Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
PORAXO’RLIK JINOYATLARI TASNIFI VA TARIXIY RIVOJLANISHI
Usmonaliyev Najmiddin Qo’shboq o’g’li · Rahmonaliyev Muhammadjon Qodirjon o’g’li
Прикладные науки в современном мире: проблемы и решения · 2026
Аннотация
Poraxo'rlik jinoyatining mohiyati, turlari, sabablari va uning jamiyatdagi salbiy ta'sirlari o'rganiladi. Poraxo'rlik – bu mansabdor shaxslarning o'z vazifalaridan foydalanib, shaxsiy manfaatlari yo'lida nolegal foyda olish jarayoni bo'lib, davlat tizimi va iqtisodiyotga katta zarar yetkazadi. Ushbu ishda poraxo'rlik jinoyati va uning turlari, xususan, davlat xizmatida pora olish, korrupsiyaviy xatti-harakatlar, mansabni suiiste'mol qilish kabi holatlar tahlil qilinadi. Kalit so’zlar Poraxo'rlik, jinoyat, korrupsiya, mansabdor shaxslar, pora olish, huquqiy tizim, iqtisodiy barqarorlik, siyosiy barqarorlik, korrupsiyaga qarshi kurash, qonuniy choralar, tarixiy rivojlanish, davlat xizmatlari, jamiyat, institutsional islohotlar, xalqaro hamkorlik, huquqiy madaniyat. Biz bilamizki, huquqshunoslikda "Poraxo'rlik" kriminalistik, kriminalogik va jinoyat huquqiy elementlarni o'zida mujassam etadigan murakkab tushuncha hisoblanadi. Dastlab poraxo'rlik tushunchasi kelib chiqishi va ommalashib borishi tarixdan kishida moyillik (xohish) uyg'otish uchun sovg'a berish odatiga borib taqaladi. O'z-o'zidan qimmatbaho, ya'ni qiymati yuqori bo'lgan sovg'a odamni boshqalar orasidan ajratib ko'rsatib, pora beruvchining manfaati yo'lida uning iltimosi bajarilishiga xizmat qilgan. Shu sababli ibtidoiy jamiyatlarda kohin yoki qabila boshlig'iga to'lov berish odat, an'ana tusiga kirib qolgan1. Davlatning rivojlanib borishi, boshqaruvning takomillashishi munosabati bilan professional amaldorlar (mansabdor shaxslar) paydo bo'la boshlagan bir davrda, hukmdorlarning fikricha, ular faqat qat'iy belgilangan maosh bilan kifoyalanishi lozim bo'lgan. Amalda esa, bu amaldorlar o'z mavqeidan daromadlarni yashirish va oshirish maqsadida foydalanishga harakat qilishgan. Poraxo'rlikka qarshi kurashgan hukmdor sifatida tarixda qolgan shaxs Uruniimgina – eramizdan avvalgi XXIV asrning ikkinchi yarmida Lagash shahri- davlatining Shumerlar podshosi hisoblanadi. Ammo, uning davrida ham korrupsiya uchun boshqalarga namuna bo'ladigan shafqatsiz jazo qo'llanilishiga qaramay, unga qarshi kurash kutilgan natijalarga olib kelmagan. Poraxo'rlik muhokama qilingan dastlabki asar – "Artha- shastra" – eramizdan avvalgi IV asrda Bharat (Hindiston) vazirlaridan biri tomonidan Kautilya taxallusi ostida chop etilgan. Unda muallif "podshohning mulki, hatto kichik miqdorda bo'lsa ham, bu mulkni idora qiladiganlar tomonidan o'zlashtirib olinishi mumkin emas" degan xulosa chiqaradi. Xuddi shu kabi korrupsiyaviy muammolarga Qadimgi Misr fir'avnlari ham duch kelishgan bo'lib, bu yerda erkin dehqonlar, hunarmandlar va hatto harbiy a'yonlarga nisbatan ham ozboshimchalik va zo'ravonlik ishlatgan hamda qonunbuzarliklarni o'ziga kasb qilib olgan 1 B.B.Murodov. Jinoyat-protsessual qonun normalarini erkinlashtirish yo‘llari // Oliy yuridik o‘quv yurtlarida inson huquqlari muhofazasini ta’minlovchi fanlarning o‘qitishning zamonaviy muammolari. Toshkent. O‘zbekiston Milliy universiteti huquqshunoslik fakulteti 2009. B. 66-69. 16 amaldorlarning byurokratik apparati yuzaga kelgan. "Itahotel" degan shaxsning bugungi kungacha yetib kelgan o'z pand-nasihatlarida quyidagi tavsiya berilgan: "Boshliq oldida belingni bukib ta'zim qil, shunda sening uyin'za tartib bo'ladi, sening maoshing joyida bo'ladi, kim boshliqka qarshilik ko'rsatayotgan bo'lsa, uning hayoti oson kechmaydi, lekin u iltifot ko'rsatganda yashash ham oson bo'ladi."2 Shuningdek, sudyalar poraxu'rligi alohida ahamiyat kasb etib, bu mulkning noqonuniy taqsimlanishiga va nizolarni huquq maydonidan tashqarida hal qilishga olib kelgan. Bejizga barcha dinlarda korrupsiya turlari orasida birinchi navbatda sudyalarni pora berib sotib olish qoralanmaydi: Injilda "...boshliq sovg'a talab qiladi, sudya pora evaziga sud qiladi, katta amaldorlar esa, o'z xohishiga qarab bizlarni jazolaydi va ishlarni noto'g'ri talqin qiladi..." ; "Sovg'alarni qabul qilma, chunki sovg'a ko'rni ko'radigan qiladi va haqiqatni o'zgartiradi" (Chiqish. 23:8, q. shuningdek, Ikkinchi qonun. 16:19); Qur'oni Karimda "Boshqalarning mulkini nohaq yo'l bilan olminglar va boshqalarga tegishli bo'lgan narsalarni olish uchun o'z mulkingizdan hokimlaringizga pora qilib uzatmanglar" (Qur'oni karim, 2:188) va hokazo. Pora olish va berish Qadimgi Rimda amal qilgan 12 jadval qonunlarida tilga olingan3. Ibtidoiy va ilk sinfiy jamiyatlarda kohinga, qabila oqsoqoliga yoki harbiy boshliqka muayyan imtiyozni qo'lga kiritish uchun haq to'lash tabiiy bir hol sifatida qaralgan. Davlat apparatining murakkablashuvi va professionalashuviga qarab vaziyat o'zgargan. Oliy martabali amaldorlar quyi turuvchi “xizmatchilar” faqat tayinlangan maosh bilan qanotlanishlarini talab qilganlar. Quyi daraja amaldorlar esa, aksincha, o'z xizmat vazifalarini bajarganlik uchun arzg'oylardan yashirincha qo'shimcha haq olishni (yoki talab qilishni) ma'qul ko'rganlar4. Qadimgi Rim qonunlarida ham Poraxo'rlik tushunchalari mavjud bo'lib, «corrumpere» atamasi «sudda ko'rsatmalarni pulga sotib olish» va «
Доказательный фрагмент
«Poraxo'rlik jinoyatining mohiyati, turlari, sabablari va uning jamiyatdagi salbiy ta'sirlari o'rganiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюPoraxo'rlik jinoyatining mohiyati, turlari, sabablari va uning jamiyatdagi salbiy ta'sirlari o'rganiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- jinoyat, mansabdor shaxslar, pora olish, iqtisodiy barqarorlik, korrupsiyaga qarshi kurash, qonuniy choralar, korrupsiya, tarixiy rivojlanish, xalqaro hamkorlik, Poraxo'rlik, huquqiy madaniyat., siyosiy barqarorlik, jamiyat, institutsional islohotlar, davlat xizmatlari, huquqiy tizim
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025