Наука и технология в современном миреМирзаева Ширин Нодировна, Тахиров Чингиз Аъзамович +22026
EKSPERIMINT TERGOV HARAKATINING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Usmonaliyev Najmiddin Qo’shboq o’g’li · O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi · Majidov Islom Sherzod o’g’li · O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi
Наука и технология в современном мире · 2026
Аннотация
Ushbu ilmiy asoslangan maqolada tergov eksperimentini o'tkazish tartibi, usullari, o'tkazishdan ko'zlangan asosiy maqsad hamda ushbu tergov harakatini o'tkazishning jinoyatlarni tergov qilishdagi ahamiyati mavzusida ayrim qarashlarimiz mavjud. Kalit so'zlar Tergovchi, tergov harakatlari, eksperiment tergov harakati, hodisa sodir bo'lgan joy, eksperiment tergov harakati orqali bo'lib o'tgan holatni qaytadan tiklash, eksperiment etrgov harakati o'tkaziladigan va o'tkazilmaydigan holatlar. O'zbek tilining izohli lug'atida eksperiment sinab ko'rish, biror ilmiy maqsadni ko'zlab o'tkaziladigan tajriba sifatida ta'riflanadi. tajriba esa myaayan sharoitlarda tadqiq etish, tekshirish maqsadida qandaydir xodisani tiklash, biror yangi narsani yaratishdan iborat1. Eksperiment tergov harakati – tergovchi tomonidan ish bo'yicha ma'lumotlarni tasdiqlash va aniqlashtirish, ilgari surilgan gipotezalar va versiyalarni tekshirish, shuningdek, ish bo'yicha dalillarni olish uchun amalga oshiriladigan mustaqil tergov harakati bo'lib, u tajribaviy harakatlar asosida amalga oshiriladi. Ushbu harakatlar hodisaning yoki voqeaning sharoitlariga maksimal darajada mos bo'lgan yangi sharoitlarda tiklanishi, rekonstruksiya qilinishi va modellanishi orqali amalga oshiriladi2. Ilmiy nuqtai nazardan, tajriba – bu bir umumiy ilmiy usuldir. Bilim olish usuli sifatida, u kuzatilayotgan hodisani, uning boshqa hodisalar va voqealar bilan bog‘lanishini o‘rganish, atrof-muhitni sun'iy ravishda o‘zgartirish sharoitida amalga oshirishni anglatadi. Jinoyat ishlarida tajriba usulini konkret qo‘llash shakli — bu Eksperiment tergov harakatidir3. Eksperiment tergov harakati, avvalo, ilmiy eksperiment bo‘lgani uchun, unga umumiy ilmiy kategoriyalarni qo‘llash kerak. Ya'ni, tergov eksperimentini o‘tkazishda ilmiy metodlar, masalan, tahlil va sintez ishlatilishi lozim, u bilish xarakteriga ega bo‘lishi, ilmiy tadqiqot ishining prinsiplari — ketma-ketlik, har tomonlama yondashuv, ishonchlilik va ob'ektivlikka asoslanishi kerak4. 1 Б.Б.Муродов. Жиноят-протсессуал қонун нормаларини эркинлаштириш йўллари // Олий юридик ўқув юртларида инсон ҳуқуқлари муҳофазасини таъминловчи фанларнинг ўқитишнинг замонавий муаммолари. Тошкент. Ўзбекистон Миллий университети ҳуқуқшунослик факултети 2009. Б. 66-69. 2 Б.Б.Муродов. Жиноят-протсессуал муносабатларда ҳимоячининг иштироки // “Адвокатлик фаолияти: назария ва амалиёт масалалари” мавзусидаги илмий-амалий конференция материаллари. ЎзР Президенти ҳузуридаги Амалдаги қонун ҳужжатлари мониторинги институти. – Тошкент, 2010. Б. 171-175. 3 Б.Б.Муродов. “Жиноятларни тергов қилиш методикаси” фанидан ўқув дастури. Т.: Ўзбекистон Республикаси ИИВ Академияси, 2012. Б.24 4 Ш.Ш.Суюнов. Гиёҳвандлик воситалари ёки психотроп моддалар билан қонунга хилоф равишда муомала қилишдан иборат жиноятларни квалификатсия қилишнинг муҳим жиҳатлари. “Талқин ва тадқиқотлар” Республика илмий-услубий журнали 10сони. 01.10.2022 йил Б. 105-109. 4 ` Eksperiment tergov harakatining asosiy struktural elementlari, boshqa eksperimentlar kabi, quyidagilardan iborat: hodisani oldindan kuzatish, uni tushuntiruvchi gipoteza ilgari surish, umumiy voqeaga tegishli versiyalarni ishlab chiqish va alohida voqea shartlarini tushuntiruvchi versiyalarni ishlab chiqish; bevosita tajriba o‘tkazish (asosan, eksperiment); natijalarni umumlashtirish. Shu bilan birga, tergov eksperimentining protsessual harakat sifatida ilmiy eksperimentdan muhim farqlari mavjud. R.S.Belkin fikriga ko‘ra, bu farqlar eksperiment bazasi, qo‘llanilish sohalari, muddatlari va sharoitlarida yotadi5. Ko'plab holatlarda olingan dalillarni ob'ektiv ravishda tekshirish va baholash faqat eksperiment tergov harakatini o'tkazish orqali amalga oshirilishi mumkin, bu tergovchiga olingan ma'lumotlarning ishonchliligini, o'z gipotezalarini va xulosalarini sinovdan o'tkazish, shuningdek, sodir bo'lgan voqeani to'liq hajmda, o'zaro bog'lanishlar, turli tafsilotlar va xususiyatlarni hisobga olib qayta tiklash imkonini beradi. Tergovchining eksperiment tergov harakatlarini qanday qilib mahorat bilan rejalashtirishi, ko'p jihatdan tergov harakatlarining muvaffaqiyati bilan bog'liq bo'ladi. Eksperiment etrgov harakati sub'ektlari haqida keng va tor ma'noda gapirish mumkin. Tor ma'noda, tergov eksperimentining sub'ekti — bu tergovchi yoki tergov organi, keng ma'noda esa — barcha ishtirokchilar, jinoyat-protsessual kodeksining normalari bilan belgilangan shaxslar bo‘ladi6. Babi Samba Alhamdu o'zining fikrida tergoviy eksperimentning taktikasi, xususan, uning psixologik asoslarini chuqurlashtirish va eksperiment jarayoni hamda natijalarini baholash metodologiyasini rivojlantirishni o'zining asosiy maqsadi qilib qo'yadi va bu maqsadga erishish uchun quyidagi asosiy vazifalarni hal qilish lozim: - Tergoviy eksperimentning psixologik tuzilmasini o‘rganish; - Eksperiment jarayonida prognozlash va model yaratish masalalarini ko‘rib chiqish; - Tergoviy eksperimentda vaziyat va sharoitlarni tiklashning psixologik jihatlarini
Доказательный фрагмент
«Ushbu ilmiy asoslangan maqolada tergov eksperimentini o'tkazish tartibi, usullari, o'tkazishdan ko'zlangan asosiy maqsad hamda ushbu tergov harakatini o'tkazishning jinoyatlarni tergov qilishdagi ahamiyati mavzusida a…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu ilmiy asoslangan maqolada tergov eksperimentini o'tkazish tartibi, usullari, o'tkazishdan ko'zlangan asosiy maqsad hamda ushbu tergov harakatini o'tkazishning jinoyatlarni tergov qilishdagi ahamiyati mavzusida a… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Tergovchi, tergov harakatlari, eksperiment tergov harakati, hodisa sodir bo'lgan joy, eksperiment tergov harakati orqali bo'lib o'tgan holatni qaytadan tiklash, eksperiment etrgov harakati o'tkaziladigan va o'tkazilmaydigan holatlar.
Смежные источники
Наука и технология в современном миреHamdamov Islom Akramovich2026
ИсследовательУмурзоқов Бахтиёр Боходирович2025
Наука и технология в современном миреKozimov Qudratillo Muhammadyusuf o’g’li, Sadriddinov Musoxon Sayidolim o’g’li2026