Наука и технология в современном миреМирзаева Ширин Нодировна, Тахиров Чингиз Аъзамович +22026
JAGʻLI TOSH MAYDALAGICHLAR HARAKATLANUVCHI JAGʻINING SIQISH YOʻLINI ANIQLASHNING NAZARIY ASOSLARI
Zuhritdinov Alisher Faraxidin o‘g‘li · Zo‘xriddinov Dilmurodjon Karimjon o‘g‘li (Andijon Davlat Texnika Instituti doktoranti)
Наука и технология в современном мире · 1 · 112-118 · 2026
Аннотация
В статье описаны простые и сложные движения щековых дробилок на основе их кинематических схем. Камни, попавшие между щеками машины, дробятся под воздействием сжимающей силы, возникающей в результате движения одной из щек. Эта сила создаётся вдоль пути сжатия. На основе кинематической схемы щековой дробилки путь сжатия обоснован эмпирическим выражением. Annotation: The article describes the simple and complex motion types of jaw crushers based on their kinematic schemes. The stones that fall between the machine's jaws are crushed by the compressive force generated through the movement of one of the jaws. This compressive force is produced along the compression path. Based on the jaw crusher’s kinematic scheme, the compression path is justified using an empirical expression. Kalit so‘zlar: Jag‘li tosh maydaligich, harakatlanuvchi va harakatlanmaydigan jag‘lar, oddiy va murakkab harakat, kinematik sxema, harakat troyektoriyasi, siqish kuchi, siqish yo‘li. Jagʻli tosh maydalagichlar xalq xoʻjaligining koʻplab tarmoqlarida, xususan togʻ-kon sanoatida va qurilish materiallari ishlab chiqarishida, toshlarni yirik va oʻrtacha maydalash uchun keng qoʻllaniladi. Jagʻli tosh maydalagichning ishlash prinsipi quyidagicha. Bir-biriga qarama-qarshi joylashgan ikkita plitalardan iborat jagʻdan tashkil topgan pona shaklidagi tosh maydalash kamerasiga maydalanadigan togʻ jinsi yuklanadi. Ikki plitadan biri odatda harakatlanmaydigan, ikkinchisi esa, harakatlanuvchi boʻladi. Tosh maydalash kamerasining pona shaklida boʻlishi hisobiga unga yuklangan tosh boʻlaklari oʻlchamlariga qarab kameraning balandligi boʻylab maydaroqlari pastroqda, yiriklari esa yuqoriroqda joylashadi. Harakatlanuvchi jagʻ davriy ravishda harakatlanmaydigan jagʻga yaqinlashadi, bunda uning siqish yoʻli hisobiga tosh boʻlaklari maydalanadi, uzoqlashganda esa tosh boʻlaklari ogʻirlik kuchi hisobiga pastroqqa siljiydi. Ushbu maydalash sikli takrorlanishi natijasida tosh boʻlagi borgan sari maydaroq boʻlaklarga boʻlinib boradi va oxirida ularning oʻlchami kameraning eng pastki qismidagi, chiqish tuynugi deb ataladigan, eng tor kesimining oʻlchamidan ham kichik boʻlib qoladi va ular, kerakli darajada maydalangan holda, tosh maydalash kamerasidan tashqariga chiqadi. Harakatlanuvchi jagʻning harakat trayektoriyasi jagʻli tosh maydalagich mexanizmining kinematik sxemasiga bogʻliq boʻladi. 104 ` Jagʻli tosh maydalagichlar harakatlanuvchi jagʻining harakat trayektoriyasiga qarab oddiy va murakkab harakatli tosh maydalagichlarga boʻlinadi. Oddiy harakatli tosh maydalagichlar harakatlanuvchi jagʻi nuqtasining harakat trayektoriyasi toʻgʻri chiziqli boʻladi yoki aylana yoyining bir qismini tashkil etadi. Shunday oddiy harakatli tosh maydalagichning sxemasi kinematik parametrlari bilan birga quyidagi 1-rasmda keltirilgan. Ushbu sxemaning asosiy oʻziga xos tomonlari quyidagilardan iborat: 1-rasm. Oddiy harakatli tosh maydalagichning kinematik sxemasi. Harakatlanuvchi jag‘ tebranuvchi harakat qiladi va uning markazi jag‘ning osish o‘qi hisoblanadi. Bunda harakatlanuvchi jag‘ning pastki nuqtasi eng ko‘p siqish yo‘liga ega bo‘ladi. Agar harakatlanuvchi jag‘ning nuqtasi maydalash kamerasining qabul qilish tuynugiga qanchalik yaqin bo‘lsa, ushbu nuqtaning siqish yo‘li shuncha kam bo‘ladi. Harakatlanuvchi jag‘ni qandaydir nuqtasining siqish yo‘li sifatida ushbu nuqtaning harakat troyektoriyasini harakatlanmaydigan jag‘ga o‘tkazilgan normalga proyeksiyasi qabul qilinadi. Odatda tosh maydalagichning qo‘zg‘almas plitasi (jag‘i) vertikal joylashgan bo‘ladi va bunday hollarda siqish yo‘li gorizontal va vertikal tekisliklarda proyeksiyalanadi. Agar harakatlanuvchi jag‘ni maydalash kamerasidagi eng pastki nuqtasidagi siqish yo‘lining gorizontal tashkil etuvchisining X ga teng deb olsak, u holda ko‘plab oddiy harakatli jag‘li tosh maydalagichlarning yuqori nuqtasidagi siqish yo‘lining gorizontal tashkil etuvchisi 0,5X ga teng bo‘ladi. Vertikal tashkil etuvchilari esa, mos ravishda 0,3X va 0,15X ga teng bo‘ladi. Bunday sxemaning afzalligi sifatida vertikal tashkil etuvchilarining kichikligini hisoblash mumkin, chunki buning hisobiga mashinaning asosiy ishchi elementlari bo‘lgan maydalash plitalarini maydalanayotgan materialga ishqalanishi kamayadi. Natijada ushbu plitalarning xizmat muddati ortib mashinaning umumiy iqtisodiy samaradorligini ortishiga olib keladi. Ushbu kinematik sxemaning yana bir afzalligi bo‘lib kameraning yuqori qismida kuch sarfida katta yutuqqa erishilishi hisoblanadi va u katta o‘lchamdagi va yuqori mustahkamlikka ega tog‘ jinslarini maydalashda juda muhim hisoblanadi. 105 ` Oddiy harakatli tosh maydalash mashinalarining muhim kamchiligi bo‘lib kameraning yuqori qismidagi siqish yo‘linig kichikligi hisoblanadi. Buning hisobiga mashinaning yuqori qismi yaxshi ishlamaydi va pastki qismini yetarli miqdordagi maydalangan tosh bilan ta’minlamaydi. Shunga qaramasdan oddiy harakatli tosh maydalash mashinalari yuqorida ta’kidlangan afzalliklari hisobiga bugungi kunda ha
Доказательный фрагмент
«В статье описаны простые и сложные движения щековых дробилок на основе их кинематических схем.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ статье описаны простые и сложные движения щековых дробилок на основе их кинематических схем. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Jag‘li tosh maydaligich, harakatlanuvchi va harakatlanmaydigan jag‘lar, oddiy va murakkab harakat, siqish kuchi, harakat troyektoriyasi, siqish yo‘li., kinematik sxema
Смежные источники
Каталог авторефератовЎРОҚОВ АСЛИДИН ХУШВАҚТОВИЧ, Содиқов Иброхим Салихович +22009
Наука и технология в современном миреHamdamov Islom Akramovich2026
The American Journal of Engineering and TechnologyO CLC -, Coefficient Of A Frequency Inverter +22020