Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SO‘ROQ QILISHNING MOHIYATI VA TURLARI
Usmonaliyev Najmiddin Qo’shboq o’g’li · Baxriddinov Behro’z Dilxirojovich
Прикладные науки в современном мире: проблемы и решения · 2026
Аннотация
So‘roq qilish — jinoyat protsessining ajralmas qismi bo‘lib, u tergov harakatlari ichida alohida o‘rin egallaydi. Ushbu jarayon orqali tergovchi guvoh, jabrlanuvchi, gumon qilinuvchi va ayblanuvchidan jinoyatga oid muhim axborotlarni aniqlaydi va huquqiy baholash uchun zarur bo‘lgan dalillarni to‘playdi. Kalit so’zlar So’roq qilish, ko’rsatuv, guvoh, jabrlanuvchi, mutaxassis, pedagok, psixolog, yo’naltiruvchi savol, chaqiruv qog’ozi. Mazkur mavzuda so‘roq qilishning huquqiy asoslari, maqsadi va ahamiyati tahlil qilinadi. Jumladan, so‘roq qilish jarayonining inson huquqlari bilan uyg‘unligi, axborot olishda adolat va holislik tamoyillariga rioya etilishi muhim hisoblanadi. So‘roq qilishning birlamchi, takroriy, qo‘shimcha, qarama-qarshi kabi turlari mavjud bo‘lib, ularning har biri maxsus yondashuv va tergov taktikasi asosida olib boriladi. Ayniqsa, jabrlanuvchi va guvohlarni so‘roq qilishda psixologik omillar, shaxsning ruhiy holati va stress holatlari inobatga olinadi1. Shuningdek, so‘roq qilishda zamonaviy yondashuvlar, xorijiy tajribalar, axborot texnologiyalaridan foydalanish amaliyoti ham mavzuning dolzarbligini oshiradi. Mazkur anotatsiyada so‘roq qilishning nazariy asoslari, amaliy ahamiyati va uni takomillashtirish yo‘llari yoritiladi2. So‘roq qilish - paydo bo‘lishiga ko‘ra eng birinchi va qo‘llanilishi jiҳatidan ayniqsa keng tarqalgan tergov ҳarakati. Uning moҳiyati so‘roq qilinayotgan shaxsdan tergov qilinayotgan jinoyat ishi bo‘yicha aniqlanishi va isbotlanishi lozim bo‘lgan ҳolatlar to‘ғrisida ko‘rsatuvlar olishdan iborat. Uni samarali o‘tkazish uchun so‘roq qilinuvchilar psixologiyasini yaxshi tushunish, ular bilan ishonchli munosabatlar o‘rnata olish, yuzaga kelgan vaziyat, so‘roq qilinuvchining shaxsi va protsessual maqomi, ishda mavjud dalillarni ҳisobga olgan ҳolda taktik usullar va psixologik tasir ko‘rsatish metodlarini qo‘llay bilish zarur. So‘roq qilish- JPKda qayd etilgan, tergovchi tomonidan o‘zining yurituvidagi jinoyat ishi bo‘yicha aҳamiyatga ega bo‘lgan ҳolatlar to‘ғrisida malumotlarga ega shaxslardan ushbu oғzaki malumotni ko‘rsatma sifatida olish va mustaҳkamlash maqsadida skҳbat yoki savol- javob shaklida amalga oshiriladigan bilish va tasdiqlash ҳisoblanadi. So‘roq qilish tergov ҳarakati o‘zining tashqi ko‘rinishidan o‘xshash bo‘lgan xarakatlar: tushuntirish, talab qilib olish, oғzaki arizani qabul qilib olish, (yani tergov ҳarakati 1 Б.Б.Муродов. Жиноят-протсессуал қонун нормаларини эркинлаштириш йўллари // Олий юридик ўқув юртларида инсон ҳуқуқлари муҳофазасини таъминловчи фанларнинг ўқитишнинг замонавий муаммолари. Тошкент. Ўзбекистон Миллий университети ҳуқуқшунослик факултети 2009. Б. 66-69. 2 Б.Б.Муродов. “Жиноятларни тергов қилиш методикаси” фанидан ўқув дастури. Т.: Ўзбекистон Республикаси ИИВ Академияси, 2012. Б.24 147 xisoblanmagan prortsessual ҳarakatlar) va fuqarolarni surishtirish (protsessual ҳarakatlar bo‘lmagan tezkor qidiruv choralari ) mazmuni va aҳamiyatiga ko‘ra ulardan farq qiladi. Ko‘rsatuvlar esa bazida ko‘rsatuvlarni ҳodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish. Tanib olish uchun ko‘rsatish kabi tergov ҳarakatlarida ҳam ularning tarkibiy qismi sifatida mavjud bo‘lish mumkin3. So‘roq qilishning umumiy qoidalari Jinoyat protsessual Kodeksining 96-108- moddalarida belgilangan. Bizning protsessual qonunchilikda so‘roq qilishning umumiy qoidalariga yuridik adabiyotlarda so‘roq qilishning (umumiy va maxsus) shartlari iborasi qo‘llaniladi. So‘roq qilishning aҳamiyati shundaki tergovchi kriminalistikada ishlab chiqilgan va tergov amaliyotida qo‘llaniladigan taktik usullardan foydalangan ҳolda ishga oid ҳolatlar to‘ғrisidagi malumotlarini bilish orqali xaqiqatni aniqlaydi, ko‘rsatma sifatila qayd etilgan malumotlardan jinoyat ishi bo‘yicha dalil tariqasida foydalanish orqali isbotlashni amalga oshiradi ҳamda protsessual qarorlarini asoslantiradi4. So‘roqning maqsadi ishga oid aҳamiyatli malumotlar olishdan iborat, bunda tergovchi: 1.Jinoyat ishi bo‘yicha isbotlanishi lozim bo‘lgan ҳolatlarga oydinlik kiritadi, yani ҳodisa sodir bo‘lgan yoki yo‘qligi, ҳodisa jinoyat yoki jinoyat emasligi, jinoyat bo‘lsa. U qanday va kim tomonidan sodir etilganligi, jinoyat oqibatlari, jinoyat eҳtiyotsizlikdan yoki qasddan sodir etilganligini aniqlaydi. 2.Jinoyat ishi uchun aҳamiyatli malumotlarning boshqa manbalarini aniqlaydi. 3.So‘roq amalga oshirilgunga qadar ishga mavjud dalillarning ishonchliligini tekshiradi. So‘roqni algoritmlash ҳaqida Amerikalik professor Kim Devis “Odamning ichidagi ҳatti xarakatlari ” nomli kitobida gapirayotgan odamni samarali eshitishning 10 ta qoidasini ishlab chiqqan va ular quyidagilardan iborat: 1-qoida. O‘zga shaxs gapirganda sukut saqlab eshitish. 2-qoida. Gapirayotgan shaxs o‘zini erkin ҳis qilgan, bu usul ҳal etuvchi muҳitni yaatish deb ataladi. 3-qoida. Gapirayotgan shaxsga uni eshitishga tayyor ekanligingizni ko‘rsatish lozim. 4-qoida. Gapga ҳalaqit beruvchi vaziyatlardan voz kechish.rasm chizmasdan, stolni taqillatib, bir qoғozni boshqa jayga ol
Доказательный фрагмент
«So‘roq qilish — jinoyat protsessining ajralmas qismi bo‘lib, u tergov harakatlari ichida alohida o‘rin egallaydi.»
Образец извлечения
Демо-превьюSo‘roq qilish — jinoyat protsessining ajralmas qismi bo‘lib, u tergov harakatlari ichida alohida o‘rin egallaydi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- guvoh, So’roq qilish, ko’rsatuv, yo’naltiruvchi savol, mutaxassis, psixolog, chaqiruv qog’ozi., jabrlanuvchi, pedagok
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025