Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
AHOLINING YOSH QATLAMIDA RAQAMLI SAVODXONLIK VA KIBERXAVFSIZLIK MADANIYATI
ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · KIBERXAVFSIZLIK MADANIYATI (in-academy.uz/index.php/si) · Aziza Boboqulova (in-academy.uz/index.php/si)
Наука и инновация · 2026
Аннотация
В этой статье анализируется важность цифровой грамотности в экономической и политической жизни, компьютерной грамотности, способности безопасно и надлежащим образом получать доступ к информации, управлять, понимать, интегрировать, сообщать, оценивать и создавать информацию. Статья также включает знания о других видах медиапроизводства, таких как запись и загрузка видео. Annotation: This article analyzes the importance of digital literacy in economic and political life, computer literacy, the ability to access information safely and appropriately, manage, understand, integrate, communicate, evaluate and create information. The article also includes knowledge of other media production, such as recording and uploading videos. Kalit so’zlar: kiberxavfsizlik, raqamli savodxonlik, ommaviy axborot vositalari, manipulyatsiya, resurs. Ключевые слова: кибербезопасность, цифровая грамотность, медиа, манипуляция, ресурс. Keywords: cybersecurity, digital literacy, media, manipulation, resource. Raqamli savodxonlik - bu iqtisodiy va ijtimoiy hayotda ishtirok etish uchun raqamli qurilmalar va tarmoq texnologiyalari orqali axborotga xavfsiz va mos ravishda kirish, boshqarish, tushunish, integratsiya qilish, muloqot qilish, baholash va yaratish qobiliyatidir. U kompyuter savodxonligi, AKT savodxonligi, axborot savodxonligi va media savodxonligi deb ataladigan kompetensiyalarni o‘z ichiga oladi. Raqamli savodxonlik - bandlik, munosib ish o‘rinlari va tadbirkorlik uchun raqamli texnologiyalar orqali xavfsiz va mos ravishda axborotga kirish, boshqarish, tushunish, integratsiya qilish, muloqot qilish, baholash va yaratish qobiliyatini baholab beradi. Raqamli bo‘linish faqatgina qurilmaning Internetga bog‘langanligini o‘z ichiga olib qolmasdan, shu bilan birgalikda, raqamli texnologiyalardan foydalanish va tushunish imkoniyatlari va bilim ko‘nikmalarining yetishmasligini o‘rganishni ham o‘z ichiga oladi. Odamlar qurilmani tokka ulay olishi va Internetga ulanishi mumkin ammo, ulardan qanday qilib manfaatli foyda olishi insonlarning xavfsiz, ishonchli va samarali foydalanishiga bog‘liqdir. Shu sababli jamiyatni o‘qitish va tarbiyalash zarurati tug‘iladi bu odatda qishloq joylar, olis hududlar, infratuzulmalar yaxshi rivojlanmagan hududlarda yashaydigan insonlarni tezlik bilan o‘zgarayotgan texnologiyalaridan foydalana olish darajasiga yetkazish va inklyuziv raqamli iqtisodiyot landshaftni yaratish lozimdir. Shuningdek, aholining raqamli savodxonlikda raqamli kompetensiyalardan foydalanishda 37 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si ma’lum bir soha masalan qishloq xo‘jaligi bilan bog‘liq bo‘lgan vazifalar va operatsiyalarni bajarishda mobil telefon, smartfon, planshet va kompyuterlardan foydalanishda foydalanuvchi o‘zlashtirishi kerak bo‘lgan 10 turdagi funksiyalar mavjud. Ular quyidagilardan iborat: 1. Qurilmani zaryadlash va o‘chirib-yoqish. 2. Xabarlarni jo‘natish va qabul qilish. 3. Ilova tilini faollashtirish va o‘zgartirish. 4. Joylashuv ma’lumotlarini ulashish. 5. Umumiy profil yaratish. 6. Ilovaning maxfiylik siyosatini qidirish, tanlash, yuklab olish va tasdiqlash. 7. Ilova ichidagi moliyaviy operatsiyalar. 8. Tovar va xizmatlarni qidirish va narx ma’lumotlarini solishtirish. 9. Sotuvchi va xaridorning o‘zaro munosabati. 10. Hisobni ishonchli vakil orqali to‘ldirish Mamlakatda raqamli savodxonlik mamlakatga quyidagi ijobiy tendensiyalarni taqdim etadi: − raqamli savodxonlik o‘quv jarayonini sezilarli darajada soddalashtiradi, bu AKT bilan ishlashga odatlangan talabalar uchun turli xil qo‘shimcha materiallardan foydalanish imkonini beradi; − raqamli savodxonlik aloqaning tranzaksiya xarajatlarini kamaytiradi, bu an’anaviy aloqa shakllariga qaraganda tezroq g‘oyalar, matnlar va ilmiy ishlarni almashish imkonini beradi; − raqamli savodxonlikning yuqori darajasi turli (mahalliy, mintaqaviy, xalqaro) ilmiy hamjamiyatlarni yanada samarali yaratish va qo‘llab-quvvatlash imkonini beradi; − raqamli savodxonlik kengaygani sari, ilmiy bilimlarni tarqatish uchun yangi inkoniyatlar ochiladi, chunki ilmiy hamjamiyat va keng auditoriya o‘rtasidagi “ishtirok etish bo‘shlig‘i” kamayadi. Qolaversa, uzoq muddatli istiqbolda raqamli savodxonlikni keng yoyish mamlakatning innovatsion rivojlanishining muhim tarkibiy qismlaridan biri sifatida e’tirof etiladi, chunki AKT ning turli shakllari bilan ishlash bo‘yicha yaxshi rivojlangan ko‘nikmlarga ega bo‘lgan fuqarolar katta ehtimol bilan yaratilgan yangi mahsulot va xizmatlardan foydalana oladilar. Raqamli savodxonlik atamasi 1930-yillarda urush tashviqoti va 1960-yillarda reklamaning kuchayishi natijasida mediasavodxonlik boʻyicha taʼlim Buyuk Britaniya va AQShda boshlangan. Manipulyatsion xabarlar va ommaviy axborot vositalarining turli shakllarining ko‘payishi ta’lim beruvchilarni yanada tashvishga solgan. Shundan keyin, o‘qituvchilar ommaviy axborot vositalaridan olingan xabarlarni qanday baholash va baholashni o‘rgatish uchun media savodxonligi bo‘yicha
Доказательный фрагмент
«В этой статье анализируется важность цифровой грамотности в экономической и политической жизни, компьютерной грамотности, способности безопасно и надлежащим образом получать доступ к информации, управлять, понимать, и…»
Образец извлечения
Демо-превьюВ этой статье анализируется важность цифровой грамотности в экономической и политической жизни, компьютерной грамотности, способности безопасно и надлежащим образом получать доступ к информации, управлять, понимать, и… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- cybersecurity, digital literacy, media, manipulation, resource, manipulyatsiya, kiberxavfsizlik, raqamli savodxonlik, resurs., ommaviy axborot vositalari
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025