Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
VOYAGA YETMAGANLAR JINOYATCHILIGINI TERGOV QILISHNING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
XOS XUSUSIYATLARI · Ashirboyev Axrorjon Tirkash o’g’li · Jabborov Otabek Inomiddin o’g’li
Прикладные науки в современном мире: проблемы и решения · 2026
Аннотация
Maqolada voyaga yetmaganlar jinoyatchiligini tergov qilishning o'ziga xos xususiyatlari tahlil qilinadi. Tergov jarayonida voyaga yetmaganlarning yoshiga, psixologik va ijtimoiy holatiga alohida e'tibor berish zarurligi ta'kidlanadi. Shuningdek, bu turdagi jinoyatlar bilan bog'liq ijtimoiy omillar, jinoyatni sodir etgan bolaning ruhiy holati va tergovchilarning maxsus tayyorgarligi haqida so'z boradi. Maqola voyaga yetmaganlarning huquqlarini himoya qilish va ularni ijtimoiy jihatdan qayta tarbiyalashning muhimligini ko'rsatib beradi. Kalit so’zlari Voyaga yetmagan, pedagok, psixolog, qonuniy vakil, advakat, tergov qilish, so’roq qilish, mutaxassis, gumon qilinuvchi. Voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarni tergov qilish voyaga yetmagan shaxslarning yoshi, ruxiy psixologik xolati, sodir etgan qilimishining og’irligidan kelib chiqib o’zgacha yondashuvda ishlashni talab etadi. Voyaga yetmaganlarning huquqlari, erkinliklari va ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish qonun bilan kafolatlangan. Voyaga yetmaganlarni nazoratsiz va qarovsiz qoldirish qonunda belgilangan tartibda javobgar bo‘lishga sabab bo‘lishi mumkin. Voyaga yetmaganlarga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishlarini yuritish O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 547-564 moddalari bilan tartibga solinadi. Unga ko‘ra, jinoyat qilgunga qadar o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarning jinoyatlari haqidagi ishlarni yuritish tartibi umumiy qoidalar, shuningdek ushbu Kodeksning 547 — 564-moddalari asosida belgilanadi Jinoyat protsessual kodeksining 549-moddasiga ko’ra voyaga yetmaganning jinoyatlari haqidagi ishni yuritishda qonuniy vakilning ishtirok etishi shart. Shu bilan birga surishtiruv, dastlabki tergov harakatkari va sud muhokamasi davrida voyaga yetmaganlarning jinoyatlari haqidagi ishlar bo’yicha, jinoyat-protsessual kodeksining 82–84-moddalarida ko’rsatilgan xolatlardan tashqari, quyidagilar isbotlanishi lozim: 1) voyaga yetmagan ayblanuvchining aniq yoshi (tug‘ilgan yili, oyi, kuni); 2) voyaga yetmaganning shaxsiga xos xususiyatlar va uning salomatligi holati; 3) uning turmush va tarbiyalanish sharoitlari; Yuqoridagilarga oydinlik kiritish orqali jinoyat ishini to’liq, xolisona, adolatli tergov qilinilishiga erishish mumkin. Huquqiy yondashuvlar esa sahxsning huquqiy munosabatga kirisha olishbi bilan belgilanadi. Jinoyat kodeksida jinoiy javobgarlikka tortish yoshi 14, 16, 18 yosh etib belgilanganligi, ma’muriy javobgarlikka tortish Yoshi 16 yosh etib ko’rsatilganligi, mehnat munosabatlariga kirishishda esa 15, 16 yosh qilib ko’rsatilganligini ko’rishimiz mumkin. 153 Voyaga yetmagan shaxsni ma’lum bir jinoyat sodir etganlikda ayblashdan avval, u shaxs jinoyat sub’ekti bo’lishi uchun yetarli yoshga to’lganligiga aniqlik kiritilishi kerak. Voyaga yetmaganning shaxsiga xos xususiyatlar va uning salomatligi holati esa voyaga yetmagan shaxsning psixologiyasi, uning ruxiy emotsional holatini anglatib, uning qilimishi jinoyat sifatida baxolanishi yoki yo’qligi to’g’risidagi zaruriy ma’lumotalrni beradi. Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etilishida voyaga yetmagan shaxsning turmush va tarbiyalanish sharoiti ham muhim rol o’ynaydi.Og'ir turmush sharoitlari, masalan, oiladagi ijtimoiy-iqtisodiy qiyinchiliklar, beqarorlik, farovonlikning yetishmasligi, ajralishlar, yoki ota- onalarning ruhiy yoki jismoniy zo'ravonligi kabi omillar, bolalarning ijtimoiy tarbiyasiga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin. Bunday sharoitlarda, bola o'zini himoya qilish, omon qolish uchun jinoyatni sodir etishga majbur bo'lishi mumkin. Ushbu omillar bolaning o'z xatti-harakatlarini to'liq anglashini yoki tanqidiy fikrlash qobiliyatini cheklaydi. Bolalar va o'smirlar, kattalarga nisbatan, o'z xatti-harakatlarini to'liq tahlil qilish yoki oqibatlarini anglash qobiliyatiga ega emaslar. Ularning psixologik va emotsional rivojlanishi to'liq shakllanmagan bo'lishi mumkin, bu esa ularni jinoyat sodir etishga undash orqali maqsadga erishishni osonlashtiradi.Shu sababli voyaga yetmaganlar jinoyatlarini tergov qilishda katta yoshli dalolatchilar va boshqa ishtirokchilarning bor yoki yo‘qligiga alohida e’tibor qaratilishi kerak. Voyaga etmagan shaxsga ayblov e’lon qilish vaqtida himoyachi bilan bir qatorda voyaga etmagan shaxsning qonuniy vakili ham ishtirok etadi. Qonuniy vakilning ishda ishtirok etishiga surishtiruvchi yoki tergovchining qarori bo‘yicha voyaga yetmagan shaxsni gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi tariqasida birinchi so‘roq qilish paytidan boshlab yo‘l qo‘yiladi. Qonuniy vakilning ishda ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilganda unga ushbu Kodeksning 61- moddasida nazarda tutilgan huquqlar tushuntiriladi. Qonuniy vakil o‘z harakati bilan voyaga yetmagan shaxsning manfaatiga zarar yetkazadi deb hisoblash uchun asos bo‘lsa, surishtiruvchining, tergovchining qarori yoki sudning ajrimi bilan voyaga yetmaganning qonuniy vakili ishda qatnashishdan chetlashtirilishi mumkin. Bunday holda voyaga yetmagan shaxsning manfaatlarini himoya qilish boshqa qonuniy vakilg
Доказательный фрагмент
«Maqolada voyaga yetmaganlar jinoyatchiligini tergov qilishning o'ziga xos xususiyatlari tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada voyaga yetmaganlar jinoyatchiligini tergov qilishning o'ziga xos xususiyatlari tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- qonuniy vakil, advakat, Voyaga yetmagan, so’roq qilish, tergov qilish, mutaxassis, gumon qilinuvchi., psixolog, pedagok
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025