Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
“MILLIY QADRIYATLAR EVALUTSIYASI” MAVZUSI HAQIDA TAHLIL
Jabboraliyeva Gavharoy Sherali qizi
Прикладные науки в современном мире: проблемы и решения · 2026
Аннотация
In this article, we will consider what national values are, the true meaning of the word “evolution” and our traditions, which are the spiritual decoration of our nation. “Evolution of national values” is a very important and broad topic, which is inextricably linked with the historical development, cultural heritage and modern life of every nation. Keywords: nationalism, evolution, Western values, images, globalization era. Аннотация: В данной статье мы рассмотрим, что такое национальные ценности, истинное значение слова «эволюция» и наши традиции, которые являются духовным украшением нашей нации. «Эволюция национальных ценностей» — очень важная и обширная тема, которая неразрывно связана с историческим развитием, культурным наследием и современной жизнью каждой нации. Ключевые слова: национализм, эволюция, западные ценности, образы, эпоха глобализации. Milliy qadriyatlar — bu muayyan xalqning uzoq tarixiy jarayonda shakllangan, avloddan- avlodga o‘tgan, uning madaniyati, dini, an’analari, urf-odatlari, til va tafakkur tarzini aks ettiruvchi ma’naviy boyliklaridir. Ular diniy e’tiqod va marosimlar, milliy urf-odat va rasm- rusumlar, til, adabiyot, musiqa, me’morchilik, vatanparvarlik va insonparvarlik g‘oyalari, oila va jamiyat tuzilmasini o‘z ichiga oladi. Evolyutsiya oʻzi nima?! “Evolyutsiya” — bu o‘zgarish, rivojlanish demakdir. Milliy qadriyatlar evolyutsiyasi deganda, qadriyatlarning vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishi, yangi sharoitlarga moslashuvi, ba’zilarining saqlanib qolishi, boshqalarning esa yo‘qolishi yoki zamonaviy ko‘rinishga ega bo‘lishi tushuniladi. Milliy qadriyatlar evolyutsiyasining bosqichlari: a) An’anaviy bosqich. Bu bosqichda qadriyatlar asosan og‘zaki ijod, diniy ta’limotlar va xalq urf-odatlariga asoslanib shakllanadi. Masalan: Navro‘z bayrami, to‘y va sunnat marosimlari, hurmat-izzat, kattalarni ulug‘lash; b) Sovet davri ta’siri. Bu davrda milliy qadriyatlar ko‘plab bosimlarga duch kelgan, jumladan, diniy qadriyatlar taqiqlangan, sovet mafkurasi asosiy qadriyat sifatida targ‘ib qilingan, ko‘plab urf-odatlar “eskilik sarqiti” deb baholangan. Lekin shu bilan birga, savodxonlik, ilm-fan va ayollar huquqlari borasida ba’zi ijobiy o‘zgarishlar ham bo‘lgan; c) Mustaqillik davri. Bu bosqichda milliy qadriyatlar qayta tiklana boshladi. Masalan, islomiy va tarixiy qadriyatlar qayta e’tirof etildi, milliy urf-odatlarga e’tibor ortdi, mustaqillik, vatanparvarlik, o‘zlikni anglash g‘oyalari asosiy qadriyatga aylandi; 90 d) Globallashuv davri (hozirgi vaqt). Hozirgi kunda texnologiyalar, internet va ommaviy madaniyat ta’siri ostida yoshlarda g‘arbcha qadriyatlarga qiziqish ortmoqda, ba’zi milliy qadriyatlar unutilmoqda yoki o‘zgarmoqda, biroq milliy o‘zlikni saqlashga qaratilgan harakatlar kuchaymoqda. Masalan, milliy liboslar, xalq urf-odatlarini targ‘ib qilish. Milliy qadriyatlar evolyutsiyasida muvozanat muhim. Qadriyatlar doimiy o‘zgaruvchan bo‘lsa-da, ularning asosi saqlanib qolmog‘i zarur. Xulosa oʻrnida shuni aytish mumkinki, milliy qadriyatlar evolyutsiyasi bu — o‘zgarish, lekin yo‘qotish emas. Har bir avlod bu boy merosni zamon bilan uyg‘unlashtirib, asrab- avaylashi kerak. Chunki qadriyatlar — millat yuragidir.
Доказательный фрагмент
«In this article, we will consider what national values are, the true meaning of the word “evolution” and our traditions, which are the spiritual decoration of our nation.»
Образец извлечения
Демо-превьюIn this article, we will consider what national values are, the true meaning of the word “evolution” and our traditions, which are the spiritual decoration of our nation. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- nationalism, evolution, Western values, images, globalization era, millatparvarlik, rasm-rusumlar, evalyutsiya, globallashuv davr., gʻarbcha qadriyatlar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024