К содержанию
РецензированоRU2026

BOSHLANG’ICH TA’LIM ONA TILI DARSLARIDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH

TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH · Tovboyeva Gavhar Nurali qizi

Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026

Аннотация

В данной статье освещаются вопросы эффективного использования инновационных технологий в процессе преподавания родного языка в начальном образовании. В частности, проанализировано практическое применение интерактивных методов — «Мозговой штурм», «Проблемное обучение» и «Работа в малых группах», способствующих повышению интереса учащихся к урокам, развитию навыков самостоятельного мышления и повышению эффективности обучения. Также в статье раскрывается значение инновационных педагогических технологий и их влияние на формирование творческого и критического мышления у уучащихс. Ключевые слова: инновационные технологии, интерактивные методы, начальное образование, родной язык, эффективность обучения. KIRISH. Insoniyat tafakkuri taraqqiy etgan sari, ta’limga bo‘lgan yondashuvlar ham yangilanib, shakl va mazmun jihatidan boyib bormoqda. Chunki bugungi kun bolasi — bu kechagi dunyoning davomchisi emas, balki yangi zamonning serqirra, o‘z fikri va qarashlariga ega bo‘lgan avlodidir. Ularning anglash darajasi, bilishga bo‘lgan ehtiyoji, fikrlash sur’ati va ifoda vositalari ham avvalgidan farqlidir. Ana shunday sharoitda ta’lim tizimi, ayniqsa boshlang‘ich ta’lim — o‘z metod va uslublarini yangilash, yangicha texnologiyalarni o‘zlashtirish orqali zamon bilan hamnafas bo‘lishi kerak. ASOSIY QISM. Boshlang‘ich ta’lim – bu bolaning ongida bilimga bo‘lgan muhabbatni uyg‘otuvchi ilk zamin, uning kelgusidagi intellektual o‘sishini belgilab beruvchi poydevordir. Bu 45 bosqichda dars berish oddiy bilim uzatishdan ko‘ra, bola qalbiga yo‘l topish san’atidir. Ayniqsa, ona tili fanining bu jarayondagi o‘rni alohida: u bolaning nutqiy salohiyatini rivojlantiradi, fikrini aniq ifodalashni o‘rgatadi, tafakkurini yo‘naltiradi, milliy qadriyatlar bilan tanishtiradi. Zamonaviy pedagogika tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, an’anaviy usullargina bugungi o‘quvchini to‘laqonli o‘rganishga jalb eta olmaydi. Shu sababli innovatsion texnologiyalar, interfaol o‘yinlar, axborot- kommunikatsiya vositalari, virtual platformalar va raqamli ilovalar yordamida tashkil etilgan darslar — nafaqat samaradorlikni oshiradi, balki bolalarning ichki dunyosiga mos ravishda ta’sir etadi. Bu esa bilimni quruq yodlash emas, balki his qilish, tushunish va amalda qo‘llashga olib keladi. O'zbekiston Respublikasi huquqiy demokratik jamiyat qurish yo‘lidan borar ekan, o‘z fuqarolarining, xususan o‘sib kelayotgan yosh avlodning jismonan sog‘lom, ma’nan barkamol, aqlan raso bo‘lib tarbiyalanishiga, zamonaviy ilm-fan yutuqlari bilan qurollangan holda ta’lim olishiga alohida e’tibor qaratmoqda. Respublikamizda ta’lim tizimiga e’tibor va munosabat tubdan o‘zgargan. Barkamol shaxsni shakllantirish masalasi davlat siyosati doirasiga ko‘tarilgan bo‘lib, uni amalga oshirish jarayoni hisoblangan pedagogik jarayon samaradorligini ta’minlash esa, ta’lim muassasasi rahbarlari, o‘qituvchilar, tarbiyachilar, pedagogik jarayon ishtirokchilari va boshqa mutaxassis xodimlarning faoliyatini samarali tashkil etish va takomillashtirish mexanizmlarini yaratish, innovatsion faoliyatni tashkil etish zaruriyatini belgilaydi. Hozirgi davrga kelib, umumta’lim maktablarda darslarni tashkil qilishning noan’anaviy usullaridan foydalanishning afzalliklari har bir zamonaviy pedagog o’qituvchi tomonidan e’tirof etilmoqda. Zamonaviy pedagogika ilmida innovatsion texnologiyalar quyidagi asosiy tamoyillar asosida rivojlanmoqda: 1.Shaxsiy yondashuv – har bir o‘quvchining individual xususiyatlariga mos ta’lim berish; 2.Muammoli ta’lim – o‘quvchilarni real hayotiy vaziyatlar asosida fikrlashga undash; 3.O‘quvchilarning mustaqil ta’lim faoliyatini rag‘batlantirish – bilim olish jarayonini faollashtirish; 4.Texnologik vositalardan foydalanish – interaktiv doskalar, raqamli darsliklar va multimedia materiallari orqali ta’lim samaradorligini oshirish. Ushbu metodlarning qo‘llanilishi o‘quvchilarning mavzularni puxta o‘zlashtirishiga, tanqidiy va ijodiy tafakkurini rivojlantirishga imkon yaratadi. Interfaol metodlar, jumladan, “Aqliy hujum”, “Muammoli ta’lim” va “Kichik guruhlarda ishlash” texnologiyalari ta’lim jarayonini yanada qiziqarli va samarali qiladi. Ushbu noan‘anaviy interfaol usullar yordamida o‘quvchilarga qo‘shimcha mashqlar bajartirganaimizda o‘qish-o‘rgatish jarayonini yaxshi o‘zlashtirishga olib keldi. O‘z vaqtida aloqani tikladi. Motivatsiya yuqori darajada bo‘lishini ta'minladi, o‘tilgan materialni puxta xotirada saqlab qolishga imkon berdi. Mustaqil fikrlay oladigan o‘quvchining shakllanishiga yordam berdi. Aqliy hujum interfaol metodidan foydalanganimizda, mashq shartidan kelib chiqib o‘quvchilar aqliga hujum qilinadi, o‘quvchilarda fikr va g‘oyalar tug‘iladi. Bu fikr va g‘oyalarni umumlashtirib, yagona, to‘g‘ri xulosa chiqariladi. Muommli ta‘lim interfaol usulidan foydalanib, o‘quvchilarga o‘tilgan mavzu bo‘yicha muammoli vaziyatni vujudga keltirib, ularning ushbu muammoli vaziyatni bartaraf etishlarini kuzatish, to‘g‘ri yo‘lga boshlashi mumkin. Masalan, bir muammoli vaziyatni koʻrib chiqsa

Доказательный фрагмент

«В данной статье освещаются вопросы эффективного использования инновационных технологий в процессе преподавания родного языка в начальном образовании.»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной статье освещаются вопросы эффективного использования инновационных технологий в процессе преподавания родного языка в начальном образовании. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
innovative technologies, interactive methods, primary education, mother, ta’lim samaradorligi., interfaol metodlar, boshlang‘ich ta’lim, ona tili, innovatsion texnologiyalar
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники