “mamlakatning xalqaro maydondagi raqobatbardoshliligi darajasini va innovatsion jihatdan taraqqiy etganini belgilovchi asosiy omil sifatida inson kapitalini rivojlantirish”dir1. Ta’kidlash kerakki, mamlakatimizda «inson kapitalini rivojlantirish va buning uchun barcha imkoniyatlarni safarbar etish»2, xususan uzluksiz ta’lim tizimini rivojlantirish, aholining salomatligini mustahkamlash va munosib mehnat sharoitlarini yaratish masalalari muhim ahamiyat kasb etmoqda. 1 Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2018 йил 21 сентябрдаги «2019-2021 йилларда Ўзбекистон Республикасини инновацион ривожлантириш стратегиясини тасдиқлаш тўғрисида» фармони www.lex.uz 2 Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг 2018 йил 28 декабрдаги Олий Мажлисга Мурожаатномаси https://president.uz/uz/lists/view/2228 150 МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК Ayniqsa, 2030 yilga borib Global innovatsion indeks reytingi bo‘yicha jahonning 50 ilg‘or mamlakati qatoriga kirishiga erishish, ta’limning barcha darajalarida sifati va qamrovini oshirish, uzluksiz ta’lim tizimini rivojlantirish, kadrlar tayyorlash tizimining iqtisodiyot ehtiyojlariga moslashuvchanligini ta’minlash shuningdek, innovatsiyalarni keng joriy etish uchun shart-sharoitlarni yaratish»3 kabi vazifalar belgilangan. Ushbu vazifalarni samarali ijro etishda inson kapitali va uning tarkibiy unsurlarini baholash tizimini takomillashtirish, innovatsion iqtisodiyot shakllanishiga inson kapitalining ta’sirining ilmiy- uslubiy asoslarini tadqiq etish, respublikada inson kapitalini rivojlantirish bo‘yicha imkoniyatlarni aniqlash va takomillashtirish kabi yo‘nalishlarda ilmiy tadqiqotlarni chuqurlashtirish alohida ahamiyat kasb etadi. Ma’lumki, hozirgi davrda insoniyat rivojlanishning yangi bosqichiga – axborotlashgan jamiyatga hamda raqamlashtirish jarayonlariga kirib bormoqda, unda ishlab chiqarishning asosiy omilini axborot, bilimlar, interfaol kommunikatsiyalar tashkil qiladi. Ularning ro‘yobga chiqarilishi, inson hayoti va faoliyatida qo‘llanilishi mamlakat rivojlanishini ham ijtimoiy, ham siyosiy jihatdan belgilaydi. Shuningdek, axborotlashgan jamiyatning shakllanish jarayonida aholi turmush darajasini oshirish, hayot va faoliyatning ijtimoiy- iqtisodiy tomonlarini rivojlantirish, davlat boshqaruvini takomillashtirish va h.k.lar ko‘zda tutilmoqda. Bunda bilim rivojlanishning harakatlantiruvchi kuchiga aylanmoqda. Insoniyat rivojlanish bosqichida ilgari surilayotgan vazifalar, muammolar birinchi navbatda inson kapitali tomonidan hal qilinadi, u jismoniy kapitalga nisbatan zamonaviy jamiyat rivojlanishida belgilovchi rol o‘ynaydi. Sifatli ta’lim jarayonida egallanadigan va boyitiladigan inson kapitalining yuqori intellektual darajasi va sifati muayyan sharoitlarda bilimni (nomoddiy ob’ektni) amal qiluvchi innovatsion mahsulotga, moddiy ob’ektga aylantiradi. Masalan, rivojlangan mamlakatlarda milliy inson kapitali 70-80 % ni, rivojlanayotgan mamlakatlarda esa 5 % ni tashkil qiladi4. Bugungi kunda davlat, jamiyat ta’lim jarayonida inson tomonidan egallanadigan bilim, ko‘nikmalarga alohida e’tibor qaratmoqda. Shuning uchun ta’lim olish jarayonida bilim, ko‘nikma egallash sohasida, atrof muhitga ijtimoiy moslashishda inson kapitalini rivojlant
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada inson salohiyatini yuksaltirishda ta’lim tizimining tutgan o‘rni, uning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishdagi strategik ahamiyati tahlil etiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada inson salohiyatini yuksaltirishda ta’lim tizimining tutgan o‘rni, uning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishdagi strategik ahamiyati tahlil etiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- inson kapitali, umrbod ta’lim, milliy taraqqiyot, inson salohiyati, kompetensiyaviy yondashuv, ma’naviy-ma’rifiy yuksalish., ta’lim sifati, kadrlar salohiyati, ta’limda tenglik, bilim iqtisodiyoti, ta’lim tizimi, ijtimoiy rivojlanish, raqamli ta’lim, innovatsion taraqqiyot, strategik islohotlar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025