К содержанию
РецензированоUZ2026

O‘ZBEKISTON IJTIMOIY SIYOSATIDA INKLYUZIV AMALIYOT VA TASHABBUSLAR

Maxmanazarova Malika Anvarovna

Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026

Аннотация

Ushbu tezisda, O‘zbekistonda ijtimoiy siyosat doirasida amalga oshirilayotgan inklyuziv amaliyot va tashabbuslar tahlil qilingan. Unda nogironligi bo‘lgan shaxslar, yolg‘iz keksalar, bolalar, ayollar va yoshlarni ijtimoiy hayotga jalb etish maqsadida qabul qilingan qonunlar, ijtimoiy xizmatlar tizimi, ta’lim va sog‘liqni saqlashda inklyuzivlikni ta’minlashga qaratilgan strategik choralar yoritilgan. Shuningdek, “Mehribonlik uylari”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” kabi tizimlar orqali aholining ehtiyojmand qatlamlariga ko‘rsatilayotgan yordam va yaratilayotgan qulayliklar tahlil etiladi. Inklyuziv siyosatning ijtimoiy barqarorlik va taraqqiyotdagi o‘rni alohida ko‘rsatib berilgan. Kalit so‘zlar: inklyuziv siyosat, ijtimoiy himoya, ijtimoiy xizmatlar, nogironlar huquqlari, yoshlar siyosati, Mehribonlik uylari, ta’limda inklyuzivlik. Ijtimoiy siyosat — bu davlat tomonidan aholining farovonligini ta’minlash, ijtimoiy tenglikni mustahkamlash va himoyaga muhtoj qatlamlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar va dasturlar tizimidir. Bu siyosat aholining turmush darajasini oshirish, ishsizlikni kamaytirish, sifatli ta’lim va sog‘liqni saqlash xizmatlarini taqdim etish, ijtimoiy himoya tizimini rivojlantirish kabi ko‘plab yo‘nalishlarni qamrab oladi. U orqali nogironlar, kam ta’minlangan oilalar, yolg‘iz keksalar kabi ehtiyojmand guruhlarga yordam ko‘rsatiladi. Ijtimoiy siyosat iqtisodiy o‘sishni inson kapitali bilan uyg‘unlashtirib, jamiyatda barqarorlik va adolatni ta’minlashga xizmat qiladi. O‘zbekistonda ijtimoiy siyosatning hozirgi holati davlatning barqaror taraqqiyotga erishishdagi ustuvor yo‘nalishlari bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, bir necha asosiy sohalarda sezilarli ijobiy o‘zgarishlar kuzatilmoqda. 2022-yilda qabul qilingan ijtimoiy himoya strategiyasi asosida 2023-yilda yagona ijtimoiy reyestr orqali 336 000 ga yaqin kam ta’minlangan oilalar qamrab olindi. Natijada, bolalar orasida kambag‘allik darajasi 21,5 foizdan 13,7 foizga tushdi, bu 860 000 bola sonining qisqarishiga teng. 2024-yil uchun ijtimoiy himoya sohasiga ajratilgan budjet 20,3 trillion so‘mga yetdi va bu yalpi ichki mahsulotning 1,4 foizini tashkil etdi. Yangi tizimlar joriy qilinishi natijasida ijtimoiy yordam samaradorligi ortdi va kambag‘allik 3 barobar kamaydi. Ijtimoiy xizmatlar va inklyuzivlik yo‘nalishida “Inson” markazlari hamda 208 ta ijtimoiy xizmat markazlari aholiga 95 turdagi xizmat ko‘rsatmoqda. Yolg‘iz keksalar va nogironlar uchun mahallalarda ko‘mak ko‘rsatish amaliyoti yo‘lga qo‘yilgan. 2025-yil davomida yana 600 000 fuqaroga “ijtimoiy karta” joriy etilishi kutilmoqda. Ushbu karta orqali kommunal to‘lovlar va transport xizmatlari uchun avtomatik subsidiya tizimi ishlab chiqilmoqda. Bandlik va ijtimoiy sug‘urta sohasida 2024–2026 yillarga mo‘ljallangan strategiyada ijtimoiy sug‘urta tarmog‘ini yaratish, kam ta’minlangan oilalarni shartnoma asosida qo‘llab- quvvatlash, “Temir daftari”, “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari”ni yagona reyestrga integratsiya qilish belgilangan. 2024-yilning 19-oktyabrida qabul qilingan qonun asosida 79 ijtimoiy xizmatlar tizimi yanada kengaytirildi va nogironlar hamda yordamga muhtoj aholining qamrovi oshirildi. Ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalarida inklyuzivlikni oshirish ijtimoiy siyosatning ustuvor yo‘nalishiga aylangan. Maktabgacha va maktab ta’limida inklyuziv o‘qituvchilar tayyorlash yo‘lga qo‘yilgan, jumladan Fransiya tajribasi o‘rganilmoqda. Sog‘liqni saqlash tizimida esa menejment kurslari tashkil etilib, soha xodimlarining boshqaruv salohiyati kuchaytirilmoqda. Energetika va yashil iqtisodiyot sohasida ham inklyuziv yondashuv kuchaymoqda. “Ijtimoiy davlat” tamoyiliga asoslangan “O‘zbekiston–2030” strategiyasi doirasida ekologiya, yoshlar va ayollarni qo‘llab-quvvatlash, ekoinvestitsiyalarni rag‘batlantirish kabi tashabbuslar ilgari surilgan. Oʻzbekiston ijtimoiy siyosatida inklyuziv amaliyot va tashabbuslar so‘nggi yillarda ustuvor yo‘nalishlardan biriga aylangan. “Hech kim e’tibordan chetda qolmasligi kerak” tamoyili asosida hukumat aholining barcha qatlamlarini, ayniqsa nogironlar, yolg‘iz keksalar, kam ta’minlanganlar, ayollar va yoshlarni ijtimoiy hayotga jalb qilish uchun keng qamrovli inklyuziv tashabbuslarni yo‘lga qo‘ymoqda. 2021-yilda Oʻzbekiston Respublikasi “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi BMT konvensiyasiga qo‘shildi. Shundan so‘ng “Nogironlar huquqlari to‘g‘risida”gi qonun va “Ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida”gi qonun kabi normativ-huquqiy asoslar qabul qilindi. Ushbu qonunlar inklyuziv siyosatni huquqiy jihatdan mustahkamlab berdi. Maktabgacha va maktab ta’limi tizimida nogironligi bo‘lgan bolalarga maxsus sharoitlar yaratish ishlari olib borilmoqda. 2022-yilgi Prezident qarori asosida 150 dan ortiq maktabda inklyuziv sinflar tashkil etildi. O‘qituvchilar uchun maxsus kurslar yo‘lga qo‘yilib, ularning defektologik va psixologik tayyorgarligi kuchaytirilmoqda. Fransiya, Germaniya va Rossiya tajribasi asosida kadrlar malakasi oshiril

Доказательный фрагмент

«Ushbu tezisda, O‘zbekistonda ijtimoiy siyosat doirasida amalga oshirilayotgan inklyuziv amaliyot va tashabbuslar tahlil qilingan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu tezisda, O‘zbekistonda ijtimoiy siyosat doirasida amalga oshirilayotgan inklyuziv amaliyot va tashabbuslar tahlil qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ijtimoiy xizmatlar, inklyuziv siyosat, nogironlar huquqlari, ijtimoiy himoya, yoshlar siyosati, ta’limda inklyuzivlik., Mehribonlik uylari
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

CiteX AI
Онлайн

Привет! Я ассистент CiteX. Помогу найти статьи, журналы или авторов — каждый ответ со ссылками на источники.

Войдите, чтобы задать вопрос ассистенту и сохранять историю.

Войти