American Journal Of Social Sciences And Humanity ResearchRo’zmetova Farangiz Azamatovna2024
O‘ZBEK ADABIYOTIDA AN’ANAVIYLIK VA ZAMONAVIYLIK
Yoqubov Jamoldin Madamin oʻgʻli
Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026
Аннотация
This article presents a scholarly analysis of the interrelation between tradition and modernity in Uzbek literature. It explores their historical foundations, stages of development, and representation in the contemporary literary process. The continuity between the classical heritage of figures like Yassawi, Nava’i, and Mashrab and the literary innovations of modern authors such as Hamid Ismailov, Erkin A’zam, and Khurshid Dustmuhammad is examined. Special attention is paid to the modern reinterpretation of traditional forms, the balance between continuity and innovation in literature. Kalit so‘zlar: o‘zbek adabiyoti, an’anaviylik, zamonaviylik, klassik meros, zamonaviy adiblar, postmodernizm, badiiy tafakkur, adabiy izlanish. Ключевые слова: узбекская литература, традиционность, современность, классическое наследие, современные писатели, постмодернизм, художественное мышление, литературные поиски. Keywords: Uzbek literature, tradition, modernity, classical heritage, contemporary writers, postmodernism, literary thinking, artistic innovation. Adabiyot har bir xalqning ma'naviy hayotida muhim o‘rin tutadi. O‘zbek adabiyoti esa boy tarixiy ildizlarga ega bo‘lgan holda, turli davrlar davomida an’anaviylik va zamonaviylik o‘rtasida uzviy aloqani saqlab kelgan. Bugungi kunda adabiyotshunoslikda bu ikki tushuncha o‘zaro qarama-qarshi emas, balki bir-birini to‘ldiruvchi hodisa sifatida talqin qilinmoqda. An’anaviylik deganda o‘zbek xalqining asrlar davomida shakllangan madaniy, estetik qarashlari, ifoda vositalari, obrazlar tizimi tushunilsa, zamonaviylik esa yangi davr adabiyotida vujudga kelgan yangicha g‘oyaviy-estetik yondashuvlarni anglatadi. Mazkur maqolada O‘zbek adabiyotidagi an’anaviylik va zamonaviylik munosabatlari, ularning o‘zaro uyg‘unligi, hamda zamonaviy adabiyotda klassik an’analarning qanday davom 19 etayotgani tahlil qilinadi. Bu borada klassik va zamonaviy adiblar ijodi, adabiyotshunos olimlarning fikrlari asosida ilmiy yondashuv qo‘llaniladi. An’anaviylik tushunchasi va uning O‘zbek adabiyotidagi ildizlari. Adabiyotda an’anaviylik deganda, avvalo, xalqning tarixiy, ma’naviy, estetik qadriyatlariga asoslangan ijodiy mezonlar tushuniladi. Bu mezonlar og‘zaki va yozma adabiyot orqali asrlar davomida shakllangan bo‘lib, milliy o‘zlikni ifodalovchi asosiy omil hisoblanadi. O‘zbek adabiyotida an’anaviylik ilk og‘zaki ijod namunalaridan boshlab, Yassaviy, Navoiy, Mashrab kabi klassiklar ijodida to‘la mujassam bo‘lgan. Xususan, Ahmad Yassaviyning hikmatlari o‘zbek adabiyoti uchun diniy-ma’rifiy g‘oyaning asosiy manbai bo‘lib xizmat qilgan. Uning tasavvufiy falsafaga asoslangan g‘oyaviy- estetik qarashlari keyingi avlod adiblariga kuchli ta’sir ko‘rsatgan: “Yassaviy hikmatlari orqali tasavvufiy tafakkur va xalqona ifoda uslubi o‘zbek adabiyotining mohiyatini belgilab berdi” 1 Alisher Navoiy adabiyotimizda an’anaviylikni shakllantirgan va uni eng yuksak cho‘qqiga olib chiqqan siymo sifatida baholanadi. U Sharq adabiy an’analarini chuqur anglagan holda, turkiy tilda mumtoz badiiylikni yaratdi: “Navoiy ijodi Sharq mumtoz an’analarining timsoli bo‘lib, badiiy tafakkurning milliy ifodasi sifatida shakllangan” 2 Boborahim Mashrab esa tasavvuf va xalqona lirikani o‘zaro uyg‘unlashtirib, o‘z davri adabiyoti uchun an’anani davom ettirdi. Uning she’rlari xalq orasida keng tarqalgan bo‘lib, o‘zbek lirikasi tarixida katta o‘rin tutadi: “Mashrab ijodida xalq ruhi, xalqona obrazlar va tasavvufiy g‘oyalar sintez holatida namoyon bo‘ladi” 3 Klassik adabiyotimizda o‘ziga xos janrlar tizimi ham shakllangan: masnaviy, ruboiy, g‘azal, qasida kabi shakllar ijodda an’anaviylik asosini tashkil etgan. Ushbu janrlar orqali shoirlar o‘z davrining ijtimoiy, axloqiy, diniy masalalariga munosabat bildirganlar: “G‘azal va ruboiylar o‘zbek adabiyotida asrlar davomida ma’naviy-falsafiy an’analarni uzviy tarzda saqlagan janrlar bo‘lib xizmat qilgan” 4. Shunday qilib, o‘zbek adabiyotida an’anaviylik faqat shakl yoki obraz emas, balki xalq tafakkuri va ma’naviyati bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy-madaniy hodisadir. Bu jihatlar zamonaviy adabiyotda ham o‘z aksini topmoqda, lekin yangicha talqinlarda. Zamonaviylikning shakllanishi va ifodalanishi. O‘zbek adabiyotida zamonaviylik masalasi XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab dolzarb mavzulardan biriga aylandi. Bu davrda adabiyot jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlarga mos ravishda yangicha shakl va mazmun kasb eta boshladi. Ilk modernistik tendensiyalar XX asr boshlarida, jadid adabiyotida sezilgan bo‘lsa-da, ular Sovet davrida qat’iy ideologik nazoratga duch kelgan edi. Zamonaviylik avvalo mazmunda namoyon bo‘ldi. Adabiyot insonning ichki kechinmalari, ruhiy iztiroblari, jamiyatdagi ziddiyatlar va axloqiy muammolarni ilgari suruvchi vositaga aylandi. Bu borada Odil Yoqubov, Pirimqul Qodirov, Said Ahmad kabi yozuvchilar ijodi alohida ahamiyatga ega: “XX asrning ikkinchi yarmida o‘zbek nasrida insoniylik, axloqiy tanlov, shaxsiy muammolar markazga chiqdi. Bu — zamonaviylikning
Доказательный фрагмент
«This article presents a scholarly analysis of the interrelation between tradition and modernity in Uzbek literature.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article presents a scholarly analysis of the interrelation between tradition and modernity in Uzbek literature. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Uzbek literature, tradition, modernity, classical heritage, contemporary, zamonaviylik, o‘zbek adabiyoti, klassik meros, badiiy tafakkur, postmodernizm, adabiy izlanish., zamonaviy adiblar, an’anaviylik
Смежные источники
Журнал Основы социальных и гуманитарных исследованийPAGE NO. -, Ethnographic Insights Into +62025
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021