American Journal Of Social Sciences And Humanity ResearchRo’zmetova Farangiz Azamatovna2024
ADVOKATURA VA ADVOKATLIK FAOLIYATI PRINSIPLARINI TAKOMILLASHTIRISHDA SUN’IY INTELLEKTDAN FOYDALANISH IMKONIYATLARI
Jalilov Nodirbek Komil o‘g‘li
Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2022
Аннотация
Advokatlik faoliyatini rivojlantirish va uning fundamental prinsiplarini takomillashtirishda raqamli transformatsiya va sun’iy intellekt texnologiyalari muhim imkoniyatlar taqdim etmoqda. Ushbu maqola advokatura sohasida raqamli vositalar va sun’iy intellektdan foydalanishning amaliy va nazariy jihatlarini atroflicha o‘rganadi. Xususan, huquqiy hujjatlarni avtomatlashtirish, mijozlar bilan muloqotni optimallashtirish, huquqiy tahlil va tadqiqot jarayonlarini tezkorlashtirish hamda qaror qabul qilishda sun’iy intellektning yordami tahlil qilinadi. Shu bilan birga, raqamli transformatsiyaning advokatlik faoliyatining axloqiy me’yorlari, maxfiylik va ma’lumotlar xavfsizligiga ta’siri ko‘rib chiqiladi. Maqola advokatura sohasida innovatsion yondashuvlarni joriy etish orqali huquqiy xizmatlarning sifati, samaradorligi va foydalanuvchilar uchun ochiqligini oshirishga qaratilgan istiqbolli yechimlarni muhokama qiladi, shu bilan birga ushbu jarayonda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan huquqiy va axloqiy muammolarni bartaraf etish yo‘llarini ko‘rsatadi. Kalit so‘zlar: Advokatura, advokatlik faoliyati, raqamli transformatsiya, sun’iy intellekt, huquqiy hujjatlar, avtomatlashtirish, huquqiy tahlil, mijozlar bilan muloqot, maxfiylik, axloqiy me’yorlar, ma’lumotlar xavfsizligi, innovatsiyalar, huquqiy xizmatlar, samaradorlik, adolatli xizmat. O‘zbekiston advokatura sohasida raqamli transformatsiya va sun’iy intellekt joriy etish bo‘yicha dastlabki qadamlar tashlamoqda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-avgustdagi “Advokatlik faoliyatini maxsus elektron tizim orqali litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”1gi 432-son qarori bilan advokatlik faoliyatini raqamli litsenziyalash joriy etilgan, yangi litsenziyalar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali berila boshlandi. Advokatura faoliyatidagi ortiqcha sansalorlik, byurokratiya va qog‘ozbozlikni bartaraf etish, sudlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va boshqa davlat organlari bilan elektron hujjat almashinuvini yo‘lga qo‘yish maqsadida 2022-yil 30-mayda O‘zbekiston Prezidentining “Advokatura faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Ushbu qarorga ko‘ra muhim o‘zgarishlar sifatida quyidagilarni ta’kidlash lozim: advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziya berish jarayoni talabgor tomonidan malaka imtihonini topshirishning amaldagi tartibini saqlab qolgan holda “Litsenziya” axborot tizimi orqali amalga oshiriladi va rasmiylashtiriladi; advokatlik tuzilmalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, qayta ro‘yxatdan o'tkazish va tugatish faqat “yagona darcha” tamoyili asosida O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron shaklda amalga oshiriladi; advokatlik faoliyatini boshlashda malaka imtihonini topshirish, advokatlik 1 https://lex.uz/docs/6143599 145 faoliyatiga litsenziya olish va advokatlik byurosini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha kompleks xizmat ko‘rsatish alohida ta’kidlangan. Bundan tashqari, fuqarolarga yuridik yordam ko‘rsatish jarayonlarini raqamlashtirish, advokatura sohasini sudlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar, shuningdek, boshqa davlat organlari faoliyati bilan integratsiya qilishni nazarda tutuvchi “Yuridik yordam” axborot tizimining ishga tushirilishi advokatlar uchun qator imkoniyatlar yaratdi. Xususan, advokatlarning elektron reestri va advokatlarning shaxsiy elektron kabinetini shakllantirish, advokat maqomini o‘z arizasiga ko‘ra to‘xtatib turish elektron xabarnoma shaklida amalga oshirilishi belgilandi, advokatlik tuzilmalari tomonidan muayyan ishni yuritish uchun advokatlarga beriladigan an'anaviy shakldagi order maqomiga teng bo‘lgan maxsus QR-kodga ega “Elektron advokatlik orderi”ni berish amaliyoti joriy etilmoqda. “Yuridik yordam” axborot tizimi joriy etilishi munosabati bilan asosiy o‘zgarishlardan biri advokatlarni inson omilisiz elektron tarzda tasodifiy tanlash orqali davlat hisobidan ishga jalb etish tartibi belgilanganligidir2. Aytishimiz lozimki, hozirda Qozog‘istonda Kiberhuquq maktabi ochilgan bo‘lib faoliyat yuritib kelmoqda. CyberLaw School – bu advokatlar, huquqshunoslar va axborot xavfsizligi bo‘yicha mutaxassislar uchun Internet va ITdan foydalanish bilan bog‘liq ishlarda o‘zlarining huquqiy malakalarini oshirish imkonini beruvchi intensiv kursdir. Raqamli makonni rivojlantirishning o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda kompetensiyalarni rivojlantirishga, shuningdek, kurs tinglovchilari o‘z kasbiy faoliyatida yangi axborot texnologiyalari va raqamli platformalardan foydalanishlari mumkin bo‘lgan shunday treninglarga e’tibor qaratiladi3. O‘zbekiston va xorijiy davlatlarning taqqoslamali tahlili Me’zonlar O‘zbekiston Xorijiy davlatlar (o‘rtacha) Raqamli 70% advokatlar “Yuridik 75-82% advokatlar raqamli platformalardan yordam” tizimiga integratsiya platformalardan foydalanadi (AQSh, foydalanish qilingan Buyuk Bri
Доказательный фрагмент
«Advokatlik faoliyatini rivojlantirish va uning fundamental prinsiplarini takomillashtirishda raqamli transformatsiya va sun’iy intellekt texnologiyalari muhim imkoniyatlar taqdim etmoqda.»
Образец извлечения
Демо-превьюAdvokatlik faoliyatini rivojlantirish va uning fundamental prinsiplarini takomillashtirishda raqamli transformatsiya va sun’iy intellekt texnologiyalari muhim imkoniyatlar taqdim etmoqda. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Advokatura, adolatli xizmat., raqamli transformatsiya, avtomatlashtirish, huquqiy tahlil, mijozlar bilan muloqot, advokatlik faoliyati, huquqiy xizmatlar, axloqiy me’yorlar, samaradorlik, innovatsiyalar, sun’iy intellekt, huquqiy hujjatlar, ma’lumotlar xavfsizligi, maxfiylik
Смежные источники
Журнал Основы социальных и гуманитарных исследованийPAGE NO. -, Ethnographic Insights Into +62025
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021