Наука и технология в современном миреМирзаева Ширин Нодировна, Тахиров Чингиз Аъзамович +22026
O‘SMIRLARDA AGRESSIVLIK NAMOYON BO‘LISHINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI
Nigora Po‘latova · Toxir Nurulloyev
Наука и технология в современном мире · 2000
Аннотация
Ushbu maqolada o‘smirlarda uchraydiga agressivlik namoyon bo‘lishining psixologik xususiyatlari, agressiyaning tug‘ma, biologik tabiatga egaligi to‘g‘risidagi fikrlar xilma xilligi, jismoniy agressiya, bilvosita agressiya, jahldorlik, salbiy munosabatlar (negativizm) xulq, alamzadalik, shubhalanuvchanlik, verbal agressiya, aybdorlik hissi kabi tushunchalar haqida fikr yuritiladi. Kalit so‘zlar: agressiya, psixoanaliz, kognitiv nazariya, evolyutsion, frustratsion yondashuv, negativism, verbal agressiya. Agressiya yoki kishilar o‘rtasidagi kelishmovchilik oqibatida kelib chiqadigan vajohat holati – bu shunday yo‘nalishki, unga oid xulosalar nafaqat psixologlarni, balki sotsiologlar, huquqshunoslar, pedagoglar, faylasuflar, ijtimoiy soha xodimlari, turli bo‘g‘in rahbarlarining barchasini qiziqtiradi. Zero, inson tabiati va uning boshqa insonlarga bog‘liq jihatlarini o‘rganish uchun xulqning aynan shu tomonini ham o‘rganish, bilish va boshqara olish kerak. Amerikalik olimlar Robert Beron va Debora Richardsonlarning 2000 yilda Sankt- Peterburgda rus tilida nashr etilgan “agressiya” nomli kitoblarida ham agressiv xulqqa nisbatan yangicha yondashuv bayon etilgan. Xususan, kitobda agressiv xulqqa taalluqli bo‘lgan asosiy nazariyalardagi (psixoanaliz, kognitiv nazariya, evolyutsion, frustratsion yondashuv va boshqalar) fikrlar keltirilganki, mualliflar ularni xulosalab, bunday xulqning aynan biologikdan ham ko‘ra, ijtimoiy tabiati borligini ta’kidlaganlar. Zigmund Freydning instinktlar to‘g‘risidagi nazariyasida ta’kidlangan agressiyaning tug‘ma, biologik tabiatga egaligi to‘g‘risidagi fikridan farqli o‘laroq, oxirgi yillarda o‘tkazilayotgan tadqiqotlar uning aynan bir insonning boshqa insonga munosabatidan, uning o‘ziga nisbatan qarashlarining ongida aks ettirishi va o‘zini turli xavf-xatardan asrashning vositasi ekanligi fikrini isbotlamoqda. Aynan ijtimoiy ko‘nikmalar paydo bo‘lish jarayoni doirasida qaralgan agressiyani boshqarish imkoniyati borligi amerikalik olimlar xulosalari asosida yotadi. Shu narsa alohida diqqatga sazovorki, agressiv xulq-atvorning kelib chiqishi va namoyon bo‘lishida oila va oilaviy o‘zaro munosabatlar, tenqurlar guruhi hamda ommaviy axborot vositarining roli katta ekanligi, ayniqsa, birinchi omil ta’sirchan ekanligi fikri yangi tadqiqotlarda alohida o‘rin tutadi. Odatda bolalar oilada ko‘rgan-kechirganlari, ota-onasining o‘rinli-noo‘rin tanbehlari, ba’zan ularning agressiv munosabatlarining “qurbonlari” sifatida vajohatli bo‘lib borishadi. Ya’ni, oilaviy hamjihatlik, to‘g‘ri tashkil etilgan o‘zaro muomala, tarbiya uslublari va boshqaruv usullari agressiv harakatlarning oldini oluvchi, bartaraf etuvchi muhim shartlardir. Olimlar o‘tkazilgan tadqiqotlardan ma’lumki, ota-ona o‘rtasida tez-tez nizolar, kelishmovchiliklar chiqib turadigan, oiladagi bolalar o‘rtasidagi (aka-uka, opa-singil va 99 ` hokazo) nizolar odatiy bo‘lgan oilada tarbiyalangan bolada agressiyaga moyillik darajasi yuqori bo‘ladi. Chunki ayniqsa kichik yoshli bola o‘zgalar o‘rtasida sodir bo‘layotgan nizolar va janjallarga o‘ta sezgir va kuzatuvchan bo‘ladi. Shuning uchun ham oiladagi muomala madaniyati, bola ongiga ilk yoshlikdan singdiriladigan muloqatga oid qadriyatlar uning kelajakda o‘zgalar bilan bo‘ladigan munosabatlarini ijobiylashtiradi. Bolalardagi agressiyaning vujudga kelishi bo‘yicha xorij tadqiqotchilari bolada agressiv xulq-atvorni belgilovchi ikki asosiy omilni ochib beradilar: kechirimlilik (kechirimlilik deganda ota-onalarning bolalarning barcha xatti - harakatlarini kechirishga moyilliklari, bolani tushunish va qabul qilishlari nazarda tutiladi) va bolaning agressiv xatti - harakatlari uchun ota-onalar tomonidan qattiq jazo qo‘llanilishi. Birinchi omil ta’siri xususida aksariyat olimlar qarashlarida hamjihatlik kuzatiladi. Masalan, G. Eberleyn agressivlikni “mehr va e’tibortalab bolaning tushkunligi” deb ta’riflaydi. Aksil ijtimoiy xulq-atvorni keltirib chiqaruvchi omil sifatida agressivlikni M. Ratter boshqacha nuqtayi nazardan ko‘zdan kechiradi: agressivlikni oiladagi og‘ir sharoitlar, ko‘pbolalilik, maktab bilimlarini o‘zlashtirmaslik, oila va maktabdagi ta’lim va tarbiya uslublari kabi boshqa omillar bilan mushtarakligini ta’kidlaydi . “Turli yoshdagi bolalarda agressiv xulq-atvor namoyon bo‘lishi” mavzusidagi ilmiy tadqiqot ishi doirasida kichik va katta yoshdagi o‘smirlarning agressivligi hamda gender tafovutlari o‘rganildi. Bular ichida A. Bass – A. Darkining “agressivlikni o‘rganish” so‘rovnomasi agressiya muammosini atroflicha, chuqur o‘rganishga yordam berdi. A. Bass va A. Darki o‘z so‘rovnomalarini tuzishda agressiv reaksiyalarning turli shakllarini inobatga olishga qaror qildilar. A. Bass, “frustratsiya-agressiya” farazining xulqqa doir jihatini afzal ko’rib, ikkita reaksiyani farqlashni taklif qildi: “agressiya” atamasi bilan belgilovchi aniq shaxslarga nisbatan faol tashqi namoyon bo’luvchi reaksiya va “dushmanlik” deb nomlanuvchi, shaxsning tevarak-atrofdagilarga nisbatan negativ, ishonchs
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada o‘smirlarda uchraydiga agressivlik namoyon bo‘lishining psixologik xususiyatlari, agressiyaning tug‘ma, biologik tabiatga egaligi to‘g‘risidagi fikrlar xilma xilligi, jismoniy agressiya, bilvosita agres…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada o‘smirlarda uchraydiga agressivlik namoyon bo‘lishining psixologik xususiyatlari, agressiyaning tug‘ma, biologik tabiatga egaligi to‘g‘risidagi fikrlar xilma xilligi, jismoniy agressiya, bilvosita agres… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- verbal agressiya., frustratsion yondashuv, agressiya, kognitiv nazariya, evolyutsion, psixoanaliz, negativism
Смежные источники
The American Journal of Applied sciencesCompanies. Evidence From Uzbekistan, Buvsara Tashmuradova +12020
The American Journal of Engineering and TechnologyO CLC -, Musayev Ilhomjon Maksudovich +22021
The American Journal of Engineering and TechnologyMarhamat Akramovna Mutalova, Islam Karimov +32021