Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
GEOGRAFIK RAYONLASHTIRISH, NAZARIY ASOSLAR VA TIZIMLI YONDASHUV
Jo'rayeva Zebo Xolmirza qizi · СИСТЕМНЫЙ ПОДХОД
Современная наука и исследования · 2 · 2026
Аннотация
В статье проанализированы понятия географического района, районирования, цель, задачи, содержание, сущность, история, методы, проблемы районирования, таксономическое значение, географические единицы на основе системного подхода на примере территории Средней Азии, Узбекистана. Ключевые слова: районирование, район, край, провинция, малая провинция, округ, ландшафт, таксономические единицы, зональность, азональность, система, структура, комплекс. GEOGRAPHICAL ZONING, THEORETICAL FOUNDATIONS AND A SYSTEMATIC APPROACH Annotation. The article analyzes the concepts of geographical area, zoning, purpose, objectives, content, essence, history, methods, problems of zoning, taxonomic significance, geographical units based on a systematic approach on the example of the territory of Central Asia, Uzbekistan. Keywords: zoning, district, region, province, small province, district, landscape, taxonomic units, zonality, azonality, system, structure, complex. Hududiy rivojlanishning ilmiy asoslarini belgilashda geografik rayonlashtirish muhim metodik vosita hisoblanadi. Har qanday hududning tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy xususiyatlarini o‘zaro bog‘liq holda baholash, resurslar va potensialdan samarali foydalanish yo‘llarini aniqlashda rayonlashtirish printsiplarining ahamiyati beqiyosdir. Geografik rayonlashtirish – bu hududlarni ularning umumiylik va farqlilik jihatlariga ko‘ra ilmiy mezonlar asosida tahlil qilish va tizimlashtirish jarayonidir. Har qanday hududni o'rganish muqarrar ravishda "joydan joyga" hududiy farqlarni ajratishga olib keladi. Bundan tashqari, har bir geografik voqea va hodisalar butun geografik qobiq doirasida emas, balki uning bir qismini – kichik hududini hamda hudud ichidagi alohida qismlarini to'liq yoki vaqtinchalik qamrab olishi mumkin. Shu hududni (akvatoriyani) ma'lum bir voqea va hodisalarning asosiy birlamchilik (hukmronlik) darajasiga ko'ra ajratish keng ma'noda rayonlashtirish hisoblanadi. Rayonlashtirish geografiyaning sintez shakllaridan biridir. Rayonlar birinchi navbatda hududiy tizimlar hisoblanadi, ular obyektiv ravishda mavjud bo'lib, rayonlashtirish jarayonlari natijasida shakllanadi. 1203 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6 Shuning uchun tadqiqotchining vazifasi ularni egallab turgan hududini (akvatoriya) va chegaralarini aniqlash hisoblanadi, bu jarayonda rayonlashtirishning maqsadi hal qiluvchi ahamiyatga ega emas. Ikkinchi holda, rayonlashtirish geografik ma'lumotlarni maxsus geografik yondoshuvlardan foydalangan holda maqsadli tizimlashtirish metodi sifatida ko'rib chiqiladi, bu esa rayonlarni mintaqa, zona, areal va boshqa taksonomik birliklar shaklida ajratishga olib keladi. Rayonlashtirish - bir-biridan tabiiy, tarixiy, iqtisodiy xususiyatlari, odamlarning yashash sharoitlari bilan farq qiladigan hududlarni qismlarga ajratish hisoblanadi. Rayonlashtirish - geografik fanlarda keng qo'llaniladigan hududni tizimli tahlil asosida o`rganish metodidir. Rayonlashtirish metod sifatida hududiy boshqaruv va hudud muammolarini hal qilish, optimallashtirish va boshqalar uchun katta ahamiyatga ega. Y.G. Saushkinning fikricha, rayonlarni ajratish va tavsiflash geografiya fanining nazariy salohiyatini va amaliy ahamiyati belgilovchi mezon bo`lib xizmat qilsa, rayonlar haqidagi ta'limot geografiya fanlarining yadrosi ekanligini ta'kidlagan. Rayonlashtirishning ko'plab metodlari mavjud, ularning asosiylari kartografik, statistik, matematik, kompleks rayonlashtirish va boshqalar. Rayonlashtirish jarayonining mohiyati bu makon va zamondagi o'ziga xos hududiy tuzilmalarni va ularning chegaralarini aniqlashdan iborat. Ma`lumki geografik qobiq bir-butunlikka ega bo`lsada, u mahalliylikka ham ega, ya`ni tabaqalanadi. Rayonlar qamrab olgan hudud masshtabi bo'yicha ham mikro, mezo, makro, ba'zan megarayonlarga ajratiladi. Har bir rayonlashtirish darajasi o'ziga xos rayonlashtirish metodlarini ishlab chiqishni talab qiladi. A.N. Nig`matov (2004) - Umumiy geografik rayonlashtirishning ilmiy asosi, geografik qobiq doirasida, muayyan geografik hududda tabiat va jamiyat o`rtasidagi o`zaro munosabat qonuniyatlari va qonunlari namoyon bo`lishini aniqlashdir, - deb ta`kidlaydi. Tabiiy geografik rayonlashtirish bu geotizimlarni ajratish va umumlashtirishdir, - deb yozgan edi, A.G. Isachenko. L.S.Berg esa rayonlashtirishga shunday tarif bergan - Tabiiy rayonlarga bo‘lmasdan o‘rganilgan mamlakatni tabiiy geografiyasi chinakam geografik asar emasdir. Tabiiy geografik rayonlashtirish iborasi 1897-yilda G.I. Tanfilyev tomonidan birinchi bor fanga kiritilgan va amalga oshirilgan bo`lsada, bu mavzu hanuzgacha o`z dolzarbligini yo`qotgan emas Geografik rayonlashtirish tarixi, nazariyasi va muammolari bilan turli davrlarda A.A. Grigorev, G.D. Rixter, N.A. Gvozdetskiy, N.I. Mixaylov, D.L. Armand, N.A. Solnsev, V.S. Preobrajenskiy, V.I. Prokayev, F.N. Milkov, S.Ya. Nimmik, M.D. Sharigin, T.M. Kalashnikova, K.I. Ivanovlar O‘zbekiston hududini geografik rayonlashtirishda L.S. Berg R.I Abolin,
Доказательный фрагмент
«В статье проанализированы понятия географического района, районирования, цель, задачи, содержание, сущность, история, методы, проблемы районирования, таксономическое значение, географические единицы на основе системно…»
Образец извлечения
Демо-превьюВ статье проанализированы понятия географического района, районирования, цель, задачи, содержание, сущность, история, методы, проблемы районирования, таксономическое значение, географические единицы на основе системно… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- zoning, district, region, province, small province, district, landscape, struktura, azonallik, rayon, zonallik, tizim, rayonlashtirish, provinsiya, landshaft, kompleks., kichik provinsiya, okrug, taksonamik birliklar, oʻlka
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024