Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
QASDDAN BADANGA YENGIL SHIKAST YETKAZISH JINOYATINING TERGOV QILISH VERSIYALARI
ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · QILISH VERSIYALARI (in-academy.uz/index.php/si) · Ashirboyev Axrorjon Terkash o’g’li (in-academy.uz/index.php/si) · O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi (in-academy.uz/index.php/si) · Kuchimov Azizbek Baxodir o‘g‘li (in-academy.uz/index.php/si)
Наука и инновация · 2 · 2018
Аннотация
Maqolada tergov uslubi tavsiya etgan taktik va metodik vositalarni qo‘llash va hodisa joyidagi qurollar, izlar, jabrlanuvchi shaxsi va tan jarahoti sababi haqidagi dastlabki ma’lumotlar asosida versiya-tusmollarini ishlab chiqish va tergovni to‘g‘ri tashkil etish yuzasidan asoslantirilgan takliflar ishlab chiqilgan. Kalit so’zlar Tan jarohati, shikast yetkazish, yengil shikast, mutaxasis, ekspert, tibbiy mezon, yuridik mezon, badanga shikast yetkazish, jarohat. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 may kuni qabul qilingan «Jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi PQ 3723-son qarori bilan O'zbekiston Respublikasining Jinoyat va jinoyat- protsessual qonunchiligini takomillashtirishning asosiy yo'nalishlari va vazifalari sifatida: jinoyat qonunchiligi normalarini unifikatsiya qilish; fuqarolar huquq va erkinliklari, jamiyat va davlat manfaatlarining ta'sirchan va ishonchli muhofaza qilinishini; jinoyat protsessida shaxsning huquq va erkinliklari kafolatlarini ishonchli ta'minlash mexanizmlarini takomillashtirish; jinoyat protsessining yangi shakl va tartib-taomillarini kiritish belgilandi1. Qasddan badanga shikast yetkazish holatlari bo'yicha tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirishda shaxsning sha'ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari bilan bog'liq, ijtimoiy xavfi katta bo'lmagan jinoyatlar yuzasidan ishni qo'zg'atishda uning roziligini olishni nazarda tutuvchi holatlari ko'payib bormoqda. Ushbu jinoyatlarni tergov qilishda dispozitivlik asoslariga tayyanib ishni olib borish maqsadga muvofiq2. Kriminalistik tergov uslubini qo'llash qasddan badanga shikast yetkazish jinoyatini tekshirishda jabrlanuvchiniga tan jarohatini yetkazish sababini aniqlashga: qasddan badanga shikast yetkazish tajovuzidan sodir bo'ldimi, degan holatlarni aniqlashga qaratiladi. Shuning uchun har qanday holatlarda qasddan badanga shikast yetkazish shubhali vaziyatda kriminalistik tergov uslubi qoidalariga asoslangan holda tekshirilishi lozimQasddan badanga shikast yetkazish usullari, jinoiy harakat motivlari, joyi, vaqti, hodisaning oqibati, izlar, qurollar bularning barchasi kriminalistik tavsifni tashkil qiladi. Uning ayrim elementlari esa bir-birlari bilan bog'liq bo'lib, biri-ikkinchisidan kelib chiqadi va to'ldiradi. Ayniqsa, jinoyatning sub'ekti, jabrlanuvchi, ishlatgan qurol va jinoyat joyi kabi elementlar o'zaro 1 B.B.Murodov. Jinoyat-protsessual qonun normalarini erkinlashtirish yo‘llari // Oliy yuridik o‘quv yurtlarida inson huquqlari muhofazasini ta’minlovchi fanlarning o‘qitishning zamonaviy muammolari. Toshkent. O‘zbekiston Milliy universiteti huquqshunoslik fakulteti 2009. B. 66-69. 2 B.B.Murodov. Jinoyat-protsessual munosabatlarda himoyachining ishtiroki // “Advokatlik faoliyati: nazariya va amaliyot masalalari” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. O‘zR Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti. – Toshkent, 2010. B. 171-175. 82 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si chambarchas bog'liq bo'lib, har qaysi elementdan qolgan izlar (oqibatlar) boshqa elementlarda aks etadi, birini kuzatish va tekshirish bilan ikkinchisi unga bog'liq bo'lgan holatning xususiyatini keltirib chiqaradi3. Bunday jinoyatlar ko'pincha g'arazlik, o'ch olish, rashq, bezorilik, ikki jinoiy guruhlarning qarama-qarshilik to'qnashuvlari natijasida sodir bo'ladi. Bu holatlarda sodir etilgan qasddan badanga shikast yetkazish jinoyatlarining ochilishi va tergov jarayoni unchalik qiyinchilikni tug'dirmaydi. Tergov uslubi tavsiya etgan taktik va metodik vositalarni qo'llash va hodisa joyidagi qurollar, izlar, jabrlanuvch i shaxsi va tan jarahoti sababi haqidagi dastlabki ma'lumotlar asosida versiya-tusmollarini ishlab chiqish va tergovni to'g'ri tashkil etish, ya'ni ishni tegishli muddatlarda ochish-isbotlash mumkin bo'ladi4. Jinoyatchi qasdga tayyorgarlik ko'radi, hodisa joyidagi izlarni yo'qotishga, qurolni o'zi bilan olib ketishga ham harakat qiladi. Bunday jinoyatlarni tergov olib borish, isbotlash nuqtai-nazaridan murakkab bo'lib, birmuncha qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Qasddan badanga shikast yetkazishning bu turini tergov qilishda tergovchi ixtisoslik mahoratini ishga solishi, dastlabki surishtiruv ma'l umotlaridan to'g'ri foydalana olishi, kechiktirib bo'lmaydigan tezkor va tergov harakatlarini o'z vaqtida va sifatli qilib o'tkazishi talab etiladi. Shahar sharoitlarida sodir qilinadigan qasddan badanga shikast yetkazishlar ko'p hollarda jinoyat izlarini yo'qotishga qaratilgan bo'ladi. Qasddan badanga shikast yetkazish jinoyat sodir etilgan joylar har xil hududlarda bo'lgan taqdirda, bu joylarni bir-birlari bilan bog'liq va moslik holatlari aniqlanmog'i lozim5. Qasddan badanga shikast yetkazish g'arazli maqsadda yoki jabrlanuvchining lavozimi, xizmat vazifasiga qarshi qaratilgan bo'lsa, jinoyatchi oldindan tayyorgarlik ko'radi; joyini, vaqtini belgilab qo'yadi. Qasdni amalga os
Доказательный фрагмент
«Maqolada tergov uslubi tavsiya etgan taktik va metodik vositalarni qo‘llash va hodisa joyidagi qurollar, izlar, jabrlanuvchi shaxsi va tan jarahoti sababi haqidagi dastlabki ma’lumotlar asosida versiya-tusmollarini is…»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada tergov uslubi tavsiya etgan taktik va metodik vositalarni qo‘llash va hodisa joyidagi qurollar, izlar, jabrlanuvchi shaxsi va tan jarahoti sababi haqidagi dastlabki ma’lumotlar asosida versiya-tusmollarini is… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- mutaxasis, shikast yetkazish, badanga shikast yetkazish, jarohat., tibbiy mezon, yuridik mezon, Tan jarohati, ekspert, yengil shikast
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025