К содержанию
РецензированоUZ2026

IQTISODIYOTDA SUN’IY INTELLEKDAN FOYDALANISHNING SAMARASI

Ismoilova Gulrux Arislon qizi

Наука и технология в современном мире · 2026

Аннотация

This article analyzes the practical effectiveness of using Artificial Intelligence (AI) in the economy. The possibilities of increasing labor productivity, optimizing resources, automating business processes, and creating new professions through AI technologies are examined. Examples of AI implementation in the USA, Europe, and developing countries are also discussed. The results confirm that AI usage not only increases revenue but also enhances the global competitiveness of countries. Keywords. Artificial Intelligence, Automation, Economic Efficiency, Digital Economy, Big Data, Business Strategy, Labor Productivity. Аннотация. В статье проводится анализ практической эффективности использования искусственного интеллекта (ИИ) в экономике. Исследуются возможности повышения производительности труда, оптимизации ресурсов, автоматизации бизнес-процессов и создания новых профессий с помощью технологий ИИ. Также рассматриваются примеры внедрения ИИ в США, Европе и развивающихся странах. В результате анализа подтверждается, что использование ИИ способствует не только увеличению доходов, но и повышению уровня глобальной конкурентоспособности стран. Ключевые слова. Искусственный интеллект, Автоматизация, Экономическая эффективность, Цифровая экономика, Большие данные, Бизнес-стратегия, Производительность труда Kirish. Zamonaviy iqtisodiy jarayonlarda sun'iy intellekt (SI) tez rivojlanayotgan inqilobiy vosila sifatida o'z o'rnini mustahkamlamoqda. SI — bu odam bayaqlari bilan bog'liq bo'lgan funksiyalarni bajaruvchi dasturiy vositalar to'plami bo'lib, u orqali murakkab hisob- kitoblardan tortib, ishlab chiqarish jarayonlarigacha bo'lgan ko'plab vazifalar avtomatlashtirilmoqda. [1][2] Bugungi kunda korxonalarning 83 foizi SI texnologiyalarini biznes rejalarida ustuvor deb bildirishini ta’kidlaydi, 48 foizi esa katta ma'lumotlardan samarali foydalanish uchin sun'iy intellektning ba'zi shakllaridan foydalanadi. Netflix kabi kompaniyalar esa avtomatlashtirilgan shaxsiy tavsiyalardan har yili taxminan 1 milliard dollar daromad olishini e'lon qilgan.[3] 83 ` Shu bilan birga, SI iqtisodiy samaradorlikni oshirishda ham muhim rol o'ynamoqda: AQSHning sun'iy intellekt bozori 2026-yilga borib 299,64 milliard dollarga yetishi kutilmoqda, jahon bozori hajmi esa 2030-yilga kelib 1,35 trillion dollarga yetadi degan bashoratlar bor. Shu asosda iqtisodiyotda SI dan foydalanish faqatgina mehnat unumdorligini oshirmasdan, balki yangi kasblar vujudga keltirish, resurslarni optimallashtirish hamda mamlakatlarning global raqobatbardoshligini oshirish imkonini ham beradi.[4][5][6] Ushbu maqolada iqtisodiyotda sun'iy intellektdan foydalanishning amaliy natijalari, uning xususiy hamda davlat sektoriga ta’siri chuqur tahlil qilinadi. Buning natijasida paydo bo'layotgan iqtisodiy muammolar aniqlanib, ularni hal etish yo'llari taklif etilmoqda. Mavzuga oid adabiyotlar tahlili. Zamonaviy iqtisodiy jarayonlarda sun'iy intellekt (SI) vositalaridan foydalanishning samaradorligi jahon miqyosida chuqur o'rganilmoqda. Mavzuga oid adabiyotlar tahlil qilinganda quyidagi asosiy yo'nalishlar belgilanmoqda: SI ning mehnat bozori, biznes jarayonlari, resurslardan foydalanish hamda global iqtisodiy rivojlanishga ta'sirini World Economic Forumning The Future of Jobs Report (2023) [1] hujjatida sun'iy intellekt hamda avtomatlashtirish natijasida kasblar tarkibining qanday o'zgarayotgani, yangi kasblarning vujudga kelishi hamda an'anaviy ish joylarining kamayishi haqida batafsil axborot berilgan. Mazkur hisobotda SI texnologiyalarining global mehnat bozoriga ta'siri chuqur tahlil qilingan bo'lsada, rivojlanayotgan mamlakatlardagi alohidaliklar yetarli darajada ko'rib chiqilmagan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni va kripto-aktivlar aylanmasi sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3832-sonli Qarori [2] mahalliy sharoitda SI dan foydalanishning amaliy tomonlarini namoyish etadi. Ushbu hujjatda kadrlar tayyorlash, dasturiy vositalarni joriy etish, shuningdek, davlat xizmatlarini raqamlashtirish masalalari aks ettirilgan. Brynjolfsson va McAfee tomonidan yozilgan Artificial Superintelligence: A Flexible Approach (2017) kitobida [3] SI mexanizmlarining inson faoliyatiga ta'siri nazariy jihatdan yoritilgan. Ushbu asarda iqtisodiy o'zgarishlarning mexanizmlari chuqur tahlil qilingan bo'lsa ham, amaliy jihatdan aniq siyosat takliflari yetarli emas. Fordning Rise of the Robots: Technology and the Threat of a Jobless Future (2015) asarida [5] avtomatlashtirish natijasida ijtimoiy tengsizlikning ortishi, malakasiz ishchi kuchining bekor bo'lib ketishi kabi muammolar chuqur o'rganilgan. Ushbu ishda taklif etilgan Universal Basic Income (UBI) konsepsiyasi zamonaviy jamiyat uchun foydali bo'lishi mumkin, lekin uning amalga oshirilish mexanizmi davlatdan davlatga farq qiladi. McKinsey Global Institute tomonidan o'tkazilgan The future of work after COVID-19 (2021) tadqiqotlari [6] es

Доказательный фрагмент

«This article analyzes the practical effectiveness of using Artificial Intelligence (AI) in the economy.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article analyzes the practical effectiveness of using Artificial Intelligence (AI) in the economy. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Artificial Intelligence, Automation, Economic Efficiency, Digital Economy, Big, Sun'iy intellekt, Mehnat unumdorligi, Avtomatlashtirish, Raqamli iqtisodiyot, Iqtisodiy samaradorlik, Katta ma'lumotlar, Biznes strategiyasi
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники