К содержанию
РецензированоEN2026

SAMARQAND SHAXARIDA TURARJOY BINOLARINI TIKLASH MUAMMOLARI

Jamoliddin Usarov Tulqinovich · Abduqaxxrorov Aziz Laziz o’g’li (Jizzax politexnika instituti)

Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026

Аннотация

We have beautiful historical cities, architectural monuments and complexes that show off Uzbekistan to the world, stir the minds of tourists, make them feel emotions, and today their position is known to the world. Among them are such cities as Samarkand, Bukhara, Khiva, Shakhrisabz, Tashkent, Kokan, Nurota. There is no doubt that the position of such cities will increase, especially at a time when the glory of our independence is spreading to the world, when the world knows the beautiful country of Uzbekistan, and the people of the world, not only tourists, but also businessmen, aspire to it. Key words: residential architectural and cultural heritage of our historical cities of Uzbekistan, Samarkand, Bukhara, Khiva, Shakhrisabz, Tashkent, Kokand. Bunday tarixiy shaharlarning markazlarida bizgacha saqlangan dunyoga mashhur me’moriy komplekslar, tarixiy ark–qal’alar, ansambllar, piyoda ko’chalar, savdo inshootlari, minoralar, arxitektura yodgorliklaridan tashqari an’anaviy turarjoylar, mahalla va guzarlar ham borki, ular o’sha tarixiy shaharlar me’moriy muhitining ajralmas va chambarchas tarkibiy qismlaridar. Ayrim tarixiy shaharlar markaziy qismi bilan yonma–yon va tutash joylashgan bu an’anaviy tarixiy turarjoy binolari ushbu shaharlar me’moriy shakllari va muhitining uyg’unlashgan strukturaviy tizimini tashkil qiladi. Biroq ming afsuski, hayot tarzi, tezkor taraqqiyot, halqaro turistik ehtiyojlar va zamonaviy talablar bunday an’anaviy va tarixiy turarjoylarning saqlanib qolishiga xavf solmoqda. Ularning o’rniga tarixiy shaharlarimiz muhitiga mos kelmaydigan yangi binolar, savdo va boshqa maishiy xizmatlar ko’rsatish binolari qurilmoqda. Bunday holatlarni Samarqand, Shaxrisabz, Qo’qon va boshqa tarixiy shaharlarda uchratish mumkin. Jumladan, Samarqand shahridagi mashhur Registon maydoni atrofidagi tarixiy turarjoylar o’rnini 4 qavatlik o’rta maktab va zamonaviy ko’p seksiyali baland uylar egallagan. Ko’pgina shaxarlarning bosh tarxlarida an’anaviy turarjoy hududlarining sezilarli qismini ko’p qavatli binolar bilan almashtirish ko’zda tutilgan. Bunday shaharsozlik dissonanslari va noxushliklar boshqa tarixiy shaharlarda ham uchraydi. 9 O’zbekistonning boy tarixiy me’moriy–madaniy merosi va shaharlariga dunyoviy qiziqishning oshib borayotgan bir davrida bunday shaharsozlik xatoliklarining bartaraf etilishi zarur. Muammoni yechishning eng ishonchli yo’nalishlaridan biri–bu ushbu tarixiy shaharlar markazlari atrofidagi zamonaviy, tarixiy muhit talablariga javob bermaydigan imoratlar o’rniga an’anaviy turarjoylar arxitekturasi va tarixiy shaharlar muhitiga mos keluvchi yangi turarjoylarni tiklash va joylashtirishdir. Xo’sh, bunday turarjoylarni tiklash loyihalarini yaratish va ularni tarixiy shaharlar markazlari arxitekturasi va muhitiga moslashtirish bo’yicha Respublikamizda biron–bir ilmiy, ijodiy yoki amaliy ishlar bajarilganmi? Bunday ishlar Buxoro shahrining tarixiy markaziy qismida, Toshkentda Navoiy shoh ko’chasida va boshqa shaharlarda qisman, zamonaviy hayot ehtiyojlari asosida bajarilib kelinmoqda. Biroq bu sohadagi xorijiy tajribalarni o’rganish, tahlil qilish, o’zaro taqqoslash va ilmiy umumlashtirish asosida ilmiy asoslangan taklif va mulohazalar, loyihalar ishlab chiqilmagan. Mazkur tadqiqot ana shu zamonaviy muammo va ijtimoiy vazifalarni hal qilishga, ularni magistrlik dissertasiyasi doirasida yechishga qaratilgan dolzarb mavzuga yo’naltirilgan. Tadqiqot obyektini O’zbekiston tarixiy shaharlarida o’tmishda qurilgan va bizgacha saqlangan an’anaviy turarjoy binolari tashkil qiladi. Tadqiqot predmeti esa O’zbekiston tarixiy shaharlaridagi an’anaviy turarjoylar arxitekturasi va ularni o’sha tarixiy shaharlar muhitiga mos tarzda qayta tiklash va shakllantirish tamoyillarini o’rganishdir. Tadqiqot maqsadi va vazifalari. bu sohadagi Vatanimiz va xorijiy tajribalarni o’rganish, ilmiy tahlil qilish va umumlashtirish asosida O’zbekiston tarixiy shaharlari markazlari muhitiga mos keluvchi an’anaviy turarjoylar arxitekturasini tiklash va loyihalashning ilmiy asoslari va tamoyillarini shakllantirish, aniqlash va bu sohadagi dolzarb muammolarni yechishga qaratilgan takliflarni ishlab chiqishdir. Mazkur maqsadga erishish uchun tadqiqotda quyidagi ilmiy vazifalar qo’yilgan: - O’zbekiston tarixiy shaharlariga xos an’anaviy turarjoy binolarining arxitekturasini o’rganish; - Tarixiy shaharlar markazlari doirasida amalga oshirilayotgan Vatanimiz shaharsozlik tajribalarini tahlil qilish; - Tarixiy shaharlar misolidagi xorijiy shaharsozlik amaliyotining qayti tiklash tajribalarini o’rganish; - O’tkazilgan tadqiqotlar asosida tarixiy shaharlar markazlariga xos an’anaviy binolarining zamonaviy loyihalarini yaratish va ularni tarixiy muhitga mos holda shakllantirish tamoyillarini ishlab chiqish. O’zbekiston shaharlarining markazlari–eng nufuzli turistik ehtiyojlar va kelajak avlodlar uchun xizmat qiladigan merosiy obyektlardir. Bunday nufuzli joylar arxitekturasi tarixiy muhit va davrga mos va xos bo’lishligini ta’minla

Доказательный фрагмент

«We have beautiful historical cities, architectural monuments and complexes that show off Uzbekistan to the world, stir the minds of tourists, make them feel emotions, and today their position is known to the world.»

Образец извлечения

Демо-превью

We have beautiful historical cities, architectural monuments and complexes that show off Uzbekistan to the world, stir the minds of tourists, make them feel emotions, and today their position is known to the world. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
residential architectural and cultural heritage of our historical cities of, Xiva, Buxoro, Samarqand, Shaxrisabz, O’zbekiston, Qo’qon tarixiy shaharlarimiz turarjoy me’moriy–madaniy merosi., Toshkent
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

CiteX AI
Онлайн

Привет! Я ассистент CiteX. Помогу найти статьи, журналы или авторов — каждый ответ со ссылками на источники.

Войдите, чтобы задать вопрос ассистенту и сохранять историю.

Войти