К содержанию
РецензированоUZ2026

BOSHLANG‘ICH BOSQICHDAGI YOSH GIMNASTIKACHILAR JISMONIY SIFATLARINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI

SIFATLARINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI

Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026

Аннотация

This article examines the methodology for developing physical qualities in young gymnasts at the initial stage of training, such as agility, strength, endurance, balance, and flexibility. It outlines principles for exercise selection, load volume, and step-by-step progression tailored to the age and individual characteristics of children. The study shows that enhancing physical potential is essential for effective technical skill development in gymnastics. Kalit so‘zlar: Yosh gimnastikachilar, jismoniy sifatlar, chaqqonlik, chidamlilik, metodika, boshlang‘ich tayyorgarlik Ключевые слова: Юные гимнасты, физические качества, ловкость, выносливость, методика, начальная подготовка Keywords: Young gymnasts, physical qualities, agility, endurance, methodology, initial training O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Gimnastika sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Qarorlari aholi o‘rtasida gimnastika sport turlarining ommaviyligini oshirishga qaratilgan. Jumladan, Aholi o‘rtasida gimnastika sport turlari (sport gimnastikasi, badiiy gimnastika, trampolin, akrobatika) ommaviyligini oshirish, yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish tizimini takomillashtirish, xalqaro talab va standartlar asosida professional sportchilarni tayyorlash orqali milliy terma jamoalarimizning nufuzli musobaqalarda yuqori natijalarga erishishini ta’minlash maqsad qilib olingan. Mazkur hujjatda nafaqat bolalar sportini rivojlantirishda muhim omil bo‘lgan moddiy va huquqiy ta’minotni yaratish zarurligiga asos solingan, balki shu yo‘nalishni jadal sur’atlar bilan taraqqiy ettirish uchun raqobatbardosh mutaxassis kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash masalasiga katta e’tibor qaratilgan. So‘nggi yillarda yurtimizda ko‘pdan-ko‘p jahon standartlariga 50 mos sport inshoatlarining barpo etilishi, Respublikamizning deyarli barcha mintaqalarida nufuzli xalqaro musobaqalarni o‘tkazilib borilayotganligi hamda turli yoshdagi sportchilarimizning Olimpiya va Osiyo o‘yinlari, Jahon va Osiyo chempionatlari kabi yirik musobaqalarda yuksak natijalarga erishib kelayotganligi yuqorida qayd etilgan fundamental hujjatlarning hayotiy aksidir. Yuqori malakali yosh sportchilarni tayyorlash, shu jumladan gimnastika bo‘yicha iste’dodli sportchi bolalarni yetishtirish o‘quv-trenirovka jarayoni yangicha ilmiy nazar bilan yondoshish hamda samarali pedagogik texnologiyalar yaratish darkorligini taqozo etadi. O‘rgatish (o‘qitish) texnologiyasi (yunoncha techne – san’at, mahorat; logos – o‘qitish) – bu noan’anaviy tartib va didaktik qonuniyatlarga asoslangan ilmiy uslublar, usullar, shakl va vositalar kabi tushunchlarni o‘z ichiga biriktirgan atamadir . Sport amaliyoti tajribasi shuni ko‘rsatadiki, sportchilarni tayyorlashda qo‘llaniladigan an’anaviy uslub va vositalar ko‘p yillik tayyorgarlik jarayonining muayyan bosqichida o‘z samaradorligini yo‘qotishi yoki sustlashtirishi mumkin. Natijada, sport natijalari ham, jismoniy va funksional imkoniyatlar ham taraqqiyotdan to‘xtashi ehtimoldan holi emas. Ma’lumki, yildan yilga gimnastik mashqlar dasturi yangicha mazmun va mohiyatga ega bo‘lib, ijro etilayotgan harakat kombinasiyalari borgan sari murakkablashib borayapti. Binobarin, ushbu vaziyat gimnastik ko‘pkurash turlari istiqbolini oldindan belgilab berish imkonini yaratadi. Ayrim tadqiqotchilar tarbiyalash mushkulroq bo‘lgan nisbiy kuchni texnik natijalarga ijobiy ta’sir etishini aniqlaganlar. L.P.Volkovning ta’kidlashicha, yosh ulg‘aygan sari nisbiy kuchning rivojlanishi susayish bilan izohlanadi. Lekin, bu holat o‘zga jismoniy sifatlarning (shu jumladan o‘zga kuch sifatlarini ham) maksimal shakllanganligi bilan bartaraf etilishi mumkin. Aksariyat mutaxassislarning e’tirof etishicha, kuch tayyorgarligiga bolalik va o‘smirlik yoshdan boshlab e’tibor qaratish lozim, bolalikdan boshlab nafaqat umumiy kuch tayyorgarligini shakllantirish darkor, balki maxsus kuch sifatlarini ham rivojlantirish maqsadga muvofiqdir. Ayrim olimlar kuchni rivojlantirishning eng qulay davri 7-9 va 13-17 yoshlarga to‘g‘ri kelishi kerak deb ta’kidlaydilar. Qayd etilgan ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, kuch sifatlarini rivojlantirishga qaratilgan mashqlarni tabaqalashtirilgan tarzda bolalar va o‘smirlar mashg‘ulotlarida to‘la-to‘kis qo‘llash mumkin. Shu bilan bir qatorda e’tiborli joyi shundaki, 6-9 yoshli gimnastikachi o‘g‘il bolalarda kuch sifatlarini qaysi tartib va yo‘nalishda rivojlantirish zarurligi yetarli darajada isbot qilinmagan. Maxsus jismoniy tayyorgarlik vositalarini musobaqa mashqlari mazmuni va xususiyatlariga yaqin yoki mos bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. Yosh gimnastikachilar jismoniy sifatlarini rivojlantirish uslublari va vositalarini o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, ko‘pgina sportchilar 1 razryad va sport ustaligiga nomzod darajasiga yetgandan so‘ng tayyorgarlikning ayrim ko‘rsatkichlari bo‘yicha avvalgi bosqichlarda zaif o‘zlashtirilgan sifat va harakat malakalari (elementlari)ga qaytish hollari uchrab turadi. Bunga esa talaygina vaqt sar

Доказательный фрагмент

«This article examines the methodology for developing physical qualities in young gymnasts at the initial stage of training, such as agility, strength, endurance, balance, and flexibility.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article examines the methodology for developing physical qualities in young gymnasts at the initial stage of training, such as agility, strength, endurance, balance, and flexibility. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Young gymnasts, physical qualities, agility, endurance, methodology, initial, Yosh gimnastikachilar, chidamlilik, chaqqonlik, metodika, boshlang‘ich tayyorgarlik, jismoniy sifatlar
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники