К содержанию
РецензированоUZ1967

DRAMATIK ASARLARDA INTERTEKSTUALLIK VA UNING TURLARI

Imomova Ismigul Sirojiddin qizi

Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 91 · 1380-1396 · 1967

Аннотация

Ushbu tadqiqot ishimizda intertekstuallik tushunchasi, uning turlari va o’ziga xos xususiyatlari zamonaviy tilshunoslikka ushbu hodisaning kirib kelishi va tadqiq qilinishi haqida so’z yuritilgan. Dramatik matnni kitobxon tomonidan to’g’ri tushunilishi va matnni asl mazmun-mohiyatini anglab yetishida intertekstual birliklarning ahamiyati juda kattadir. Intertekstual birliklar haqida to’xtalib, ushbu hodisaning dramatik asardagi jihati izohlab berilgan. Kalit so’zlar: intertekstuallik, dramatik asar, intertekstual birliklar, alliteratsiya, epigraf, maqol, iboralar, alluziya, metafora. “Intertekstuallik” atamasi (inglizcha “intertextuality”, fransuzcha “intertextualite”) 1967- yilda poststrukturalizm nazariyachisi, fransuz olimasi Y.Kristeva tomonidan “Baxtin, so’z, dialog va roman” 1 risolasida ilmiy termin sifatida ishlatilgan. M.Baxtin intertekstuallik atamasini bevosita ishlatmagan bo’lsa-da, uning asarlari bu tushunchaning shakllanishiga kata ta’sir ko’rsatgan. U, ayniqsa, til, matn va madaniyat o’rtasidagi murakkab aloqalarni chuqur tahlil qilgan. M.Baxtinning bu qarashlari keyinchalik yuqorida aytilganidek, Y.Kristeva tomonidan intertekstuallik termini bilan umumlashtirilgan. Y.Kristeva M.Baxtinning dialogizm g’oyasidan ilhomlanib, matnlararo munosabatlarni yanada tizimli ravishda izohlashga harakat qilgan. “Har qanday matn sitatalar mozaikasidan tuzilgan va har qanday matn boshqa bir matn bilan o’zaro aloqada bo’ladi”, - deya Y.Kristeva ta’rif bergan. R.Beaugrande, N.Fairelough kabi olimlar ham intertekstuallikni matn tilshunosligidan paydo bo’lgan deydi. Ular matnshunoslik sohasida muhim nazariyotchilardan hisoblanib, ikkalasi ham tilni faqat grammatika emas, balki ijtimoiy va kontekstual hodisa sifatida o’rganishga harakat qilgan. Beaugrande intertekstuallikka quyidagicha ta’rif beradi: “Intertekstuallik – bu matnlar o’rtasidagi bog’liqlik, ya’ni yangi matnlar avvalgi matnlar asosida quriladi. Bu matnlar o’rtasidagi bog’liqlik mazmunni shakllantiradi va o’quvchi tomonidan tushunishni osonlashtiradi”.2 Intertekstuallik hodisasi shu paytgacha tilshunoslar, adabiyotshunoslar, faylasuflar, madaniyatshunoslar, umuman o‘rganish obyekti matn bo‘lgan bir qator soha olimlari tomonidan tadqiq qilingan va hali ham bu jarayon davom etmoqda. Intertekstuallik hodisasining bevosita lingvistikaga ham dahldorligi haqidagi qarashlar esa ingliz olimi Jonatan Kuller nomi bilan bog‘liq. U o‘zining “Пресуппозиция ва интертекстуаллик” nomli maqolasida intertekstuallikning matndan presupozitsiyaga bog‘liqligiga o‘z e’tiborini qaratdi3. Intertekstuallik muammosini o‘rgangan ko‘plab olimlar uning aksariyat hollarda badiiy adabiyot doirasida amal qilishini taʼkidlaydilar. Intertekstuallik til belgisi sifatida badiiy matnda turli shakllarda namoyon bo‘ladi. Masalan, 1 Kristeva J.Bakhtine, le mot, le dialogue et le roman Texte. / J. Kristeva // Critique, 1967. T. 23, № 239. 2 Beagrande R. A. De. Dressier W. Introduction to text linguistics. L.:N.Y.,1981. -XVI.-270p 3 Presupposition and Interrextuality Author (s): Jonathan Culler Source:MLN. Vol.91.NO.6. Comparative Literature(Dec., 1976). Pp. 1380-1396. 44 havolalar, allyuziya, aforizmlar kabi. Badiiy matnni tushunishda intertekstual birliklarning o‘rnini belgilash uchun uning turlariga to‘xtalishimiz lozim. Rus tilshunosi Fateva intertekstual birliklarni quyidagicha tasniflaydi: 1. Allyuziya 2. Reminissensiya 3. Epigraf 4. Sarlavha 5. Havola(sitata) 6. Aforizmlar 7. Maqol, matal4 Badiiy matndagi intertekstual elementlar birlashib uning yaxlit mazmunini ifodalash, asar ekspressivligini oshirish va, albatta, qo’shimcha ma’lumot berish uchun xizmat qiladi. Boshqacha qilib aytganda, intertekstuallik hodisasi o’quvchi uchun tanish bo’ladi va badiiy matnning qabul qilinishini osonlashtiradi. Bundan tashqari rus tilshunosi Fateva fikrini to’ldirgan holda o’zbek tilshunoslari intertekstual birliklarning bir nechta turlarini sanab, unga quyidagilarni kiritib o’tgan: alluziya, reminisensiya, epigraf, oksimoron, pretsedent birliklar, geminatsiya, tagma’no, iboralar, maqollar, matallar, alliteratsiya, assonans, ko’chimlar (metafora, metonimiya, ironiya), parafraza, anaphora, epifora, iqtibos va ellipsis. Biz ushbu kichik tadqiqotimizda intertekstual birliklarning birinchi turi haqida so‘z yuritamiz va badiiy matnni tushunishdagi ahamiyatiga to‘xtalamiz. Alliteratsiya adabiy asarlarning musiqiyligini oshiradi, ularga ritm va melodiyalik beradi hamda o‘quvchiga esda qolarli ta’sir ko‘rsatadi. Dramatik asarlarda ham bu hodisa ko’p qo’llaniladi. Ayniqsa she’riy dramalarda yaqqol musiqiylikni hosil qiladi. Masalan Usmon Nosirning “Atlas” she’riy dramasida ham musiqiylikni, ohangdoshlikni hosil qilishda alliteratsiyaning go’zal turlaridan foydalanilgan5. U keldi, qonimga qon qo’shgan tabib, U keldi, ruhimga sevinchlar taqdi, U keldi, ishqimni aylab ixtiyor. U keldi, nurlardan yaralgan malak [5.192] Ushbu asarda Usmon Nosir student Orzumand nutqida juda ko’plab alliteratsiya vositasini qo’llash

Доказательный фрагмент

«Ushbu tadqiqot ishimizda intertekstuallik tushunchasi, uning turlari va o’ziga xos xususiyatlari zamonaviy tilshunoslikka ushbu hodisaning kirib kelishi va tadqiq qilinishi haqida so’z yuritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu tadqiqot ishimizda intertekstuallik tushunchasi, uning turlari va o’ziga xos xususiyatlari zamonaviy tilshunoslikka ushbu hodisaning kirib kelishi va tadqiq qilinishi haqida so’z yuritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
alliteratsiya, intertekstual birliklar, metafora., maqol, epigraf, alluziya, intertekstuallik, dramatik asar, iboralar
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

CiteX AI
Онлайн

Привет! Я ассистент CiteX. Помогу найти статьи, журналы или авторов — каждый ответ со ссылками на источники.

Войдите, чтобы задать вопрос ассистенту и сохранять историю.

Войти