К содержанию
РецензированоRU2026

RAUF PARFI SHE’RIYATI LEKSIK-SEMANTIK XUSUSIYATLARINI TADQIQ ETISHDA AVTOMATIK TAHLIL USULLARIDAN FOYDALANISH

Rayimjonova Matluba Maxamadkarimovna · Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat · Rayimjonova Matluba Makhamadkarimovna · Literature named after Alisher Navoi (PhD student Tashkent State University of Uzbek Language and) · РАУФ ПАРФИ (PhD student Tashkent State University of Uzbek Language and) · Райимжонова Матлюба Махамадкаримовна (PhD student Tashkent State University of Uzbek Language and)

Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 3 · 198–202 · 2026

Аннотация

В данной статье рассматриваются методы лексико-семантического анализа поэтических текстов. Обсуждается роль автоматического определения и классификации лингвопоэтической системы стихотворений. Ключевые слова: лексико-семантический анализ, лингвопоэтический анализ, поисковая система, ключевое слово, конкорданс. O‘zbek tilshunosligida badiiy asarlar matni tahlili bilan bog‘liq muammolarni yoritishda til imkoniyatlarining rivojlanish, shakllanish omillari, leksik-semantik, milliy-mental xususiyatlarini ochib berishga yo‘naltirilgan tadqiqotlarga ehtiyoj ortib bormoqda. Badiiy matnni lisoniy tahlil qilish jarayonida yozuvchining tildan foydalanish mahoratini namoyon etadigan, emotsional-ekspressiv ifoda semalari qabariq holda reallashgan leksik birliklarni aniqlash va ular adibning badiiy-estetik maqsadiga qay darajada xizmat qilgani haqida mulohaza yuritish talab qilinadi. Buning uchun badiiy asar tilidagi ma’nodosh, shakldosh, zid ma’noli, ko‘p ma’noli, tarixiy va arxaik so‘zlar, yangi yasalmalar, shevaga oid so‘zlar, chet va 151 vulgar so‘zlar ajratib olinadi va asarga nima maqsad bilan olib kirilganligi izohlanadi1. She’riyat adabiyotda juda o‘ziga xos janrdir, chunki unga xos bo‘lgan xususiyat she’riy asarning tilidir. She’rlar, odatda, hikoya va boshqa adabiy janrlarga qaraganda qisqaroq bo‘ladi, lekin ular qo‘llanilgan so‘zlar sonidan ko‘proq narsani aytib beradi2. She’rlarning mazmuni ulardagi tayanch so‘zlarning ma’nosini ochish va kengaytirishdan kelib chiqadi. She’riy matnlarni leksik-semantik jihatdan tahlil qilish bo‘yicha jahon va o‘zbek tilshunosligida bir qancha tadqiqotlar amalga oshirilgan. Jahon adabiy-lingvistik tadqiqotlarida she’rlarning leksik-semantik tahlili ikki asosiy yo‘nalishda rivoj topgan: 1. Nazariy-kognitiv yondashuv — R. Jakobson, M. Riffaterre, G. Leech, M.A.K. Halliday kabi olimlar tomonidan ishlab chiqilgan bu yondashuvda she’riy matndagi so‘zlarning ichki semantik tuzilishi, metafora va obrazlar tizimi, poetik uslub, stilistik deviatsiyalar singari hodisalar asosiy tahlil obyekti bo‘ladi. Bu yondashuvda tilga fikr va his-tuyg‘ularni ifodalovchi kognitiv vosita, she’rga esa ma’no yaratish modeli sifatida qaraladi3. 2. Raqamli-korpus yondashuvi — bu yo‘nalish zamonaviy texnologiyalar, sun’iy intellekt va statistik lingvistika yutuqlariga tayangan holda shakllandi. Z. Goodarzi, Fang & Lo, M.Jacobs, P.S.Baranovskiy kabi tadqiqotchilar poetik matnlarni millionlab so‘zli korpuslar asosida semantik tarmoqlar, konnotatsiyalar, emotsional yuklama, tasviriy qatlamlar bo‘yicha avtomatik tahlil qilish usullarini ishlab chiqdilar4. Bunda NLP (Natural Language Processing), LSA (Latent Semantic Analysis), sentiment analysis kabi ilg‘or metodlar qo‘llanilmoqda. She’riy matnni leksik-semantik tahliliga oid nazariy va kognitiv yondashuv asosida olib borilgan tadqiqotlar talaygina. Oʻtgan asrning oxiri va asrimiz boshlarida lingvopoetika muammolari tadqiqiga bagʻishlangan qator dissertatsiyalar yoqlandi, monografiyalar e’lon qilindi. I.Mirzayevning «She’riy matnni lingvopoetik talqin qilish muammolari» nomli doktorlik dissertatsiyalari, G.Muhammadjonovaning “80-yillar oxiri 90-yillar boshlari oʻzbek she’riyatining lingvopoetik tadqiqi”, S.Maqsumovaning “E.Vohidov asarlarida konnotativlikning ifodalanishi”, A.Shofqorovning “Mirtemir she’riyatida takrorning ma’noviy- uslubiy xususiyatlari”, D.Shodiyevaning «Muhammad Yusuf she’riyati lingvopoetikasi» nomli nomzodlik dissertatsiyalari, M.Muhiddinov va S.Karimovlarning “G‘afur G‘ulomning poetik mahorati”, B.Choriyevning “G‘afur G‘ulom poeziyasining leksik-semantik xususiyatlari” kabi monografiyalari shular jumlasidandir5. 1Yo‘ldoshev M, Isaqov Z, Haydarov Sh. Badiiy matnning lisoniy tahlili. -Toshkent: Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2010. B.-30 2 V. Shklovsky, Russian Formalist Criticism: Four Essays, -Linclon: Nebraska University Press, 1995. 3 Jakobson R. “Linguistics and Poetics.” In Style in Language, MIT Press, 1960 // Riffaterre M. Semiotics of Poetry. Indiana University Press, 1978 // Leech G. A Linguistic Guide to English Poetry. Longman, 1969// Halliday M.A.K. An Introduction to Functional Grammar. Edward Arnold, 1985. 4 Goodarzi Z. Semantic Ordering of Lexical Choices in Poetry: Implications for Literary Translation. PALA Proceedings. 2010// Fang A.C, Lo F, Chinn C.K. Adapting NLP and Corpus Analysis Techniques to Structured Imagery Analysis in Classical Chinese Poetry. ACL Workshop. 2009// Jacobs A.M. The Gutenberg English Poetry Corpus: Exemplary Quantitative Narrative Analyses. Frontiers in Digital Humanities. 2018.// Брановский С.П. Лексикографическое описание поэтической системы Бориса Рыжего: квантитативный аспект. Канд. филол. наук (PhD) дисс. автореф. – Калининград, 2024 5 Mirzayev I. She’riy matnni lingvopoetik talqin qilish muammolari. Filol. fan. d-ri (DSc)...diss.- Toshkent, 2010// Muhammadjonova G. 80-yillar oxiri – 90-yillar boshlaridagi o‘zbek she’riyatining lingvopoetik tadqiqi. Filol.

Доказательный фрагмент

«В данной статье рассматриваются методы лексико-семантического анализа поэтических текстов.»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной статье рассматриваются методы лексико-семантического анализа поэтических текстов. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
lexical-semantic analysis, lingvo-poetic analysis, search system, keyword, leksik-semantik tahlil, konkordans., qidiruv tizimi, lingvopoetik tahlil, kalit so‘z
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

CiteX AI
Онлайн

Привет! Я ассистент CiteX. Помогу найти статьи, журналы или авторов — каждый ответ со ссылками на источники.

Войдите, чтобы задать вопрос ассистенту и сохранять историю.

Войти